118
-
Yо‗nаltiruvchi maslahatlari bilаn talabaga
mаvjud muаmmolarga yechim
topishda kо‗maklashadi;
-
Hisоbоtlarni qabul qilаdi;
-
Baholaydi;
Talаba faоliyati:
- Mobil ilovadan fоydalanib mustaqil tа‘lim topshirig‗ini tanlaydi;
- Lоyihani bоsqichlarga bо‗lib bajarilishini ta‘minlaydi;
- Mavjud muammolar bo‗yicha maslahatlar olishi mumkin (EduMobileApp
ilovasi->Forum bandi);
- Loyiha bo‗yicha hisobot tayyorlaydi va topshiradi;
- Bahoga ega bo‗ladi.
O‘qitish shakli:
Individual yoki kichik guruhlarda mustaqil ishlash.
O‘qitish metodlari:
PBL (Project Based Learning) metodi, GTD (Getting things done).
O‘qitish vositasi:
EduMobileApp mobil ilovasi, kompyuter, web server va web muharrirlar
(Notepad++, Adobe Dreamwever, Sublime).
O‗zining ijodiy qobilyatini rivojlantirish uchun talaba ishni boshlashdan
oldin qo‗yilgan maqsadni to‗g‗ri aniqlab va asoslab olishi kerak. So‗ngra u bor
materiallarni yig‗ib tahlil qiladi. Tahlilda
masalani holatini yoritib, mavjud
variantlarni solishtirib ko‗radi. So‗ngra eng qulay variant tanlanadi yoki
O‗zbekiston sharoiti uchun (mentaliteti
va madaniyatini hisobga olib, ishlab
chiqarish va jamiyatning talablaridan kelib chiqqan holda) maqbul varianti tavsiya
etadi.
Talaba mustaqil ishni bajarish uchun smartfonidan ―EduMobileApp‖ mobil
ilovani ishga tushiradi va menyuning ―Mustaqil ta‘lim‖ bandini tanlaydi (8-ilova,
17(a)-rasmga qarang).
Mustaqil ish mavzusi bilan tanishgach uchta (oson, o‗rta, qiyin) dartajadan
birini tanlaydi (8-ilova, 17(b)-rasmga qarang). Berilgan shartlar asosida
119
topshiriqni bajaradi va loyiha fayllarini dasturga yuklaydi.
Agarda talaba
topshiriqni bajarish uchun qo‗shimcha resurslarga ehtiyoj sezsa, mobil
ilovaning ―Resurslar‖ bandiga o‗tadi va bu oynadan ―Adabiyotlar‖, ―Videolar‖
yoki ―Havolalar‖ tugmasi orqali internet resurslarga murojaat qilishi mumkin.
(8-ilova, 17 (c)-rasmga qarang). Bu oynada loyiha tarkibidagi funksionalliklarga
oid eng ommabop internet resurslar ro‗yxati joylashtirilgan bo‗lib,
talabaning
mustaqil bilim olishiga xizmat qiladi.
Ushbu tadqiqot ishini bajarish davomida aksariyat talabalarning ko‗p bo‗sh
vaqtlarini o‗zlarining smartfonlari bilan o‗tkazishlarini so‗rovnomalarda ko‗rdik
(7-ilovaga qarang). Pedagoglar esa, e`tiborni asosiy muammolardan biri sifatida
o‗quvchi sarflaydigan bo‗sh vaqtdan unumli foydalanishga qaratishadi [33; 100-
bet]. Bu mustaqil ta‘limni mobil ilovalar yordamida tashkil etish ham samarali
natija berishi mumkinligidan foydalanib taklif etilayotgan ―EduMobileApp‖
ta‘limiy mobil ilovasida mustaqil ta‘lim topshiriqlari sahifasini joylashtirdik. Bu
o‗z navbatida talabaga mobil ilovadan chiqmasdan, ya‘ni chalg‗imasdan
turib
mustaqil bilimni o‗zlashtirishga imkon yaratadi.