• Umumiy qoidalar
  • Magistratura to‘g‘risidagi nizom




    Download 295.33 Kb.
    bet2/13
    Sana20.12.2022
    Hajmi295.33 Kb.
    #36236
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    USLUBIY QO\'LLANMA
    FFggsdr, Hayvonlarning xilma-xilligi. hashorotlar, Ámeliy psixologdıń akmeogrammasi, 11a klass 3-sherek, Tizim va signallarni qayta ishlash, 11-sinf-informatika-test-1, GEP-June-2023, Tolibova Mehrinoz Умумий психология сентябр 1, Огоҳлантириш хати, тухтаев, 1-topshiriq sirtqilarga-1

    Magistratura to‘g‘risidagi nizom


    Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘ri- sida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborot- nomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi PF–4456-sonli “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 30-son, 346-modda), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi 343-sonli “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 15-16-son, 104-modda) va 2007-yil 10-sentyabrdagi 190-sonli “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 37-38-son, 384-modda) qarorlariga muvofiq magistratura faoliyatini tubdan takomillashtirish va uning samarador- ligini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va raqobatbardoshligini kuchaytirish, “magistr” darajasini berish bo‘yicha dissertatsiya ishi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan mezonlar va talablar hamda xalqaro ta’lim standartlari darajasida oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlash tartibini belgilaydi.
    1. Umumiy qoidalar

      1. Magistr mutaxassisligining maqomi


    1. Magistraturaga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 24-25-son, 195-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

    2. Tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlarni tayyorlash kadr- lar buyurtmachilarining takliflari asosida, davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan oliy ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.

    3. Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida 2 yil davom etadigan oliy ta’limdir.

    Magistratura ta’lim dasturini tugatgan bitiruvchilarga yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga ko‘ra ta’lim yo‘nalishining aniq mutaxassisligi bo‘yicha “magistr” akademik darajasi to‘g‘risidagi davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi.
    Magistratura talabalarining (bundan buyon matnda talaba deb yuritiladi) yakuniy davlat attestatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1963-, 2009-yil 5-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009- y., 23-son, 267-modda) asosida amalga oshiriladi.

    1. Tayanch oliy ta’lim muassasalarida magistratura mutaxassis- liklari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari va kadrlar buyurtma-chilarining (bundan buyon matnda buyurtmachilar deb yuritiladi) takliflari asosida ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik hamda ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan dasturlar bo‘yicha maqsadli magistrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

    2. Oliy ta’lim muassasalari barcha bo‘linmalarining magistrlar tay- yorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish magistratura bo‘limi tomonidan kafedra va dekanatlar bilan birga amalga oshiriladi.

    3. Magistraturada ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot shart- noma (to‘lov-kontrakt) asosida olinadi.




      1. Download 295.33 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 295.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Magistratura to‘g‘risidagi nizom

    Download 295.33 Kb.