Ular qanday talablar? Darsga qo’yiladigan didaktik talablar




Download 19.76 Kb.
bet1/4
Sana24.05.2023
Hajmi19.76 Kb.
#64157
  1   2   3   4
Bog'liq
2-amaliy mashg'ulot, СУРГ 1 РЭ, ultraPAYVANT, Presentation 4, martin iden, Smolevskiy V.M 1987 GIMNASTIKA, asosiy UMUMIY-PSIXODIAGNOISTIKA, 3-lab lms, OLIY MATEMATIKA OQUV QOLLANMA Sora, 1-Mavzu Skaner turlari va ishlash prinsipi. Skanerlarning o`rna, Ўзбекистон тарихи, GOST dasturlash savollariga javob, 8 кл кружок англ яз English

Mavzu: Dars turlari. Kirish darsi, dars- yangi material bilan tanishish. Dars–kimyo o’qitishning asosiy tashkiliy shakli sifatida. Kimyo darslarini rejalashtirish tizimi
Darsga qo’yiladigan talablar Hozirgi zamon didaktikasi har bir darsga qator talablarni quyadi.
Ular qanday talablar? Darsga qo’yiladigan didaktik talablar:
·Ayrim olingan biron-bir dars predmet kalendar dasturidagi o’z o’rniga ega bo’lishi, maqsadi aniq belgilangan bo’lishi kerak; · Dars o’qitish jarayonida shakllantirilishi lozim bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalar alohida aniqlanishi lozim;
·Shu bilan birga, mazkur dars davomida bilim, malaka va ko’nikmalarning erishiladigan darajasi ham belgilanishi maqsadga muvofiqdir;
·Darsda ishlatiladigan metodlar, vositalar turkumi aniq bo’lishi oldindan belgilanishi maqsadga muvofiqdir;
·Darsda beriladigan o’quv materiali sistemali ravishda osondan-qiyinga, oddiydanmurakkabga, o’quvchilar yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda amalga oshirilishi kerak. Darsga qo’yiladigan tashkiliy talablar:
·kalendar rejalashtirish asosida dars o’tkazishning ishlab chiqilgan aniq rejasi mavjud bo’lishi;
·darsning o’z vaqtida boshlanib, o’z vaqtida tugashi;
·darsning mantiqiy izchilligi, tugallanganligi;
·darsni tashkil etishda turli-tuman vositalardan, o’quv-texnik, kompyuter texnikasidan, ko’rgazmali qurollardan foydalanishni ko’zda tutish.
Darsning tarkibiy tuzilishi o’rganilayotgan materialning mazmuniga, darsda foydalaniladigan ta’limning usullari va metodlariga, o’quvchilarning tayyorlanish hamda rivojlanish darajasiga, o’quv jarayonida darsning o’rniga bog’liq bo’ladi. Darsning samaradorligi uning material va metodik jihatdan tayyorgarlik sifati va rejalashtirishiga bog’liq bo’ladi. Umuman olganda, dars o’quvchilar uchun qiziqarli va mazmunli, bilim olishga chorlaydigan bo’lishi kerak. O’quv muassasining eng yomon ahvoli – bu o’quvchining o’qishga nisbatan yo’qotilgan qiziqishi, intilishi. Buyuk pedagog Ya.A.Komenskiy ta’qidlaganidek, «o’quv jarayoni va oddiy va yoqimli bo’lishi shart». Demak, bu talablarni bajarish uchun o’qituvchi o’z ustida ko’p ishlashi zarur. Chunki uning bilimdonligidan, uning fuqarolik pozitsiyasidan, uning o’z faniga bo’lgan ijodiy yondashuvidan jamiyatimizning kelajak tag’diri bog’liq.
Dars turlari va ularning tuzilishi Yangi bilimlarni bayon etish darsi. Uning tuzilishi: darsning boshlanishini tashkil etish; darsning maqsad va vazifalarini bayon etish, yangi materialni tushuntirishga tayyorgarlik ko’rish (uy vazifasini tekshirish, avvalgi materiallarni qaytarish va hokazo), yangi materialni tushuntirish, darsni yakunlash va uyga vazifa berish;
Egallangan bilimlarni mustahkamlash darsi. Uning tuzilishi: darsning boshlanishini tashkil etish, darsning maqsad va vazifalarini bayon etish, egallangan bilimlarni mustahkamlash, darsni yakunlash va uyga vazifa berish;
Umumlashtirish va takrorlash darsi. Uning tuzilishi: darsning boshlanishini tashkil etish, darsning maqsad va vazifalarini bayon etish, o’quv materialini umumlashtirish va tizimga solish, darsni yakunlash va uyga vazifa berish;
Nazorat darsi. Uning tuzilishi: nazorat maqsadi va ishning tashkil qilinishi tartibini tushuntirish, nazorat mazmuni va uni bajarish usullari bilan tanishtirish, o’quvchilarning mustaqil ishlashini nazorat qilish, darsga yakun yasash;
Aralash dars. Uning tuzilishi: darsning boshlanishini tashkil etish, uy vazifasini tekshirish, dars maqsadi va vazifalarini bayon etish, takrorlash. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish. Maktab amaliyotida boshqa turdagi darslar - musobaqa darslari, maslahat darslari, anjuman darslari, bir-biriga o’rgatish darslari, ma’ruza darslari ham o’tkaziladi.
Shunday qilib, didaktikada 2-ta asosiy dars tiplari ajratiladi: maxsus va aralash dars turlari. Maxsus darslar o’zining funktsiyasi va mazmuni buyicha faqat bitta vazifani bajaradi:
·yangi mavzuni o’rganish darsi;
·bilimlarni mustahkamlash, ko’nikma va malakalarni shakllantirish darsi;
·umumlashtirish va tizimlashtirish darsi;
·bilim, mahorat va ko’nikmalarni nazorat qilish hamda tuzatish darsi.
Aralash darslar esa bir nechta vazifalarni bajaradi. Uning tuzilishi: tashqiliy qismi, uy ishini tekshirish, yangi mavzuni o’rgatish, yangisini ilgari urganilgan mavzu bilan solishtirish va mustahkamlash, amaliy topshiriqlarni bajarilishi, darsga yakun yasash va uyga topshiriqlar berish, uquvchilar bilimlarini baholash. Shunday qilib, an’anaviy (45-daqiqali) aralash dars asosan 7-ta bosqichtan iborat:
·tashkiliy (1-2 daqiqa)
·uy vazifasini tekshirish (5-7 daqiqa)
·yangi mavzuga o’tish (2-3 daqiqa)
·yangi mavzuni tushuntirish (10-12 daqiqa)
·yangi mavzuni mustahkamlash (13-15 daqiqa)
·uyga topshiriqlar berish (2-3 daqiqa)
·o’quvchilarni baholash(1-2 daqiqa).
Oliy o’quv yurtlarida darsning turlari esa kuyidagicha:
·ma’ruza;
·seminar;
·laboratoriya;
·amaliy (praktikum).


Download 19.76 Kb.
  1   2   3   4




Download 19.76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ular qanday talablar? Darsga qo’yiladigan didaktik talablar

Download 19.76 Kb.