104-mavzu. Hakka bilan tulki. O‘zbek xalq ertagi (1 soat). Ramziy obrazlar orqali zukkolik, aqllilik, ayyorlik kabi sifatlar talqini.
Ertakni xulosalash. Nazorat ishi (1 soat). 105-mavzu. Mushuk va sichqon. Habib Po‘latov (1 soat). Mushuk va sichqonning suhbati va kelishuvi. Mushukni aldagan sichqon.
Aldangan mushukning sichqonni poylashi. Ertak mazmuniga doir maqol va tez
aytishlar. Ongli, tez va ifodali o‘qish.
A1+ Mavzu. Saboq. Hidoyat Olimova(1 soat). Valijonnng tushi. Undagi barcha kamchiliklarining bayoni. Valijonning o‘z
xatolarini tushunishi. Erinchoqlik yomon odat ekanligi. Ongli, tez va ifodali o‘qish.
Ertak mazmuniga doir maqol, topishmoq va tez aytishlar.
Mavzu. Maqtanchoq quyon. Ertak (1 soat) Quyonning maqtanchoqligi, yolg‘onchiligi va qo‘rqoqligi. Bunday salbiy
sifatlar yomon oqibatlarga olib kelishi maqtanchoq quyon misolida ko‘rsatiladi.
Ongli, ifodali o‘qish. Ertak mazmuniga doir maqol, topishmoq va tez aytishlar.
106-mavzu. Bo‘lim yuzasidan takrorlash (1 soat). “Ertaklar – yaxshilikka yetaklar” bo‘limi yuzasidan o‘quvchilar bilimini
tekshirish, takrorlash va umumlashtirish
107-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). X bo‘lim. TABIATNI ASRANG, AVAYLANG (7 soat, A1+: 4 soat ) 108-mavzu. Yomg‘ir. O‘roq Saidov (1 soat). Tabiat hodisasi – yomg‘ir va uning xosiyati. Yomg‘irning rizq-ro‘z
112
ulashuvchiligi. She’r mazmuniga doir tez aytish va topishmoqlar. She’rni ifodali va
ongli o‘qish.
109-mavzu. Zilol suv.G‘ani Abdullayev (1 soat). Asar qahramoni Tohirning otasi topshirig‘ini bajarishi. Anhorga tushgan
axlatlar. Toza suvning ifloslanishi. Ta’til davrida toqqa sayohat.