A1+  Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/274
Sana29.11.2023
Hajmi1,31 Mb.
#107506
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   274
Bog'liq
Boshlangich-sinf-DTS

A1+ 
Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat) 
Mavzu. Do‘st do‘stga oyna ekan. Quddus Muhammadiy. (1 soat). 
She’rda do‘stlar bir-birini har bir ishda qo‘llab-quvvatlashi. Do‘stlik 
sharofati bilan maqsadiga yetishi haqida. Ongli va ifodali o‘qish mashqlari. 
 
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: 
Adabiy-nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon 
qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish): 
A1
rivoyat, hikoya, ertak, latifalar, maqol, topishmoq, tez aytish va she’riy 
matnlarni, ixcham audio va video materiallarini tinglab tushuna oladi; 
ularni tushunib ongli, to‘g‘ri, ifodali (bo‘g‘inlamay sidirg‘a) o‘qiy oladi; 
matnlarning mazmunini to‘liq yoki qisqartirib qayta aytib bera oladi; 
o‘rganilgan mavzular doirasida bayon va bolalar yozuvchilari, ularning 
asarlari nomini yoza oladi; 
o‘qish uchun kitoblar (badiiy asar namunalari)ni mustaqil tanlay oladi. 
A1+ 
darslikdagi rasm va illyustratsiyalarga qarab fikrini og‘zaki bayon qila oladi. 
 
Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi:


137
A1
o‘rganilgan asarlarning nomi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi va 
o‘qituvchi yordamida ularga baho bera oladi; 
o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi; 
matndagi so‘z va so‘z birikmalarining ma’nolarini hamda gaplarni tushuna 
oladi. 
A1+ 
asar qahramonlariga munosabat bildira oladi. 
 
SINFDAN TASHQARI O‘QISH 
(17 soat, A1+: 17 soat) 
Sinfdan tashqari o‘qish o‘quv dasturi bilan chambarchas bog‘liq. Shuning 
uchun o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy 
kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish talab etiladi. O‘quvchilarda 
kitobga havas uyg‘otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish, shaxsiy 
qiziqishlarini hisobga olish zarur. Bolalar ustida ishlash ularda kitobxonlik 
madaniyatini tarbiyalashining eng muhim omili hisoblanadi. 
Sinfdan tashqari o‘qish ikki haftada bir marta o‘tkaziladi va o‘qish uchun 
ajratilgan 17 soatdan foydalaniladi. Badiiy-adabiy asarlar mustaqil ravishda va 
izchil 
o‘qib 
borilsa, 
o‘quvchilarning 
dunyoqarashini 
kengaytirishga, 
shakllantirishga xizmat qiladi. Sinfdan tashqari o‘qish tanish bo‘lmagan 
muallifning kitoblari hamda muqovasi, titul varag‘i, kirish so‘z, mundarijasi va 
suratlariga qarab asarning taqvimiy mazmunini aniqlash vazifasini amalga 
oshirishga xizmat qiladi. 

Download 1,31 Mb.
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   274




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish