• 1-tajriba. Dietil efirining olinishi.
  • Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya




    Download 7,78 Mb.
    bet91/100
    Sana14.02.2024
    Hajmi7,78 Mb.
    #156402
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   100
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”

    2 - LABORATORIYa IShI.


    Mavzu: Oddiy va murakkab efirlar.


    Nazariy qism.

    1. Oddiy efirlar

    Oddiy efirlarni spirtlar molekulasidagi gidroksil guruh vodorodining uglevodorod radikaliga almashinishidan hosil bo’lgan moddalar deb qarash mumkin. Oddiy efirlarda ikkita bir valentli uglevodorod kislorod atomi bilan bog’langan: R-O-R1.
    Oddiy efirlarni nomlashda radikallar nomiga efir so’zi qo’shib o’qiladi. Masalan:

    CH3-O-CH3 – dimetil efir


    CH3-O-C2H5 - metil etil efir
    C2H5-O-C2H5 – dietil efir
    C3H5-O-CH3 – metilpropil efir

    Laboratoriyada oddiy efirlar spirtlardan suvni tortib oluvchi moddalar kontsentrlangan H2SO4 ishtirokida qizdirish yo’li bilan olindai.


    Oddiy efirlar suvda yomon eriydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi va qaynash temperaturalari juda past. Shuning uchun oddiy sharoitda ham efirlar tezda bug’lanish ketadi.
    Oddiy efirlar reaktsiyaga kirishish qobiliyati kam bo’lgan moddalardir. Ular odatdagi sharoitda suyultirilgan mineral kislotalar, ishqorlar, natriy metali, PCl5 bilan reaktsiyaga kirishmaydi, suv bilan gidrolizlanmaydi. Faqat kontsentrlangan sulfat va yodid kislota ta’sirida parchalanadi. Natriy metali bilan qizdirilganda reaktsiyaga kirishib, alkogolyat va natriy organik birikma hosil qiladi.
    1-tajriba. Dietil efirining olinishi.
    Quruq toza probirka olib, unga 15 tomchi spirt va 5 konts. sulfat kislota soling. Aralashmani ehtiyotlik bilan qaynaguncha ohista qizdiring.
    Probirkani alangadan olib, juda ehtiyotlik bilan issiq aralashmaga tomchilatib 5-6 tomchi etil spirtidan tomizing. Bunda o’ziga xos hushbo’y hid paydo bo’lishini kuzating. Reaktsiya tenglamalari asosida kuzatilgan hodisani izohlang:
    t0C
    C2H5OH +HOC2H5 C2H5 – O-C2 H5 + H2O
    H2SO4

    Ushbu reaktsiya ikki bosqichda boradi:


    a ) C2H5OH + H2SO4 C2H5 O-SO3H +H2O


    b ) C2H5 OSO3H +C2H5OH C2H5 - O-C2H5+ H2SO4





    Download 7,78 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   100




    Download 7,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya

    Download 7,78 Mb.