• To’yingan uglevodorodlar
  • Amaliy qism. 1-tajriba. Metanni olinishi va xossalari.
  • Mavzu: To’yingan uglevodorodlar, olinishi va xossalari




    Download 7,78 Mb.
    bet85/100
    Sana14.02.2024
    Hajmi7,78 Mb.
    #156402
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   100
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”

    Mavzu: To’yingan uglevodorodlar, olinishi va xossalari


    Nazariy qism.
    Uglevodorodlar faqat uglerod va vodorod atomlaridan tashkil topgan organik moddalardir. Ular tuzilishga qarab ochiq va yopiq zanjirli bo’ladi. Ochiq zanjirli uglevodorodlarga to’yingan va to’yinmagan uglevodorodlar kiradi.


    To’yingan uglevodorodlar. Molekulalaridagi uglerod atomlari o’zaro oddiy  - sigma bog’lar bilan bog’langan va qolgan valentliklar vodorod atomlari bilan to’yingan birikmalar to’yinmagan uglevodorodlar deyiladi.
    To’yingan uglevodorodlarning gomologik qatoriga quyidagilar kiradi:

    CH4 - metan C6 H14 -geksan


    C 2H 6 – etan C7 H16 – geptan
    C3H8propan C8H18 – oktan
    C4H10 – butan C9H20 – nonan
    C5 H12 – pentan C10H22 – dekan va hakozo.

    To’yingan uglevodorodlar butandan boshlab izomerlar hosil qiladi. Masalan, C4H10 – butanning 2 ta, C5H12 – pentanning – 3 ta, C7N16 geptanning- 9 ta, C 10 H22 dekanning 75 ta izomeri mavjuddir.


    Gomologik qatordagi C1 - C4 gacha bo’lgan uglevodorodlar gaz, C5-C16 gacha suyuqlik, C17 dan boshlab esa qattiq moddalardir.
    To’yingan uglevodorodlar kimyoviy jihatdan inert bo’lib, odatdagi sharoitda kimyoviy reaktsiyalarga kirishmaydilar.
    Ma’lum sharoitlarda esa oksidlanish nitrolanish, sulfolanish, galogenlash va sulfoxlorlash reaktsiyalariga kirishadi.
    Laboratoriyada to’yingan uglevodorodlarni A.Vyurts usulida, ya’ni alkanlarning bir xil galogenli hosilalarini natriy metali bilan qizdirib olinadi.
    Amaliy qism.
    1-tajriba. Metanni olinishi va xossalari.
    1 g natriy atsetat tuzi va 2 g natron ohagi (NaOH Q CaO) dan tortib oling va yaxshilab aralashtirib, quruq probirkaga soling. Probirkani shtativga o’rnatib, uning og’zini gaz o’tkazuvchi nay bilan jihozlangan probka bilan mahkamlang (2 rasm).

    2-rasm

    So’ngra aralashmani ohista qizdiring. Gaz ajralib chiqa boshlagach gaz o’tkazuvchi nayning ikkinchi uchini stakandagi kaliy permanganatning 1 % li eritmasiga tushiring. Bunda eritma rangida o’zgarish bo’ladimi? Bu reaktsiyani bromli suvda ham takrorlang? Bromli suvda o’zgarish seziladimi? Qizdirishni davom ettirgan holda trubkadan chiqayotgan gazni yondirib ko’ring va alanganing rangiga e’tibor bering. Alanga ustiga chinni kosaga to’nkaring. Nima kuzatiladi? Kuzatilgan hodisalarni izohlang. Reaktsiya tenglamalarini yozing:


    CH3 COONa + NaOH  CH4 ­ + Na2 CO3.
    CH4 + 2O2  CO2 ­ + 2H2O

    Download 7,78 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   100




    Download 7,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: To’yingan uglevodorodlar, olinishi va xossalari

    Download 7,78 Mb.