115
bobolar jasorati, o‘simliklar, qushlar hamda hayvonlar haqidagi asarlar.
Sinfdan tashqari o‘qishning asosiy vazifasi bolalarni mustaqil amaliy
faoliyatga
o‘rgatish,
bilimini
boyitish
va
o‘qish
ko‘nikmalarini
takomillashtirishdir. O‘qituvchilarga sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘qishlari
zarur bo‘lgan kitoblar, ular bilan tanishish tartibi yuzasidan ko‘rsatmalar beriladi.
Maktab kutubxonasi bilan birgalikda kitob ko‘rgazmalari tashkil etiladi.
Kitobning muqovasi (tituli), betlarini farqlay olish. Kitobning nomini,
muallifi va rasmlari asosida mazmunini aniqlay olish. Kim yoki nima haqida
o‘qidingiz? Savoliga javob berish, mazmunini aniqlash. Qahramonlarning xatti-
harakatini, xulqini va ular boshidan kechirgan voqea-hodisalarni mustaqil baholay
olish.