120
talabalar topshiriqlarni bajarishda chalg‗imasligi uchun tanlangan mavzuga
tavsiya etiladigan manbaaning ilmiy nuqtai nazardan qay darajada ekanligi;
fan yuzasidan mustaqil ta‘lim dasturlariga havolalarning zamonaviyligi;
mutaqil ta‘lim mavzularining o‗zaro fanlar bilan integratsiyalashuvi [132].
Talabalarning mustaqil ta‘lim topshiriqlarini bajarish jarayonida nafaqat
loyihaviy
yondashuv, qo‗shimcha ravishda dizayn fikrlash (design thinking)
strategiyasidan ham foydalanish mumkin. Bu muammoni hal qilish,
hamkorlik
qilish va talabalar ijodini rag‗batlantirishga asoslangan strategiya. U beshta
(empatiya,
aniqlash, g‗oya, prototip, sinov) bosqichdan iborat bo‗lsada,
shunga
o‗xshash boshqa usullardan farq qiladi. Bu chiziqli bo‗lmagan jarayon va unda
o‗zaro hamkorlikda muammolarga yechimlar izlanadi va sinovdan o‗tkaziladi.
Natijada talabaning mantiqiy fiklashi rivojlanadi va o‗quv
materialini
o‗zlashtirishi osonlashadi [128]. Ushbu strategiyani qo‗llash uchun
EduMobileApp dasturida ―Forum‖ bandi bor va
uning yordamida muammolarni
kichik guruhlarda umumiy muhokamaga qo‗yish mumkin.
Shuni alohida ta`kidlash joizki, ta‘limiy mobil ilovadan foydalanib,
loyihaviy yondashuv asosidagi mustaqil ta‘lim topshiriqlarini bajarish bu dasturiy
mahsulotni ishlab chiqarish jarayonidir. Bu jarayonda qo‗llaniladigan texnologiya
dissertatsiyaning 2-bob 1-paragrafida batafsil keltirilgan.