|
A1+
Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish Pdf ko'rish
|
bet | 135/274 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 1,31 Mb. | | #107506 |
Bog'liq Boshlangich-sinf-DTSA1+
Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat)
Mavzu. Bizning O‘zbekistonimiz. Abdurahmon Akbar (1 soat).
O‘zbekiston ozod vatan ekanligini, uning bag‘ri kengligini, o‘ziga bek
bo‘lgan o‘zbeklarning diyori ekanligi. She’r mazmuniga doir maqol, topishmoq va
tez aytishlar. She’rni ongli va ifodali o‘qish.
6-mavzu. Til qudrati. Rivoyat (1 soat).
O‘z ona tilini sevishi. Uni qadrlashi. Avloddan-avlodga meros qoladigan
asosiy boylik – til. Rivoyat mazmuniga doir maqol, topishmoq va tez aytishlar.
Matnni ongli va ifodali o‘qish.
7-mavzu. Ona tilim. Tursunboy Adashboyev (1 soat).
Ona tilimiz buyuk Amir Temur, Mir Alisher Navoiy bobolarimizdan meros
bo‘lib qolganligi. Bobur Mirzo, Mashrab, Mirtemirni shoir qilgan ham o‘z ona tili
ekanligi. She’r mazmuniga doir maqol va tez aytishlar. She’rni ongli va ifodali
o‘qish.
8-mavzu. Tuhfa. Oygul Suyundiqova (1 soat).
Turli millatlar orasida o‘zbek gimnast qizining g‘olib bo‘lishi. Unga hamma
havas bilan qarashi hamda yurt sha’nini ko‘tarishi. She’r mazmuniga doir
maqollar. She’rni ongli va ifodali o‘qish.
Nazorat ishi (1 soat).
9-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).
A1+
Mavzu. Vatan iftixori. Asror Mo‘minov (2 soat).
Matnda Rustam Qosimjonovning yoshlikdan shaxmatga bo‘lgan qiziqishi.
Shaxmat to‘garagida shaxmat sirlarini o‘rganishi. 11 yoshida O‘zbekiston
chempioni bo‘lishi. Shaxmat to‘g‘risidagi kitoblarni o‘qish. Ongli va ifodali
o‘qish.
10-mavzu. Ona Vatan. Muhabbat Hamidova (1 soat).
Poytaxtimiz yo‘llari. Unda joylashgan binolar. Ishlab chiqarilayotgan
mashina rusumlari. “Ona Vatan” so‘zining ma’nosi. Matn mazmuniga doir maqol,
topishmoq va tez aytishlar. Ongli va ifodali o‘qish.
|
| |