71
ot va otning egalik va kelishik qo‘shimchalari
bilan turlanishini biladi, ot
yasovchi qo‘shimchalarni qo‘shib so‘zlar tuza oladi va ushbu so‘zlar yordamida
mazmunli gap (matn) lar yarata oladi, sifat va ularning otga bog‘lanishini, gapdagi
vazifasini, ma’no
turlarini,
-ser, be-, -siz, -li, -cha, -dor, -q sifat yasovchi
qo‘shimchalar ekanini,
yozilishini biladi, son va ularning yozuvda ifodalanishini,
sanoq va tartib sonlarni, ularning otga bog‘lanishini biladi,
men, sen, biz, siz,u, ular
olmoshlarini qo‘llab
mazmunli gaplar tuza oladi, ijodiy matnning mantiqiy
izchilligiga
rioya qilgan holda va xatboshi, imlo hamda husnixat qoidalariga amal
qilib yoza oladi, rasm asosida ijodiy matn yarata oladi, grammatik taxlil qila oladi,
tabriknoma, xat yoza oladi.
Lingvistik kompetensiya: o‘zbek tilida nutq tovushlarini to‘g‘ri qo‘llay
oladi, talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila
oladi, o‘zlashtirgan leksik birliklarni matnda qo‘llay oladi, mavzuga oid so‘zlarni
og‘zaki va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay
oladi.