• Ta‘limning noan‘anaviy shakli Afzalligi Kamchiligi Afzalligi Kamchiligi Savol va topshiriq
  • 9-MAVZU. STEAM TA‘LIM (STEAM EDUCATION) (MAVZU ILOVA QILINADI) Reja
  • Mustahkamlash uchun topshiriqlar




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet72/307
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,15 Mb.
    #249463
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   307
    Mustahkamlash uchun topshiriqlar: 
     
    1.
    Mutaxassisligingizga oid darslikdagi biror mavzu asosida noan‘anaviy shakldagi mashg‘ulot uchun ishlanma
    tuzing (Turli interfaol usullardan foydalanib). 
    2. An‘anaviy va noan‘anaviy ta‘lim shakllariga munosabatingizni yozma bayon eting. 
    3.An‘anaviy va noan‘anaviy ta‘lim shakllarini taqqoslab quyidagi chizmani to‘ldiring: 
    Ta‘limning an‘anaviy shakli 
    Ta‘limning noan‘anaviy shakli 
    Afzalligi 
    Kamchiligi 
    Afzalligi 
    Kamchiligi 
    Savol va topshiriq
     
    1. Zamonaviy ta‘limning asosiy turlarini ta‘riflab bering. 
    2. ―Ta‘limning tashkiliy tizimi‖ tushunchasi mohiyatini tushuntirib bering. 
    3. Ta‘limning individual shakli afzalliklari nimadan iborat? 
    4. Sinf-dars tizimining afzalliklari nimalardan iborat?
    5. Zamonaviy darsga qanday talablar qo‘yiladi? 
    6. O‘quvchilar bilish faoliyatining individual, guruhli, frontal shakllaridan foydalanib mutaxassislik fani 
    bo‘yicha dars rejasi va konspektini ishlab chiqing. 
    1
    Jeff Halstead . Navigating the new pedagogy. R and Education, 2011.71-73b.
    2
    Jeff Halstead . Navigating the new pedagogy. R and Education, 2011.71-73b. 


    UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
    42 
    9-MAVZU. STEAM TA‘LIM (STEAM EDUCATION) (MAVZU ILOVA QILINADI) 
     
     
     
    Reja: 
    1. Steam-science (fan) Technology (texnalogiya), Injineering (injenerlik), Mathematics (matematika) 
    o‘qitish: 
    2. Hayot ta‘limi (STEAM learning: Education for life). Trancversal va tajribaga asoslangan ta‘lim 
    (Trancversal and experientail knowledge). 
    3. STEAM shaxs rivojining ijodiy aspekti. ART (san‘at) – STEAM kontsepsiyasi: Music (musiqa) – 
    CTEMM, reading (o‘qish san‘ati) – STREAM.
    4. STEAM ta‘lim dasturlari. STEAM texnologiyalarining ahamiyati. Geyimfikatsiya: o‘yin orqali 
    o‘rgatish (gamefication: learning through play)
     
    Jahonda xalqaro tashkilotlar va rivojlangan mamlakatlar tomonidan qabul qilingan 2030 yilgacha 
    mo‗ljallangan ta‘lim konsepsiyasida ta‘lim, xususan, maktabgacha ta‘lim taraqqiyotning asosiy 
    harakatlantiruvchi kuchi va barqaror rivojlanish masalalariga yetkazuvchi muhim faoliyat sifatida e‘tirof 
    etilib, uni zamonaviy va ilg‗or pedagogik texnologiyalar asosida yanada rivojlantirish hamda 
    takomillashtirishga e‘tibor qaratilmoqda. 
    Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida maktabgacha ta‘lim milliy madaniyat va mafkura, milliy 
    ruh, madaniyat va qadriyatlarning xazinasi, bolalarda milliy, ijodiy, mustaqil tafakkurni shakllantiruvchi, 
    rivojlantiruvchi, ifodalovchi hamda boshqa fanlarni mukammal, puxta o‗zlashtirilishiga asos bo‗luvchi 
    bug‗in sifatida qaralib, innovatsion ilg‗or pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirishga alohida 
    ahamiyat berilmoqda. Bu esa MTT metodik faoliyatini tashkil etishda pedagog-tarbiyachilarning 
    tinimsix izlanishi, o‗z faoliyatini uzluksiz takomillashtirib borishiga bog‗liq bo‗lib qolmoqda. 
    Yangilanayotgan O‗zbekistonda ham maktabgacha ta‘lim tizimiga doir islohotlar doirasida 
    maktabgacha ta‘limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ham ―o‗qitish usullarini 
    takomillashtirish, ta‘lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq 
    etish, bolani kichik yoshdan ta‘lim olishga sog‗lom, kuchli va ta‘sirchan motivatsiyani shakllantirish 
    kabi muhim vazifalar belgilangan. Bu, avvalo, maktabgacha ta‘lim tashkiloti pedagog xodimlarining 
    faoliyatini tashkil etishda metodik jihatdan isloh qilish, xalqaro ta‘lim standartlari asosida pedagog –
    tarbiyachi faoliyatini metodik jihatdan rivojlantirish, faoliyatni sifati va samaradorligiga alohida e‘tibor 
    qaratishni taqozo qiladi. Chunki ana shundagina bolalarning halqaro dasturlarda ishtirokini ta‘minlash, 
    o‗z ovoziga ena bo‗lishiga zamin yaratiladi. Dunyoning rivojlangan davlatlarida MTT pedagog 
    hodimlarining faoliyatini metodik jihatdan qo‗llab-quvvatlashga erishish bir qator yondoshuvlarni taklif 


    UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
    43 
    etadi. Jumladan, STEAM (S-fan, T-texnologiya, E -muhandislik, A - can‘at, M - matematika) - ilm-fan, 
    texnologiya, muhandislik, san‘at va matematikani birlashtiruvchi zamonaviy yondashuv.
    STEAM bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko‗nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi 
    -Muammolarni keng qamrovli tushunish 
    -Ijodiy fikrlash 
    -Muhandislik yondashuv 
    -Tanqidiy fikrlash 
    -Ilmiy metodlarni tushunish va qo‗llash 
    -Dizayn asoslarini tushunish 
    Bu yondashuv kelajakda bolalarda hayotiy muammolarni hal etishda
    yordam beradi. Ko‗pgina rivojlangan davlatlarda, jumladan AQSH, Yaponiya, Izrail, Singapur, 
    Rossiyada maktabgacha ta‘lim muassalarida pedagog tarbiyachilar bolalarni ijodiy va ixtirochilik 
    qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida mazkur yondashuv metodlaridan samarali foydalanib 
    kelinmoqda.
    Bugungi dunyo kechagi kabi emas, ertangi kun ham bugungi kabi bo‗lmaydi!
    Inson faoliyati barcha sohalarida dinamik rivojlanayotgan texnologiyalar joriy etilmoqda. 
    Zamonaviy bolalarning 65 foizi bugungi kunda mavjud bo‗lmagan kasblarni egallaydi. Kelajakdagi 
    mutaxassislar texnologiya, ilm-fan va muhandislikning turli xil sohalaridan kompleks ta‘lim va 
    bilimlarga muhtoj bo‗ladi. 
    STEAM farzandlarimizga - ixtirochilar, kashfiyotchilarning kelajak avlodi, olim sifatida 
    tadqiqotlar olib borish, texnologiyani shakllantirish, muhandis sifatida loyihalash, rassom sifatida 
    yaratuvchi, matematik sifatida analitik fikr yuritishni o‗yin orqali yuzaga keltiradi.
    Bugungi kunda STEAM-ta‘lim dunyodagi asosiy tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda va 
    amaliyot yondashuvni qo‗llashda beshta sohani yagona o‗quv sxemasiga integratsiyalashga asoslangan. 
    Bunday ta‘limning shartlari uning uzluksizligi va bolalarning guruhlarda o‗zaro muloqot qilish 
    qobiliyatini rivojlantirish bo‗lib, bunad ular fikrlarni to‗plashi va fikrlar almashadi. Shuning uchun, 
    asosiy ta‘lim dasturiga quyidagilar Lego-texnologiyalar, bolalar tadqiqotlari kabi mantiqiy fikrlashni 
    rivojlantirish modullari kiradi. 
    STEAM yondashuvi tufayli bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam o‗rganishadi va shu bilan 
    qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish 
    qobiliyatini rivojlantirish va liderlik, o‗z-o‗zini namoyon qilish asoslarini o‗rganishadi, o‗z navbatida, 
    bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta‘minlaydi. Bu yondashuvda bolalar o‗z qo‗llari bilan 
    yaratgan ko‗prik va yo‗llar, samolyotlar va avtomobillarni "ishga tushirib", suv osti va havo 
    tuzilmalarini "rivojlantirib", sinovdan o‗tkazib, har safar ular maqsadga yaqinlashib borishadi. Yaxshi 
    natija bermagan ―mahsulot‖ni qayta-qayt sinovdan o‗tkazib, takomillashtirib borishadi. Natijada barcha 
    muammolarni o‗zi hal qilish, maqsadga erishish bolalar uchun ilhom, g‗alaba, adrenalin va quvonch olib 
    keladi. Har bir g‗alaba, o‗zlarining qobiliyatlariga ko‗proq ishonch uyg‗otadi. 
    STEAM ta’lim tizimi nima? 
    Agar ushbu qisqartmani yoysak, quyidagilarni olamiz: 

    Download 6,15 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   307




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish