JUDA ESKI” T IL S ANDIG ‘I O + D = S Topshiriq




Download 8.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/170
Sana14.12.2022
Hajmi8.16 Mb.
#34641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   170
Bog'liq
Ona tili (10 sinf) 11.08.2022
2 (Lotincha), access 2, 9618 s21 qp 12, 9618 w21 qp 22, Сирдарё вилояти Гулистон шаҳридаги Президент мактаби ходимларининг, CIE-IGCSE-Biology Chapter 2 Cells, Etik kiygan mushuk, trachtenberg-system
JUDA ESKI
T
IL
S
ANDIG
‘I
O + D = S
Topshiriq. 
Ozingizning rezyume-ma’lumotnomangizni tayyorlang.
 Menimcha…
 Mustaqil bajaraman
Mantiq vaqti
12
@edurtm_uz


3-dars
Topshiriq. 
Quyidagi ikki matnni oqing. Ularning yozilish uslubiga e’tibor qarating.
 1-matn
 2-matn
Fanda sevgining o‘z ta’rifi, xususiyatlari, hatto baholash mezonlari ham mavjud. 
Amerikalik psixolog Artur Aron o‘z ilmiy tadqiqotida kishining kimgadir oshiq 
bo‘lishi-bo‘la olmasligini aniqlash mumkin degan xulosa beradi. Qizig‘i shundaki, 
buni o‘rtacha 90 soniyadan 4 daqiqagacha bo‘lgan vaqt ichida amallasa bo‘lar 
ekan. Olimning fikricha, bizga mos keladigan odamni topish uchun bir nechta 
asosiy xususiyat ko‘zdan kechirilsa bas. Bu jarayonda tana “tili”ning roli juda yuqori, 
aniqrog‘i, 55%. Bu shuni anglatadiki, miya potensial juftning tana harakatlarini 
tahlil qiladi va undan sizda qiziqish uyg‘otadigan qandaydir javob signallarini 
izlaydi. Insonning harakatlari sizga qanchalik mos kelsa, siz uni sevib qolishingiz 
ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi. Ovoz va uning ohangi, shuningdek, chastotaning 
o‘zgarishi ham muhim: jarayonda uning ulushi 38%. Qolgan 7% i o‘sha kishining 
bayonotlariga, so‘zlarni tanlashiga aloqador.
Mavzu doirasida Artur Aronning yana bir olamshumul tadqiqoti mavjud. Olim
36 ta savol ishlab chiqadi va ularni tartiblaydi. Tajriba uchun tanlab olingan notanish 
juftliklar bir-biriga shu savollarni tartib bilan berib chiqadi va javob olishadi. Shundan 
so‘ng juftlik 4 daqiqa davomida bir-biriga so‘zsiz boqib turadi. Tajribada ishtirok 
etganlar uzoq vaqt o‘zaro bog‘liqlik paydo bo‘lganini his qilib yurganlar. Yarim yil 
o‘tgach, juftliklardan biri turmush ham qurgan.
Otabek bir necha kunlardan beri Hasanalining ko‘ziga boshqacha ko‘rinar edi. 
Hasanali Otabekda shu kungacha ko‘rilmagan qiziq bir holatka besh-olti kundan 
beri ajabsinib yurar edi. Hasanalini ajabsindirgan holat ham bekning shuning singari 
xayol ichida barchani unutib qo‘yishi va boshqa ishlarga e’tibor va parvosizligi edi. 
Hasanali bekning hozirg‘i ipidan ninasigacha bo‘lg‘an qiziq holini uzoq kuzatib turdi. 
Lekin Otabek xayol surishdan zerikmasa ham, Hasanali kuzatishdan zerikdi. 
13
@edurtm_uz


— Menda yumushingiz yo‘qmi?
Otabek bu gapni onglamadi, 
shekillik, Hasanalining yuziga 
ko‘ta rilib qaradi-da, yana ko‘zi-
ni bir nuqtag‘a tikib qoldi. Bu 
ho lat dan 
Hasanalining 
andi-
sha si ortib, bekning bunchalik 
angravlanishig‘a qanday ma’no
berishini ham bilmas edi. Otabek 
shu holda tag‘in qan chag‘achadir 
o‘lturdi, nihoyat uy qudan uyg‘on-
g‘an kishidek so‘chib o‘zini kuzat-
kuchiga qa radi: 
— Chiqib yotmaysizmi? 
— Menda yumushingiz yo‘qmi? 
— Nima yumushim bo‘lsin, sham’ni ham olib keting…
Oradan yana bir necha daqiqa fursat o‘tib, Hasanali tamom tinchlandi, ham 
turib ketmakchi bo‘ldi va shu holatda ichkaridan uyqusirash eshitdi: 
— “Qora ko‘zlari, kamon qoshlari...” 
— A-a-a, — dedi Hasanali va qaytadan qulog‘ini tirqishg‘a olib bordi. Endi uning 
butun borlig‘i quloq bo‘lib aylangan, o‘zini unutib barcha diqqati hujra ichiga oqg‘an 
edi. O‘rtadan ko‘b fursat o‘tmadi, boyag‘i uyqusirash yana takrorlandi: “Oy kabi yuzlar, 
kulib boqishlar, cho‘chib qochishlar... Uff”. Hasanali uchun birinchida onglashilmay 
qolg‘an ma’nolar bu keyingi gap bilan yeshildi. Hasanali endigi o‘lturishni ortiqcha 
topib o‘rnidan turdi, hujrasiga kirar ekan, boshini chayqab o‘zicha so‘zlandi: 
— Bek oshiq!
Ilmiy uslub ilm-fanga doir fikrlarni bayon etishga mo‘ljallangan. Bu uslubdagi 
matnlarda:
1) sohaga doir terminlar faol qo‘llanadi;
2) ta’rif-qoidalar keltiriladi;
3) bo‘yoqdor birliklar, ibora va maqollardan foydalanilmaydi;
4) murakkab jumlalar, kirish va kiritmali qurilmalar ko‘p uchraydi.
Ilmiy maqolalar, konferensiya tezislari, dissertatsiya, monografiya kabilar ilmiy 
uslubdagi matnlarga misol bo‘ladi.
Ilmiy ma’lumotlar mutaxassis bo‘lmaganlar – keng ommaga ilmiy-ommabop 
shaklda yetkaziladi. Bunda matn hammaga tushunarli bo‘lishi uchun:
1) terminlar, tushunarsiz birliklarga izoh beriladi; 
2) ayrim o‘rinlarda ko‘chma ma’no, badiiy-ta’siriy vositalardan foydalanishga 
ruxsat beriladi.
Ommabop nashrlardagi ilm-fanga doir maqolalar, bolalar ensiklopediyalari, 
maktab darsliklari shu shaklda yaratiladi.

Download 8.16 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   170




Download 8.16 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



JUDA ESKI” T IL S ANDIG ‘I O + D = S Topshiriq

Download 8.16 Mb.
Pdf ko'rish