111
2.23-rasm. Lite manager dasturi interfeysi va imkoniyatlari.
Laboratoriya topshiriqlarini kompyuterda bajarganda ―Lite manager‖ dasturi
orqali talabalar faoliyatini nazorat qilish va zarur bo‗lganida
individual yordam
ko‗rsatish imkoniyatini yaratadi.
2.24-rasm. Lite manager orqali talabalarning o‗quv faoliyatini nazorat qilish.
LiteManager — lokal yoki internet tarmog`i orqali kompyuterni nazorat
qilish/boshqarish uchun mo‗ljallangan dastur bo‗lib, masofaviy ta‘limni
tashkil
etish uchun qulay instrumental vositadir. Dastur real vaqt rejimida masofadagi
ishchi stolni boshqarish, fayllar bilan ishlashni osongina taqdim etadi.
Laboratoriya topshirig‗i EduMobileApp ilovasidan foydalanib bajarilganda tavsiya
va tushuntirish ishlari mobil ilova menyusi tarkibidagi ―Doska‖
bandi orqali
amalga oshirilishi mumkin (8-ilova, 21-rasmga qarang).
112
Laboratoriya topshirig‘ini qabul qilish va baholash
Laboratoriya topshiriqlari elektron hisobot shaklida EduMobileApp mobil ilovasi
orqali qabul qilinadi va o‗qituvchi tomonidan tekshiriladi. Topshiriqning 60% idan
ortiq qismi bajarilganda mos ravishda 3,4,5 baholardan biri bilan baholanadi.
О‗qituvchi talabаlаrning labоrаtoriyа tоpshirig‗ini bаjarish
jarayonini real vаqtda
kuzatish va ulаrga individual tаrzda amaliy yоrdam berish imkoni bо‗lgаnligi
sababli, talabalarning labоratoriya topshirig‗ini nisbatan tо‗liq bajarish hamda
yaxshi bаho оlish imkoni yaratilаdi.
Ta‘limiy mobil ilovadan foydalanib amalga oshirilgan laboratoriya mashg‗uloti
uslubiy qismi va topshiriqlar ilova 10-ilovada keltirilgan.