179
o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi,
tegishli misollar
keltira oladi;
juft va toq sonlarni; sodda hollarda sonning bo‘luvchilarini va karralilarini
aniqlay oladi;
santimetr-millimetr munosabatidan foydalanib, kattaliklarni o‘qiy
oladi va
yoza oladi;
miqdorlar (uzunlik, yo‘l) orasidagi bog‘lanishlarni qo‘llab, kundalik hayot
bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni arifmetik usulda
yecha oladi;
A1+
bo‘yashlar, qoplash, qirqishlar, o‘qqa nisbatan
simmetriyaga doir sodda
geometrik masalalarni yecha oladi;
juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalarni yecha oladi.
Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi):
A1
arifmetik amallarni bajarish va kattaliklar bilan ishlashda o‘qituvchi
hamkorligida ijodiy fikrini ifodalay oladi;
boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi, matematik
faktlar va sodda mantiqiy
qonunlar asosida xulosa keltirib chiqara oladi;
kundalik holatlarda o‘rganilgan matematik tushunchalar va algoritmlarni
qo‘llay oladi;
olingan bilimlar asosida matematik ma’lumotlardan
xulosa keltirib chiqara
oladi.