|
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi boshlangich ta`lim ona tili Pdf ko'rish
|
bet | 125/274 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 1,31 Mb. | | #107506 |
Bog'liq Boshlangich-sinf-DTS91- mavzu. Tuya, fil va olmaxon. Ertak (1 soat).
Uy hayvonlari haqida ma’lumot. O‘rtoqlar va chin do‘st. Qo‘y va xo‘rozning
do‘stlashishi. Qo‘y bo‘riga duch kelishi. Itning qo‘yni qutqarishi. Haqiqiy o‘rtoq.
Nodon do‘st va ziyrak dushman. Do‘stlik haqidagi maqollar. Ongli, tez va ifodali
o‘qish.
92-mavzu. Bo‘lim yuzasidan takrorlash (1 soat).
“Qushlar va hayvonlar bizning do‘stimiz” bo‘limi yuzasidan o‘quvchilar
bilimini tekshirish, takrorlash va umumlashtirish. Topshiriqlarni bajarish va
boshqotirmani hal etish orqali o‘quvchilar bilimini mustahkamlash.
Nazorat ishi (1 soat)
A1+
Mavzu. Kirpitikan. Hamza Imonberdiyev (1 soat).
Kuzda barglarning to‘kilishi, hayvonlarning qish g‘amini yeyishi, ayrim
sayyohlar barglarni yoqishi, kirpitikan ularni o‘chirishi misolida tabiatni va toza
havoni asrashning ko‘rsatilishi. Ongli, to‘g‘ri, tez va ifodali o‘qish. Maqol,
topishmoq va tez aytishlar.
Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Adabiy-nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon
qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish):
A1
hikoya, ertak va she’riy matnlarni tinglab tushuna oladi;
matnlarni ifodali, to‘g‘ri va tez o‘qiy oladi;
o‘qilgan matnlarning mazmunini tushuna oladi va mavzuga mos maqol va
hikmatli so‘zlarni topa oladi;
matnlarning mazmunini qisqartirib va darslikdagi rasm va illyustratsiyalarga
qarab fikrini og‘zaki bayon qila oladi;
o‘rganilgan mavzular doirasida kichik hajmli matn asosida bayon yoza oladi.
A1+
matnlarning mazmunini to‘liq bayon qilib bera oladi.
|
| |