|
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi boshlangich ta`lim ona tili Pdf ko'rish
|
bet | 165/274 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 1,31 Mb. | | #107506 |
Bog'liq Boshlangich-sinf-DTSNazorat ishi (1 soat).
A1+
Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).
Mavzu. Qo‘lni qo‘lga beraylik. Miraziz A’zam (1 soat)
Mustaqillikning
ulug‘ligi.
Uni
birinchi
sentabrda
nishonlashimiz.
Mustaqillik buyuk davlat qurishga sababchi bo‘lishi. Ongli, ravon va ifodali
o‘qish.
Takrorlash (1 soat).
II bo‘lim. O‘ZBEKISTON – VATANIM MANIM
(9 soat, A1+: 4 soat)
5-mavzu. Serquyosh o‘lka she’ri. Zafar Diyor (1 soat).
She’rda O‘zbekistonning “bog‘u bo‘ston”, “serquyosh” sifatlari bilan
ulug‘lanishi. Yurtimizni “serquyosh o‘lka” deb nomlanishi. She’r mazmuniga doir
maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
6-7-mavzular. Xarita. Normurod Norqobil (2 soat).
Hikoyada vatanga bo‘lgan muhabbatning kichik qahramonlar chizgan shahar
va qishloqlar misolida ifodalanishi. Bolalarning tortishuvi. Ko‘hna yodgorliklar.
O‘zbekistonning chegaradosh davlatlari. Hikoya mazmuniga doir maqollar. Ongli
va ifodali o‘qish.
8-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).
A1+
Mavzu. Vatan haqida qo‘shiq. Aziz Abdurazzoq (1 soat).
Biz ko‘z ochib ko‘rgan yurt, kindik qonimiz to‘kilgan ona zaminning
muqaddasligi, ona kabi aziz va mukarramligi, uning qadriga yetish, avaylab-asrash
va kelajak avlodlarga yetkazish. Har bir insonning eng aziz insoniy burchi ekanligi
xususida tushuncha berish. Ongli va ifodali o‘qish.
Mavzu. O‘zbekistonim. Muhammad Yusuf (1 soat).
She’rda o‘zbek xalqi, bolaligi o‘tgan yer ekanligi. Uning oliy unvoni o‘zbek
farzandligi haqida. Ongli va ifodali o‘qish. She’r mazmuniga doir maqollar.
9-mavzu. Mardlik va aql yorug‘ligi. Miraziz A’zam (1 soat).
Ilmning ulug‘lanishi. Mardlikning inson hayotidagi o‘rni. She’r mazmuniga
doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
|
| |