• Dissertatsiyaning kirish qismi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim
  • Dissertatsiyaning tarkibi va uning mazmuniga qo‘yiladigan talablar




    Download 295.33 Kb.
    bet7/13
    Sana20.12.2022
    Hajmi295.33 Kb.
    #36236
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
    Bog'liq
    USLUBIY QO\'LLANMA
    FFggsdr, Hayvonlarning xilma-xilligi. hashorotlar, Ámeliy psixologdıń akmeogrammasi, 11a klass 3-sherek, Tizim va signallarni qayta ishlash, 11-sinf-informatika-test-1, GEP-June-2023, Tolibova Mehrinoz Умумий психология сентябр 1, Огоҳлантириш хати, тухтаев, 1-topshiriq sirtqilarga-1

    Dissertatsiyaning tarkibi va uning mazmuniga qo‘yiladigan talablar


    Magistrlik dissertatsiyasi tuzilishi va mazmuni
    Magistrlik dissertatsiyasi magistrlik dissertatsiyasi ish bo‘lib, nazariy ahamiyati, mavzuning dolzarbligi va olingan natijalarning amaliy ahamiyatga molikligi bilangina emas, balki umumiy uslubiy tayyorgarlik darajasi va rasmiylashtirilishiga ko‘ra ham baholanadi.
    Dissertatsiyaning tuzilishi, mazmuni, ilmiy ahamiyati kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan muhokama qilinadi, uning mazmuni bo‘yicha ayrim tuzatishlar kiritilishi va kamchiliklari ko‘rsatilishi mumkin.
    Magistrlik dissertatsiyasining tarkibiy tuzilishida quyidagilar alohida-alohida qismlar sifatida rasmiylashtiriladi:

    • dissertatsiyaning titul varag`i (3- ilovaga qarang);

    • ikki tildagi (o‘qitish tili va ingliz tilida) dissertatsiyaning qisqacha annotatsiyasi;

    • dissertatsiya mazmunining mundarijasi (4 -ilovaga qarang);

    • kirish;

    • dissertatsiyaning asosiy qismi (2-3 bobdan iborat bo‘lishi tavsiya etiladi);

    • xulosa;

    • foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxati;

    • ilovalar (agar zarurat bo‘lsa).

    Umuman magistrlik dissertatsiyasi yakuniy ichki yaxlitlikka ega bo‘lgan va tanlangan mavzuni to‘la yoritish hamda natijalarini ifoda etuvchi magistrlik dissertatsiyasi ishi ko‘rinishida bo‘ladi.
    Dissertant magistrlik dissertatsiyasida olingan axborotni matn shaklida berish orqali uning ilmiy va amaliy ahamiyatini asoslaydi.
    Magistrant mavzuga doir tarixiy manbalar, adabiyotlar va nazariy muammolarni yorituvchi adabiyotlarni o‘rganib, ularni tahlil qilib dissertatsiyaning tegishli boblariga asos sifatida kiritadi. Titul varag`i dissertatsiyaning birinchi beti hisoblanadi va qat`iy qoidalar asosida to‘ldiriladi. Titul varag`idan keyin dissertatsiyaning mundarijasi joylashtiriladi. Mundarijada boblar, paragraflar va magistrlik disser- tatsiyasining barcha boshqa qismlari, asosiy matndagi sarlavhalar va bet raqamlaridan boshqacha shaklda yoki izchillikda va shuningdek, qisqartirib berilishi mumkin emas. Mundarijadagi sarlavhalar asosiy matndagi sarlavhalar bilan bir xilda bo‘lishi shart. Boblar va paragraflar
    nomi, shuningdek ularning izchilligi dissertatsiya matni bilan to‘liq mos kelishi shart.
    Magistrlik dissertatsiyasi zarur hollarda arxiv manbalari, respubli- kamiz va xorijda chop etilgan adabiyotlar tahlili asosida yozilishi kerak. Yig`ilgan hamda tahlil qilingan materiallar magistrantga hal qilinadigan masalalar, muammolarni aniqlash va shunga muvofik xulosa chiqarish imkonini beradi. Shunday qilib, rejaga muvofiq tuzilgan boblar magistrlik dissertatsiyasi mazmunining asosiy g`oyasini ifodalaydi.
    Xulosa qismi magistrlik dissertatsiyasi umumiy hajmining 10-15 foizni tashkil qiladi. Tadqiqot natijasida olingan xulosalar va takliflarning eng muhimlari ishning oxirida, ya`ni xulosa qismida aks etadi.
    Dissertatsiyaning titul varag‘i, annotatsiyasi, mundarijasi va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatining namunaviy shakli mazkur Nizomning 2-, 5-ilovalarida keltirilgan.

