IV bo‘lim. MEHNAT – BAXT KELTIRAR (10 soat, A1+: 4 soat) 39-mavzu. Odam bo‘laman. Anvar Obidjon (1 soat). Kasb-hunarga doir tushuncha. Mehnatkashlik va mehnatni qadrlash.
O‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash. Mehnatsevarlikka doir maqol, topishmoq va
tez aytishlar. She’rni ifodali, to‘g‘ri o‘qish. 40-mavzu. Keksa kulol va shogird. Qudrat Hikmat Ertak (1 soat). Kulol va kulolchilik. Ustoz va shogirdlik munosabatlari. Sabr-toqat bilan
hunar egallash sirlari. Shogirdning xatosi. Tadbirkorlik va mehnatsevarlik. Kasb-
hunarga doir maqol va topishmoqlar. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish. 41-mavzu. Hunar – bebaho boylik. Ollobergan Po‘lat (1 soat). Dehqonchilik sirlari. Mehnatkashlik va o‘z mehnatidan zavqlanish hissi.
Dehqonchilik va mehnatsevarlikka doir hikmatli so‘zlar. She’rni ifodali, to‘g‘ri
o‘qish.
42-mavzu. Mening do‘stim – kompyusha. Alisa Lavruxina (1 soat). Aqliy mehnat. Bolakayning kompyuter bilan “suhbati”. Kompyuter va uning
inson
mehnatini
yengillatishdagi,
ilm
olishdagi
o‘rni.
Kompyuterning
imkoniyatlari. Aqliy mehnat haqidagi hikmatli so‘z. Ongli, ifodali, to ‘g ‘ri, tez
o‘qish.
A1+ Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). Mavzu. A‘zam tut. Sobit G‘afurov (1 soat). Tutning A’zam tut deb atalishi. Odamlarga yaxshilik qilishi. Yaxshilik
qilganning nomi o‘chmasligi. Matn mazmuniga mos maqol, topishmoqlar va tez
aytish. Matnni ongli, ifodali, to‘g‘ri o‘qish.
102
43-mavzu. Non aziz. Obid Rasul (1 soat). Nonning ushog‘i ham nonligi. Non va nonni e’zozlash. Mehnatni qadrlash.
Non va nonni e’zozlashga doir maqol va tez aytishlar. She’rni ongli, ifodali, to‘g‘ri
o‘qish.