57-mavzu. Chilla chiqib. Tursunboy Adashboyev (1 soat). Qish chillasi. O‘rmon hayvonlari va o‘simliklarining qish chillasi davridagi
hayoti. Qish fasli haqidagi topishmoq va tez aytishlar. She’rni ongli va ifodali
o‘qish. 58-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). 59-mavzu. Vatan – mehr qo‘rg‘oni. Iskandar Rahmon (1 soat). 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni. Vatan, vatanparvarlik va Vatanni
qo‘riqlash tushunchalari mazmuni. Vatan posboni – mard yigitlar ekanligi. Vatanni
asrash haqidagi maqol va tez aytishlar. She’rni ongli va ifodali o‘qish.
60-mavzu. Bo‘lim yuzasidan takrorlash (1 soat). “Kumush qish – misoli oqqush” bo‘limi yuzasidan o‘quvchilar bilimini
tekshirish, takrorlash va umumlashtirish. Topshiriqlarni bajarish va boshqotirmani
hal etish orqali o‘quvchilar bilimini mustahkamlash. A1+ Mavzu. Qor bosgan dala.Dilshod Rajab (1 soat). Tabiat hodisalari hayotiy voqealar bilan qiyoslanadi, qishda qor hamma
joyda bir tekis yog‘ib yerdagi baland-past joylarni yopgani kabi hayotda yarqirab
ko‘ringan ba’zi holatlar aldamchi bo‘lishi, ularga ergashish esa inson hayotini
yo‘ldan chiqarishi haqida ota-ona suhbati. Matnni to‘g‘ri, ifodali va tez o‘qish.
Mavzu. Eng qiziq o‘yin. Habib Po‘latov(1 soat). Inson
hayotida
yaxshilik
qilishning
ahamiyati,
hatto
zerikkanda
o‘ynaladigan o‘yinlar orqali ham kimlargadir yordam qilish, o‘yinning yaxshilikka
xizmat qilishi. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish.
VI bo‘lim. OTALAR SO‘ZI – AQLNING KO‘ZI (14 soat, A1+: 6 soat )
105
61-mavzu. Tilingni avayla – omondir boshing. Yusuf Xos Hojib (1 soat). Tilning inson boshiga keltiradigan yaxshiliklari va yomonliklari. Tilni
avaylash haqida donolarning nasihatlari. Mavzuga doir tez aytish va topishmoqlar.
Ongli, tez va ifodali o‘qish.