103
Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).
50-mavzu. Qorqiz. Anvar Obidjon (1 soat).
Qish faslida nishonlanadigan bayramlar. Yangi yil bayramining sevimli
qahramoni – Qorqiz haqida. Qish fasli haqidagi maqol, topishmoq va tez aytishlar.
Ongli, tez va ifodali o‘qish.
51-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).
52-mavzu. Ayrilganni ... Latif Mahmudov (1 soat).
Qish faslida daraxtlardagi o‘zgarishlar. O‘jar bargning qismati. Barg
ramzida o‘jarlikning va ko‘pchilikdan ajralishning oqibati. Hikoya mazmuniga
doir maqol, topishmoq va tez aytishlar. Hikoyani ongli, tez va ifodali o‘qish.
53-mavzu. Qor. Zafar Diyor (1 soat).
Tabiat hodisalari va qor. Qor yog‘ishining tabiatga va inson salomatligiga
ta’siri. Qish faslidagi bolalar o‘yinlari. Qish fasli haqidagi maqol va tez aytishlar.
She’rni ongli va ifodali o‘qish.
A1+
Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).
Mavzu. Qish ham chiroyli. Q. Muhammadiy (
1 soat).
Qishdagi go‘zal manzaralar, dala va daraxtlardagi o‘ziga xos go‘zallik.
O‘quvchilarning qishda qunoq o‘yinlari, uyda dars tayyorlashga berilishi. She’rni
ongli va ifodali o‘qish.
54-mavzu. Tog‘ malikasi. Zahro Hasanova (1 soat).
Qish faslida nishonlanadigan bayram – Yangi yil. Yangi yil bayramining
asosiy bezagi. Archa daraxti. “Tog‘ malikasi”. Archa bezatish va go‘zallikdan
zavqlanish. Archa haqidagi topishmoq va tez aytishlar. Ongli, tez va ifodali o‘qish.