|
-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat) Pdf ko'rish
|
bet | 115/274 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 1,31 Mb. | | #107506 |
Bog'liq Boshlangich-sinf-DTS44-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).
45-46-mavzu. Uch o‘g‘il. Ertak (2 soat).
O‘zbek xalq ijodida uch o‘g‘il haqidagi ertaklar. Mehnatsevarlikka doir
ertaklar. Otaning o‘g‘illari uchun sinovi. Topshiriqning bajarilishi. Kenja
o‘g‘ilning tadbirkorligi. Mehnat va mehnat orqali keladigan daromad.
Tadbirkorlik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik va ota-onani hurmat qilish sifatlari.
Mehnatsevarlikka doir maqol, topishmoq va tez aytishlar. Ongli, ifodali, to‘g‘ri,
tez o‘qish.
A1+
Mavzu. Qobusnoma. (Hikoyat) (1 soat).
Bir hunarni to‘liq o‘rganmasdan, bilaman deb o‘zboshimchalik qilishning
oqibatlari. Yaxshilik qilish. Minnatsiz qilingan yaxshilikning mukofoti. Ongli, tez
va ifodali o‘qish. Matn mazmuniga mos topishmoq, hikmatli so‘z, va tez aytishlar.
Mavzu. Usta. Ertak (1 soat).
Tabiat ne’matlarini qadriga yetish, ularni asrab-avaylash zarurligi. Ustaning
mahorati ham ana shunda ekanligi. Mehnatni sevish, hunar egallash va o‘z
hunarining mohir ustasi bo‘lish.
47-mavzu. Bo‘lim yuzasidan takrorlash (1 soat).
“Mehnat – baxt keltirar” bo‘limi yuzasidan o‘quvchilar bilimini tekshirish,
takrorlash va umumlashtirish. Boshqotirma va topshiriqlarni hal etish orqali
o‘quvchilar bilimini mustahkamlash.
Nazorat ishi (1 soat).
V bo‘lim. KUMUSH QISH – MISOLI OQQUSH
(14 soat, A1+: 8 soat )
48-mavzu. Qish. Ilyos Muslim (1 soat).
Qish faslida tabiatdagi o‘zgarishlar. Bolalarning qishki o‘yinlari. Qishki dam
olishlar. Qish fasli haqidagi maqol, topishmoq va tez aytishlar. She’rni ongli va
ifodali o‘qish.
49-mavzu. Qishning o‘rtog‘i. Zahro Hasanova (1 soat).
Qishki o‘yinlar. Sport – sog‘lik garovi. Hikoya qahramoni otasi bilan
badantarbiya qilishi. Badantarbiyaning inson salomatligidagi o‘rni. Qish – eng
yaqin o‘rtog‘im. Qish fasli haqidagi tez aytishlar. Ongli, tez va ifodali o‘qish.
|
| |