    Dissertatsiyaning kirish qismi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:


    • tadqiqot mavzusining dolzarbligi;

    • mavzuning o‘rganilish darajasi;

    • magistrlik dissertatsiyasining maqsad va vazifalari;

    • tadqiqotning obyekti;

    • tadqiqotning nazariy-metodologik asoslari;

    • tadqiqotning manbalari;

    • tadqiqotning ilmiy yangiligi;

    • tadqiqot joriylanishi;

    • tadqiqot natijalarining e`lon qilinganligi;

    • tadqiqotning ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati;

    • tadqiqotning tarkibiy tuzilishi.

    Dissertatsiyaning asosiy mazmuni tegishli tarzda boblarda umumiy-nazariy masalalar o‘zaro mantiqiy bog`liqligida beriladi.
    Asosiy qism kamida 3 bobdan iborat bo‘lib, bunda tadqiqot masalalari to‘liq yoritilishi lozim.
    Asosiy qismning boblari hajm jihatidan o‘zaro mutanosib bo‘lishi va quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:

    • tadqiqot mavzusi bo‘yicha boshqa manbalarda keltirilgan nazariy, amaliy va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy tahlilini;

    • talaba tomonidan olib borilgan tahliliy ishlarning tavsifi, tadqiqot olib borishda qo‘llanilgan uslublar hamda tadqiqot vositalarining bayonini;

    • dissertatsiyada talabaning ta’lim, fan, madaniyat, texnika, iqtisodiyot, ijtimoiy yoki boshqa sohalarning dolzarb muammolarini hal etishga qo‘shgan shaxsiy hissasini;

    • tadqiqot natijalari va ularning muhokamasini.

    Dissertatsiyaning xulosa qismida barcha qismlarda bayon etilgan tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati, tadqiqot muammosining yechimi ko‘rsatilishi lozim. Ushbu qism 4 betdan oshmasligi kerak.
    Dissertatsiyaning ilova qismiga uning mazmun mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lmagan, qo‘shimcha sifatida qaraluvchi ma’lumotlar kiritiladi. Bunda ilovaning hajmi dissertatsiya umumiy hajmining 1/3 qismidan oshmasligi lozim.
    Dissertatsiyada talabalar professional etika qoidalarini buzilishiga (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish hamda yolg‘on sitata keltirish) yo‘l qo‘ymasliklari lozim.
    Foydalanilgan manba va adabiyotlarning bibliografik ro‘yxati magistrlik dissertatsiyasining asosiy elementi bo‘lib, unda foydalanilgan manbalar ro‘yxati beriladi va u xulosa qismidan keyin joylashtiriladi. Har bir manba bo‘yicha:

    • foydalanilgan adabiyotning ro‘yxat bo‘yicha tartib raqami;

    • muallifning familiyasi, ismi va otaismi;

    • monografiyaning nomi, me`yoriy ma`lumotnomalar;

    • nashr qilingan joy va nashriyot nomi;

    • chop etilgan yili;

    • qancha betdan iboratligi ko‘rsatilishi shart (7-ilovaga qarang).

    Dissertatsiya qoida tariqasida, standart varaqda 1,5 qator oralig‘ida yozilishi lozim, har bir bet hoshiyasi: yuqoridan, pastdan va o‘ngdan 2 sm, chapdan 3 sm bo‘lishi, xatboshi besh yoki olti belgiga teng va bir xilda bo‘lishi lozim.
    Magistratura mutaxassisligi xususiyatidan kelib chiqqan holda dissertatsiya tarkibiy qismlarining mazmuni va hajmi o‘zgartirilishi va kengaytirilishi mumkin.

    1. Download 295.33 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




    Download 295.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dissertatsiyaning tarkibi va uning mazmuniga qo‘yiladigan talablar

    Download 295.33 Kb.