• Tashqi va ichki taqrizlar
  • Taqrizchilarning vazifalari
  • Ilmiy rahbar xulosasi va unga qo‘yiladigan talablar




    Download 295.33 Kb.
    bet9/13
    Sana20.12.2022
    Hajmi295.33 Kb.
    #36236
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    USLUBIY QO\'LLANMA
    FFggsdr, Hayvonlarning xilma-xilligi. hashorotlar, Ámeliy psixologdıń akmeogrammasi, 11a klass 3-sherek, Tizim va signallarni qayta ishlash, 11-sinf-informatika-test-1, GEP-June-2023, Tolibova Mehrinoz Умумий психология сентябр 1, Огоҳлантириш хати, тухтаев, 1-topshiriq sirtqilarga-1

    Ilmiy rahbar xulosasi va unga qo‘yiladigan talablar





    1. Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi.

    2. Magistrlik dissertatsiyasi maqsad va vazifalarining muallif tomonidan qay darajada yoritilganligi.

    3. O‘tkazilgan tadqiqot natijalarining asoslanganligi.

    4. Mavzu bo‘yicha ilmiy manba va adabiyotlardan foydalanil- ganlik holati.

    5. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.

    6. Tadqiqotchining ilmiy tahlil qila olish qobiliyatining qisqacha tavsifi.

    7. Magistrant xulosalari va takliflarining asoslanganligi, ishning mazmuniga mutanosibligi.

    8. Tadqiqotning magistrlik dissertatsiyasiga qo‘yiladigan talablar- ga mosligi.

    9. Muallifning magistr akademik darajasini olishga loyiq yoki noloyiqligi.



    Tashqi va ichki taqrizlar


    Magistrlik dissertatsiyasi himoyasi uchun ichki va tashqi taqrizlar talab etiladi. Taqrizlarda quyidagilar yoritilishi lozim:



    1. Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi.

    2. Tadqiqotning yangiligi.

    3. Dissertatsiyaning amaliy ahamiyati va natijalarining asoslan- ganligi.

    4. Dissertatsiyaning mazmuni va uning tugallanganlik darajasi.

    5. Amalga oshirilgan tadqiqotning ilmiy va amaliy qiymati.

    6. Dissertatsiyaning magistrlik dissertatsiyalari talablariga mosligi.

    7. Tadqiqot yuzasidan taklif va mulohazalar.

    8. Tadqiqotchining kamchiliklari.

    9. Muallifning magistr akademik darajasini olishga loyiq yoki noloyiqligi o‘z aksini topishi lozim.



    Taqrizchilarning vazifalari


    Taqrizchilarning vazifalari quyidagilardan iborat:



    • taqriz yozish uchun unga taqdim etilgan dissertatsiyada professional etika qoidalarining buzilish holatlarini(plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish hamda yolg‘on sitata keltirish) aniqlash va dissertatsiyaning dolzarbligi, ilmiyligi va yakunlanganligi haqida xulosalar berish;

    • belgilangan dastlabki himoya sanasidan kamida 3 kun oldin dissertatsiyaga yozma taqriz berish.

    Taqrizchi dissertatsiyada talaba tomonidan professional etika qoidalari buzilganligini (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish hamda yolg‘on sitata keltirish) aniqlagan taqdirda, mazkur qoida buzilishlarini qisqa muddatda tuzatish imkoniyati mavjud bo‘lmasa, mazkur dissertatsiyani dastlabki himoyaga tavsiya etmaslik haqida taqriz beradi.
    Dastlabki himoyadan o‘tmagan, shuningdek uzrsiz sabablarga ko‘ra rasmiy himoyaga taqdim etish muddati va tartibi buzilgan dissertatsiyalar rasmiy himoya qilishga ruxsat etilmaydi. Bunda uzrli sabablar deb talabaning kasalligi (kasallik varaqasi mavjud bo‘lgan holda) yoki o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga muvofiq oliy ta’lim muassasasiga kelish imkoniyati cheklangan holatlar tushiniladi.
    Dastlabki himoyadan keyin 1 hafta muddatda himoyadan o‘tgan dissertatsiyaning talaba familiyasi, ismi, otasining ismi hamda ilmiy rahbari, mutaxassisligi ko‘rsatilgan holda annotatsiyasi oliy ta’lim muassasasining rasmiy saytida e’lon qilinadi. Dissertatsiyaning annotatsiyasi tanlangan mavzuning dolzarbligini, tadqiqotning maqsadi va vazifasini, ob’ekti va predmetini hamda tadqiqot bosqichlarining qisqacha tavsifi va metodologik asoslarini o‘z ichiga olishi kerak. Annotatsiya hajmi 200 so‘zdan oshmasligi lozim.
    Dissertatsiyalarning rasmiy himoya sanasi oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i bilan tasdiqlangan jadvalga muvofiq belgilanadi.
    Dissertatsiya rasmiy himoyaga taqdim etilganidan keyin unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga ruxsat etilmaydi.
    Tarkibi tasarrufida oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan kelishilgan holda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha shakllantiriladigan va Vazirlik tomonidan
    tasdiqlanadigan Magistrlik dissertatsiyalarni himoya qilish komissiyalar tomonidan (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) dissertatsiyaning rasmiy himoyasi o‘tkaziladi.
    Rasmiy himoya natijalari yakuniy davlat attestasiyasi komissiyasi yig‘ilishi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.



    1. Download 295.33 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 295.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilmiy rahbar xulosasi va unga qo‘yiladigan talablar

    Download 295.33 Kb.