108
Ertakda qo‘rqoqlik va jasurlik haqida so‘z boradi. O‘zining hayoti
xavfsizligini ta’minlash uchun jasurlik kerakligi ta’kidlanadi. Ongli, to‘g‘ri, tez va
ifodali o‘qish. Maqol, topishmoq va tez aytishlar.
Nazorat ishi (1 soat).
82-mavzu. Alisherning onasi. Abdulla Oripov (1 soat).
Onalar haqida yozilgan she’rlar. Alisher Navoiyni tarbiyalash, shoir
darajasiga yetkazgan onasining madhi. Onalar haqidagi maqollar. She’rni ifodali
va ongli o‘qish.
83-mavzu. Onam.
Umarali Qurbonov (1 soat).
8-mart – Onajonlar bayrami. Ona – buyuk zot, onalarni e’zozlash –
farzandlik burchi. Onalarga ta’zim. Onalar haqidagi maqollar. She’rni ongli va
ifodali o‘qish.
84-mavzu. Navro‘z – tabiat tantanasi (1 soat).
21-mart – bahoriy tengkunlik. Navro‘zda tabiatning uyg‘onishi, iliq
mavsumning boshlanishi. Hashar va obodonlashtirish ishlari. Navro‘z ayyomidagi
an’analar. Qadimgi yozma manbalarda Navro‘z ayyomining nishonlanishi haqida.
Navro‘z ayyomi haqidagi maqollar, hikmatli so‘zlar va topishmoqlar. Ongli, tez va
ifodali o‘qish.
A1+
Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).
Mavzu. Bizning bahor. Dilshod Rajab (1 soat).
Bahor manzarasi. Turfa xil gullarning ochilishi, qaldirg‘ochlarning kelishi.
Bahor borliqni sayratib yuborishi. She’rni ongli va ifodali o‘qish.
85-mavzu. Polvonman. Qambar Ota (1 soat).
Sport va jismoniy mashqlarning inson salomatligiga ta’siri. O‘zbek milliy
kurashi. Kurash – mardlar sporti. Salomatlik va jismoniy mashqlar haqidagi
hikmatli so‘zlar. She’rni ongli va ifodali o‘qish.
86-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).