• Mustaqil ishlash uchun savollar va mashqlar .
  • 6 - LABORATORIYa IShI Mavzu: Aminobirikmalar va ularning xossalari. Nazariy qism.
  • Amaliy qism.
  • -tajriba. Nitrobenzol va nitrotoluolni hosil qilish




    Download 7,78 Mb.
    bet96/100
    Sana14.02.2024
    Hajmi7,78 Mb.
    #156402
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”

    1-tajriba. Nitrobenzol va nitrotoluolni hosil qilish.
    Ikkita probirka olib, ularning har biriga 1 ml konts. nitrat kislota 2 ml konts. sulfat kislotadan solib, ohista aralashtiring. Har ikkala probirkani suv bilan sovutib turgan holda, birinchisiga tomchilatib 1 ml benzol, ikkinchisiga 1 ml toluol qo’ying. Probirkani yana 3-4 daqiqa suv bilan sovutib turgandan so’ng, aralashmalarni suvli stakanchalarga qo’ying. Suvning yuqori qismida moysimon mahsulotlarni ajralib chiqishini kuzating. Hidlarga e’tibor bering. Reaktsiya tenglamalari asosida kuzatilgan hodisalarni izohlang.
    NO2
    H2SO4
    +. HNO3 + H2O

    CH3 CH3


    + H2O
    NO2
    Mustaqil ishlash uchun savollar va mashqlar.

    1. Alifatik va aramatik nitrobirikmalar haqida tushuncha bering.

    2. Alifatik va aramatik nitrobirikmalar izomeriyasini tushuntiring.

    3. Nitrobirikmalar qanday kimyoviy xossalarni nomoyon etadi.

    4. 330 gr nitrobenzol olish uchun qancha benzol va nitrat kislota zarur bo’ladi?

    5. 246 gr nitrobenzoldan 150 gr anilin hosil bo’ladi. Reaktsiyaning unumli (%) ni aniqlang?



    6 - LABORATORIYa IShI
    Mavzu: Aminobirikmalar va ularning xossalari.
    Nazariy qism.
    Ammiak molekulasidagi bir yoki bir necha vodorod atomning uglevodorod radikaliga almashinishi natijasida hosil bo’lgan birikmalar aminlar deyiladi.
    Uglevodorod radikali bilan almashgan vodorod atomning soniga qarab, birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aminlar bo’ladi.

    H -N-H H-N-R R-N-R’’ R-N-R’’


    H H H R’’’’
    ammiak birlamchi ikkilamchi uchlamchi
    amin amin amin

    Bu erda R, R1, R11- lar uglevodorod radikallari yoki S6N5.


    Aminlarning dastlabki vakillari metil-, dimetil-,trimetil aminlar gaz moddalar, o’rta a’zolar suyuq yuqori a’zolar qattiq moddalardir. Ularning molekulyar og’irligi ortib borishi bilan suvda eruvchanligi kamayib boradi. Suvda yomon eriydi.
    Kimyoviy xossalari jihatidan ammiakka o’xshaydi ya’ni kislotalar bilan birikib, ammoniy tuzlariga o’xshash tuzlar hosil qiladi. Ular ishqorlar ta’sirida parchalanib, ammiak ajralib chiqadi. Aminlarning suvli eritmalari lakmusni ko’kartiradi. Ammiakdan farq qilib, aminlar havoda yonish xususiyatiga ega.
    Birlamchi aminlarga nitrat kislota ta’sir ettirilganda erkin holda azot va apirt hosil qiladi. Ikkilamchi aminlar nitrozaminlar hosil qiladi.
    Alifatik aminlar asosan galloidalkillarga ammiak ta’sir ettirib (Goffman reaktsiyasi) va nitrobirikmalarni qaytarish orqali olinadi.
    Aromatik birlamchi aminlarning dastlabki vakili anilin suyuq, qolganlari qattiq moddalardir, suvda yomon eriydi. Ikkilamchi, uchlamchi aromatik aminlar kristall moddalardir.
    Aromatik aminlarga nitratkislota ta’sir ettirilsa, diazobirikmalar hosil bo’ladi. Agar gologenlar ta’sir ettirilsa, aromatik aminlarning uchgoloidli hosilalarini olish mumkin, shuningdek aromatik aminlar oson oksidlanadi.
    Ikkilamchi va uchlamchi aromatik aminlar ham o’ziga xos kimyoviy xossalarni nomoyon qiladi.


    Amaliy qism.

    Download 7,78 Mb.
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




    Download 7,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -tajriba. Nitrobenzol va nitrotoluolni hosil qilish

    Download 7,78 Mb.