|
Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya
|
bet | 94/100 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 7,78 Mb. | | #156402 |
Bog'liq portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”HCOOH - chumoli kislota
CH3COOH - sirka kislota
C2H5COOH – propion kislota
C3H7COOH – moy kislota
C4H9COOH – valerian kislota
Karbon kislotalari uglerod zanjirining tuzilishi hamda karboksil guruhning joylashgan o’rniga qarab izomerlanadi.
Laboratoriya sharoitida karbon kislota tuzlariga kislotalar ta’sir ettirib, shuningdek yog’ va moylarni gidrolizlab olinadi.
Barcha karbon kislotalar anorganik kislotalar kabi ko’k lakmusni qizartiradi. Kislotalardagi radikallarning kattalashuvi bilan kislotalik kuchi kamayib boradi.
Karbon kislotalari mineral kislotalar kabi tuzlar hosil qiladi, spirtlar bilan reaktsiyaga kirishadi. Shuningdek, almashinish, qaytarilish reaktsiyalarini ham namoyon qiladi.
Amaliy qism
1-tajriba. Sirka kislotaning olinishi va xossalari
a) Probirkaga 3-4 g natriy atsetat tuzidan soling va ustiga 2 ml kontsentrlangan sulfat kislota quying. Probirka og’zini gaz o’tkazuvchi nay bilan jihozlangan probka bilan berkiting va nayning uchini quruq toza probirka ichiga tushiring. (3-rasm). Aralashmani qizdiring. Qizdirishni bo’sh probirkada 1-2 ml suyuqlik yig’ilguncha davom ettiring. So’ng qizdirishni to’xtatib, suyuqlik yig’ilgan probirkani oling va uning hidiga e’tibor bering. Reaktsiya tenglamasini yozing:
3-rasm.
2 CH3COONa + H2SO4 2CH3COOH + Na2SO4
b) Yuqoridagi hosil qilingan kislotani ikki qismga bo’ling. Birinchi qismidan universal indikator qog’ozi yordamida uning muhitini aniqlang. So’ng unga 3-4 tomchi ishqor eritmasidan tomizing va eritma muhitini tekshirib ko’ring. Kislotaning ikkinchi qismiga ozroq distillangan suv qo’shib, suyultiring va ozgina magniy kukunidan soling. Nima kuzatiladi? Reaktsiya tenglamasini yozing va izohlang:
2 CH3COOH + Mg (CH3COO)2 Mg + H2
|
| |