138
turli yo‘nalishdagi (ertak,
sarguzasht, hikoya va san’atga doir)
kitoblarni
muntazam o‘qish va o‘rganish;
yaxshilik va yomonlikni bir-biridan farqlay olish va yaxshi fazilatlarga rioya
qilish;
o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri
tushunish, o‘zini
nazorat qilish va
xatolarini tuzatishga harakat qilish;
o‘qib-o‘rganib borish orqali bilimini oshirib borish.
A1+
milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlash va ularga amal qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
A1
badiiy adabiyotda
aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini,
umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasviridagi o‘ziga xosliklarni anglash;
yovuzlik va xunuklikdan nafratlana bilish;
yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish.
A1+
badiiy adabiyotda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalaridan
ta’sirlanish, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish.