|
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida yuksak mahoratli omilkor o‘qituvchini shakllantirish nechta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi?
|
bet | 67/73 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 0,8 Mb. | | #261298 |
Bog'liq “Umumiy pedagogika (Pedagogika nazariyasi, pedagogika tarixi, pe (1)300 Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida yuksak mahoratli omilkor o‘qituvchini shakllantirish nechta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi?
*Uchta, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bazaviy puxta tayyorgarlik (kasbiy va pedagogik-psixologik bilimlar); metodologik bilimlarni egallash madaniyati; pedagogik ijodkorlik va kreativlik.
Ikkita, metodologik bilimlarni egallash madaniyati; pedagogik ijodkorlik va kreativlik.
Uchta, o’z-o’zini boshqarishning yetukligi, metodologik bilimlarni egallash madaniyati; pedagogik ijodkorlik va kreativlik.
Ikkita, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bazaviy puxta tayyorgarlik (kasbiy va pedagogik-psixologik bilimlar); tanqidga ijobiy yondashish;.
301 Ta’lim jarayonida o‘qituvchining ijodiy kayfiyatini boshqarishga ta’rif bering.
*Ijodiy kayfiyat bu– o‘qituvchining ruhiy holatini bir maromda ushlab turuvchi, kasbiy jihatdan ijodkorligini ta’minlovchi, kasbiy xususiyatlarining o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatuvchi, o‘quvchilar jamoasiga tez kirishib ketishini ta’minlovchi vositadir.
Ijodiy kayfiyat bu- internet va axborot texnologiyalari asosida fanning eng so‘nggi yutuqlaridan xabardor bo‘lib borish; har tomonlama kamol topishini faollashtiruvchi vositadir;
Ijodiy kayfiyat bu- o‘quv tarbiyaviy faoliyatning barcha bosqichlarida ta’limning emotsionalligini ta’minlash; bilimini va qobiliyatini namoyish etishi; har bir darsni puxta loyihalashtiruvchi vositadir;
Ijodiy kayfiyat bu- o‘quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olgan holda, ular tomonidan bilimlarni puxta o‘zlashtirilishiga sharoit yaratuvchi vositadir.
302 O‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rishda qaysi talablardan foydalanib, o‘z imkoniyatlariga erishishadi?
*Ta’limiy; tarbiyaviy; rivojlantiruvchi;
Ta’limiy; maqsadli; rivojlantiruvchi;
Ta’limiy; ijtimoiy; rivojlantiruvchi;
Ta’limiy; individual; rivojlantiruvchi;
303 Mahoratli o’qituvchi ta’lim jarayonida darsning quyidagi turlariga amal qiladi.Bu……
*Aralash darslar;yangi materiallar bilan tanishish darslari; bilimlarni mustahkamlash va takrorlash darslari; o‘rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darslari; ko‘nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari; bilimlarni tekshirish darslari;
Yangi materiallar bilan tanishish darslari; nazorat qilish darslari; bilimlarni mustahkamlash va takrorlash darslari; o‘rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darslari; ko‘nikma va malakalarni o’stirish darslari;
Ko’nikmalarni hosil qilish darslari; yangi materiallar bilan tanishish darslari; bilimlarni mustahkamlash va takrorlash darslari; o‘rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darslari; aralash darslar, qo’shimcha belgilangan darslari;
O‘rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darslari ;ko‘nikma va malakalarni ishlab chiqish darslari; aralash darslar;yangi materiallar bilan tanishish darslari; bilimlarni mustahkamlash va takrorlash darslari;
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida yuksak mahoratli omilkor o‘qituvchini shakllantirish nechta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi?
|