|
Mustaqil ishlash uchun savollar va mashqlar
|
bet | 88/100 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 7,78 Mb. | | #156402 |
Bog'liq portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”Mustaqil ishlash uchun savollar va mashqlar.
To’yingan uglevodorodlar tabiatda qanday tabiiy manbalardan olinadi?
2. To’yingan uglevodorodlarning izomeriyasini tushuntiring ?
3. To’yingan uglevodorodlar nomenklaturasi xaqida tushuncha bering?
4. To’yinmagan uglevodorodlar qanday sinflanadi?
5. Tabiiy va sintetik kauchuklar haqida tushuncha bering.
6. Polimerlanish reaktsiyalari va ular asosida olinadigan mahsulotlarga misollar keltiring.
7. Hajmi n.sh. da 1,12l bo’lgan propilen 1,6 % li bromli suvning qanchasini rangsizlantirish mumkin?
8. Tarkibida 54,5 % etilen, 27,3 % propilen 18,2 % butilen bo’lgan 15,4 g gazlar aralashmasi n.sh. da necha litr vodorodni biriktirib olish mumkin ?
9. 20 g texnik kaltsiy karbidga mo’l miqdor suv bilan ishlov berildi va bunda olingan atsetilen mo’l miqlorlagi bromli suv orqali o’tkazildi. Bunda 86,5 g 1,1, 2,2 – tetrobrom etan hosil bo’ldi. Texnik kaltsiy karbiddagi SaS2 ning massa ulushini aniqlang ?
10. To’yingan va to’yinmagan uglevodorodlar uchun qanday kimyoviy reaktsiyalar hosligini tushuntiring.
Etil bromid sintеzi
C2H5OH + KBr + H2SO4 → C2H5Br + KHSO4 + H2O
Reaktivlar: 30 ml etil spirt (95 foizli), 25 g kaliy bromid, sulfat kislota (d=1,84)
Sig’imi 250 ml bo’lgan tubi yumaloq kolbaga 30 ml konsentrlangan sulfat kislota quyiladi va unga tezlik bilan aralashtirib turib 30 ml etil spirt qo’shiladi. Aralashma xona temperaturasigacha sovutiladi va ehtiyotlik bilan unga 20 ml muzli suv (tashqaridan doimo kolbani sovitib turgan holda), keyin 25 g maydalangan kaliy bromid qo’shiladi. Reaksion aralashmali kolba egik shisha nay yordamida yahshi ishlaydigan, alonj o’rnatilgan sovutkichga ulanadi. Alonjning uchi yig’gich kolbadagi muzli suvning ichiga 1-1,5 sm tushiraladi. Yig’gich kolba esa muzli hammomda sovitib turiladi (25-rasm). Reaksion aralashma qum yoki havo hammomidayig’gich kolba tubiga yog’simon modda yig’ila boshlanguncha kuchli alangada qizdiriladi. Agar kolbadagi reaksion aralashma ko’piklashsa, qizdirish qisqa vaqtga sekinlashtiriladi. Haydash jarayonida yig’gich-kolbadagi suv alonjga ko’tarilishi mumkin. U vaqtda alonjning uchi bir oz suyuqlikka tegib turadigan yoki alonjni bir tomonga bursa bo’ladigan qilib yig’gich-kolba bir oz pastga tushiriladi.
Reaksiya tamom bo’lgandan keyin yig’gich-kolbadagi modda ajratgich voronkaga quyiladi va etil bromid (pastki qavat) 100 ml hajmli konussimon kolbaga ajratib olinadi. Kolba muzli suv (yaxshisi tuzli qor) bilan sovutiladi va idish tubida alohida qavat hosil bo’lib ajralguncha etil bromidga ehtiyotlik bilan tomizgich voronka orqali konsentrlangan sulfat kislota tomiziladi. Etil bromid tarkibidagi dietilefir va etanolni yo’qotish va uni quritish uchun unga sulfat kislota qo’shiladi, bu vaqtda etil bromid quriydi. Bu jarayonda issiqlik ajralib chiqadi. Shuning uchun oson uchuvchan etil bromidni yo’qotmaslik maqsadida etil bromidga sovutib turgan holda sulfat kislota qo’shiladi. Aralashma quruq ajratgich voronkada ajratiladi va kichik alanga bilan qizdiriladigan suv hammomida etil bromid haydaladi. Yig’gich-kolba muzli suvda sovitiladi. Etil bromid 35-400C harorat intervalida haydaladi, asosiy massa 38-390C da haydaladi. Tozalanmagan etil bromid tarkibida brom (qo’shimcha modda) qo’shilmasi bo’lgani uchun u sariq rangli bo’ladi. Etil bromidning unumi 20 g.
Toza etil bromid o’ziga xos hidli rangsiz suyuqlik. Spirt, efir, xloroform bilan aralashadi, qaynash xarorati past, shuning uchun u qalin devorli, shliflangan probkali sklyankada sarg’ayadi, chunki parchalanib, brom ajratib chiqaradi. Molekulyar massasi 109; qaynash harorati 38,40S; d=1,4555
|
| |