113
115-mavzu. Tabiatning ne’mati ko‘p (1 soat).
Ertak qahramoni Eshakning tabiatga sayohati. Bog‘ va poliz ne’matlari.
Eshakning chumchuq bilan tabiat ne’matlari haqidagi suhbati. Eshakning e’tirozi,
qilmishi va jazosi. Hikmat. Tabiatning ne’mati. Ertak
mazmuniga mos maqol va
topishmoqlar. Ongli, tez va ifodali o‘qish.
116-mavzu. Yozning ziynati. Aziz Abdurazzoq (1 soat).
Yoz faslida qushlar hayoti. Qaldirg‘och uyasi va polaponlari. She’r
mazmuniga doir maqol va topishmoqlar. She’rni ongli va ifodali o‘qish.
A1+
Mavzu. Kitob. Obid Rasul (1 soat).
Kitobni asrash,
uni toza saqlashning ahamiyati,
kitobning bilim manbai
ekanligi, kitob o‘qigan kishining umri yaxshi o‘tishi. She’rni ongli, ifodali, to‘g‘ri
o‘qish. She’r mazmuniga doir maqol, topishmoq va tez aytishlar.
Mavzu. Uchar poezd. Erkin Malik (1 soat).
O‘zbekistondagi
rivojlanish,
taraqqiyot,
yangiliklar, yangi temir yo‘llarning
ochilishi, Boysun - Qumqo‘rg‘on” yo‘nalishidagi
poezdda bobo va nabiraning
sayohati, undagi taassurotlar. Topishmoq va tez aytishlar. Matnni ongli,
tushunib,
tez va ifodali o‘qish.
117-118-mavzular. Qaldirg‘och bilan beshiktervatar. O‘tmish O‘sarov (2
soat).
Ertak qahramonlari – qaldirg‘och va beshiktervatarning tanishuvi. Do‘stlar.
Qaldirg‘ochning bolalariga hujumi. Qaldirg‘ochga yordam. Beshiktervatarning
jasorati. Ilonning jazosi. Haqiqiy do‘stlik. Ertak mazmuniga mos maqollar. Ongli,
tez va ifodali o‘qish.