141
17-mavzu. Salomlashish odobi. Husayn Voiz Koshifiy (1 soat).
Salomlashish odobi insoniylik fazilatlarning eng ulug‘i ekanligi.
Salomlashishning qonun-qoidalari. She’r mazmuniga doir maqol va tez aytishlar.
Ongli va ifodali o‘qish.
18-mavzu. Odamdan nima qoladi? Yusuf Xoj Xojib (1 soat).
Shoirning dono va bilimli kishilar to‘g‘risidagi fikri. Bilimsiz kishilarni
hayvonga o‘xshatilishi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
19-mavzu. Eng ulug‘ fazilat. Ertak (1 soat).
Ota va o‘g‘il o‘rtasidagi munosabat. Insoniylik fazilatlari.
Mehnat qilishga
da’vat. Kenja o‘g‘ilning ishi otaga ma’qul kelishi. Asar mazmuniga doir savol va
topshiriqlar. Ongli va ifodali o‘qish.
A1+
Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).
Mavzu. Donolar hikmatlari (1 soat).
Hikmatlarda ulug‘
allomalarimizning ilm, odob-axloq haqidagi fikrlarining
yoritilishi. Ongli va ifodali o‘qish . Hikmatlar mazmuniga doir maqollar.
20-mavzu. Har kim ekkanini o‘rar. M.Abdurashidxonov (1 soat).
O‘g‘ilning otaga bo‘lgan munosabati. Cholning
ularga qarata aytgan
hikmatli so‘zi. Bu dunyo qaytar dunyo ekanligini uqtirishi. Asar mazmuniga doir
savol-topshiriqlar. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
21-mavzu. Chaqimchiga “mukofot”. Ertak (1 soat).
Vafo
va sadoqat, xiyonat va chaqimchilik kabi insoniy munosabatlar
to‘g‘risida ma’lumot. Xiyonat qilishning gunoh ekanligi.
Chaqimchilik yomon
odat ekanligi. Savol-topshiriqlar. Ertak mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali
o‘qish.