|
Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya
|
bet | 86/100 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 7,78 Mb. | | #156402 |
Bog'liq portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”4 - LABORATORIYa IShI
Mavzu: To’yinmagan uglevodorodlar, olinishi va xossalari
Nazariy qism.
To’yinmagan uglevodorodlar. Molekulasida uglerod atomlari o’zaro - sigma bog’lardan tashqari - bog’lar hosil qilib bog’langan uglevodorodlar to’yinmagan uglevodorodlar deyiladi.
To’yinmagan uglevodorodlar uglerodlar zanjiridagi -bog’larning soni va tabiatiga qarab quyidagicha sinflanadi:
Etilen uglevodorodlari, Dien- uglevodorodlari, Atsetilen uglevodorodlar.
Ular quyidagicha gamologik qatorlarni tashkil etadilar:
C2H4 – etilen C3H4 –propadien CHCH-atsetilen
C3H6- propilen C4H6- butadien CH3-CºCH –allilen
C4H8-butilen C5H8-pentadien CH3-CºC-CH3-krotilen
C5H10-amilen C6H10-geksadien CH3-CH 2 CºC-CH3-metil etil atsetilen
To’yinmagan uglevodorodlar ham izomerlanadi. Izomerlanish zanjirning tuzilishi hamda qo’shbog’ning joylashgan o’rni bilan bog’liqdir.
To’yinmagan uglevodorodlar uchun uncha mustahkam bo’lmagan - bog’lar tutganligi va -bog’ning uzilib, uning o’rniga ikkita -bog’lar hosil bo’lish buning natijasida boshqa molekulalarni biriktirib olish reaktsiyalari xarakterlidir.
To’yinmagan uglevodorodlar birikish, almashinish, oksidlanish, polimerlanish reaktsiyalariga kirisha oladilar.
Etilen uglevodorodlarni laboratoriyada to’yingan spirtlarni yuqori haroratda (160-1800 S) katolizator ishtirokida degidratlab, atsetilen esa kaltsiy karbidga suv ta’sir ettirib olinadi.
Amaliy qism.
1- tajriba. Etilenni olinishi va xossalari.
Quruq probirkaga 1ml etil spirti va 3 ml kontsentrlangan sulfat kislota solib, aralashmaga 2-3 dona mayda shisha siniqlaridan tashlang. Probirka o’zini gaz o’tkazuvchi nay bilan jihozlangan probka bilan mahkamlab, shtativga 2-rasmda ko’rsatilgandek o’rnating.
Aralashmani qizdiring. Gaz ajralib chiqishi bilan gaz o’tkazuvchi nayning ikkinchi uchini avval 1% li KMnO4 eritmasi bo’lgan stakanga, so’ng bromli suv bo’lgan stakanga tushiring. Bunda eritmalar rangida o’zgarish sodir bo’ladimi? Nayning uchini eritmadan chiqarib, ajralib chiqayotgan gazni yondiring va alanganing rangiga e’tibor bering.
Alangani ustiga chinni kosacha to’nkarang. Nima kuzatiladi?
Kuzatilgan hodisalarni reaktsiya tenglamalariga asoslanib izohlang.
|
| |