Pedagogik mas’uliyat va moslashuvchanlik




Download 41.62 Kb.
bet4/5
Sana14.11.2022
Hajmi41.62 Kb.
#30296
1   2   3   4   5
Bog'liq
1tpJLTag3m8qXgYOw6PyHJEMJacHyBVZmykPp5f2
Mavzu Nerv sistemasining ahamiyati va gigiyenasi-fayllar.org, 0 8ShEKb1ETjJa7zOt, 74326879, 2-mustaqil ish (Innovatsiya)
4. Pedagogik mas’uliyat va moslashuvchanlik kompetentligi ko‘rsatkichlari:
– mas’uliyat va moslashuvchanlik haqida tushunchaga ega bo‘lishi;
– moslashuvchanlik jarayonini, o‘zgarishlarga moslashuvchanlikning modellari va tiplarini bilishi;
– shaxslararo munosabatlarda moslashuvchanlikning ahamiyati. O‘zgarishlarga moslashuvchanlik psixologiyasi. Ta’lim jarayonida yuz berayotgan turli o‘zgarishlarga va yangilanish jarayonlariga tez va oson moslasha olish ko‘nikmalarini bilishi;
– ta’limdagi yangi yondashuv va strategiyalarni qabul qila olish, ularni egallash va o‘z kasbiy amaliyotiga joriy eta olishi;
– pedagogik jamoa va uning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari. Pedagogik jamoalarda kuzatiladigan muammolar, jamoani muvaffaqiyatli boshqarishda xodimlarning o‘zaro munosabatlari. Pedagogik jamoada sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhit va uning asosiy indikatorlarini bilishi. Jamodagi psixologik holatni aniqlash uchun psixologik diagnostik treninglar o‘tkazish bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lishi.


5. Inklyuziv ta’limni joriy etish kompetentligi ko‘rsatkichlari:
– imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga jalb qilishga oid qonun hujjatlari mazmunini bilishi;
– imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni ta’lim olishlarida qo‘llab‑quvvatlashning turli strategiyalarini qo‘llay olishi;
– imkoniyati cheklangan bolalarga (IChB) ta’lim-tarbiya berishning psixologik jihatlari. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga jalb etishga qaratilgan tadbirlar. Ularni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
– tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan ishlash. Bunda yuzaga keladigan muammolar va ularni samarali hal etish usullarini bilishi.

6. Pedagogik mahorat, texnologiya va innovatsiyalar kompetentligi ko‘rsatkichlari:


– O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining mazmun-mohiyatini bilishi;
– O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” Qonunni, ta’lim-tarbiya sohasi oldida turgan dolzarb vazifalarni bilishi;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF6108-son Farmoni va “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son Qarori, 2021-yil 25-yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ4963-son Qarori, 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini
2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni va boshqa ta’lim sohasiga oid me’yoriy hujjatlar mazmunini bilishi;
– o‘quvchilarning jismoniy, ijtimoiy va intellektual rivojlanish qonuniyatlarini bilishi va ushbu qonuniyatlardan kelib chiqib o‘quvchilarning ta’lim olish sifatini oshirishga qaratilgan turli strategiya, texnologiya va metodlarini bilishi;
– o‘quvchilarning qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda ularning ta’limiy ehtiyojlarini qondirishda ta’lim berishning differensiallashgan yondashuvlari, ta’lim mazmuni va strategiyalarini bilishi;
– DTS, o‘quv dasturlari va baholash me’zonlarini inobatga olgan holda dars rejalarini tuzish va ularni amalga oshirishi;
– o‘quvchilarda kechadigan kognitiv jarayonlarni bilishi, o‘quvchilarda ijodiy fikrlash, muammolarni hal eta olish va bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan turli ta’lim yondashuvlari, strategiyalari, texnologiya va metodlarni bilishi va amaliyotda qo‘llay olishi;
– Sinfni boshqarish va o‘quvchilar o‘rtasida turli tadbirlarni tashkil etish, ota‑onalarni ta’lim jarayoniga jalb etishning turli strategiyalarini bilishi;
– Fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitishning joriy qilingan texnik-didaktik vositalarini bilishi;
– O‘quv xonalari, fan kabinetlari va laboratoriyalarining namunaviy jihozlanish normativlari. Tegishli jihoz, vosita va didaktik materiallardan foydalangan holda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilishni bilishi.



Download 41.62 Kb.
1   2   3   4   5




Download 41.62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Pedagogik mas’uliyat va moslashuvchanlik

Download 41.62 Kb.