|
S:Eksperiment metodining turlari qaysi bandda to’g’ri berilgan?
|
bet | 6/25 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 266,05 Kb. | | #250984 |
Bog'liq Умумий психология фанидан тест саволлариS:Eksperiment metodining turlari qaysi bandda to’g’ri berilgan?
+:Tabiiy va laboratoriya eksperiment
-: Laboratoriya eksperimenti
-: Individual va guruhiy eksperiment
-: Tabiiy eksperiment
I:
S:Kuzatish metodining turlari qaysi bandda to’g’ri sanab o’tilgan?
+: Ob’ektiv kuzatish va sub’ektiv kuzatish
-: Oddiy kuzatish, murakkab kuzatish
-: Ilmiy kuzatish, oddiy kuzatish
-: Og’zaki kuzatish, yozma kuzatish
I:
S:Testning ko’rinishlari qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan?
+: Test-so’rov, test-topshiriq, proektiv test
-:Og’zaki test, yozma test, erkin test
-: Standartlashgan test, tashqi test, ichki test
-: Tabiiy test, maxsus test, so’rov testi
I:
S:Testning asl maqsadi tekshiriluvchiga sir bo‘ladi,ya’ni tekshiriluvchiga shunday topshiriq beriladiki, u topshiriqni bajarayotib, nimani aniqlanayotganligini, natijasi qanday bo‘lishini oldindan bilmaydi bu test metodining qaysi turiga xos?
+:Proektiv testlarga
-:Tesg-so‘rovga
-:Tesg-toshiriqqa
-:Sotsiometrik testga
I:
S:G‘oyalar psixologiyasini EHM dagi matematik programmalashtirish tamoyillariga moslashtirish nazarda tutilishi modellashtirish metodining qaysi turiga xos
+:Kibernetik modellashtirishga
-:Texnik modellashtirishga
-:Mantiqiy modellashtirishga
-:Matematik modellashtirishga
I:
S:Jonli mavjudotning hayot kechirishining konkret shart-sharoitlariga uning qaramligini ifoda etuvchi va bu shart-sharoitlarga nisbatan uning faolligini vujudga keltiruvchi holat bu. . .
+: Ehtiyoj
-: Faoliyat
-: Motiv
-: Qiziqish
I:
S:SHaxsning tuzilishiga birinchi navbatda uning individualligining, ichki qiyofasining, qobiliyatlarining tuzilishida mujassamlashgan, shaxs psixologiyasining anglab yetish uchun zarur, lekin yetarli bo’lmagan sistemali tarzdagi tuzilishi shaxs tuzilishining qaysi kichik sistemasini ifodalaydi?
+: Interindivid
-: Intraindivid
-: Metaindivid
-: Ekzopsixika
I:
S:Kishining faollik kasb etayotgan faoliyati, uning hayoti va uning avlodi hayotini saqlash hamda qo’llab-quvvatlash uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarga bo’ysunganlikda ifodalangan ehtiyoj turi qaysi?
+: Tabiiy ehtiyoj
-: Madaniy ehtiyoj
-: Moddiy ehtiyoj
-: Ma’naviy ehtiyoj
I:
|
| |