• Pertseptiv qobiliyat
  • Tashkilotchilik qobiliyati
  • Avtoritar qobiliyat
  • Pedagogik xayol
  • Diqqatni tashkil qila bilish qobiliyati
  • Umumiy psixologiya




    Download 1,92 Mb.
    bet167/169
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,92 Mb.
    #242452
    1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   169
    Bog'liq
    Umumiy psixologiya

    Didaktik qobiliyat- o`qituvchining o`quvchilarga yangi bilimlarni, informatsiyalarni tushunarli qilib bayon qilishi

  • Akademik qobiliyat - o`qituvchining o`zi o`qitadigan predmetiga oid va unga bevosita kerak bo`lgan fanlarni bilishga bo`lgan qobiliyati (M.Matematik –geometriya, algebra, astranomiya, fizika)

  • Pertseptiv qobiliyat - o`qituvchining o`quvchilarga xos xususiyatlarni, ularning qiziqshlari va imkoniyatlarini bilgan xolda ularning qalbiga, ichki dunyosiga kirish qobiliyati.

  • Nutq qobiliyati –o`qituvchining o`quv materialini aniqi, ravon va tushunarli bayon qila bilish qobiliyati. Nutq yordamida va pantomimika vositasida uz xis-tuyg`ularini tushuntira bilish qobiliyatidir.

  • Tashkilotchilik qobiliyati – bu o`quvchilarning qiziqshlari, ideallari, yo`nalishlari dunyoqarashlarini xisobga olib, ta’lim- tarbiya ishlarini tashkil qilish, o`quvchilarni jipslashtirish, jamoani uyushtira olish, o`z shaxsiy ishini tashkil qila olish qobiliyatidir.

  • Avtoritar qobiliyat - o`quvchilarga bevosita emotsional-irodaviy ta’sir ko`rsatish, ular orasida, pedagogik jamoa o`rtasida obro` qozona olish qobiliyati bir.O`zining talabchanligi, samimiyligi, odilligi bilan jamoa orasida ajralib turish qobiliyatidir.

  • Kommunikativ qobiliyat - bu o`qituvchining o`quvchilar bilan to`g`ri munosabat o`rnata olishi, o`quvchilarga to`g`ri yondashish yo`lini topa bilishi, o`zaro samimiy munosabatlar o`rnata olish, ular bilan birga xamnafas bo`lish qobiliyatidir.

  • Pedagogik xayol – xam pedagogik qobiliyat tarkibiga kiradi. O`qituvchi o`zi ta’lim-tarbiya berayotgan o`quvchisini qanday xarakterli xususiyatga egaligiga qarab, uni kelgusida kim va qanday inson bo`lishini bila oladigan, unda qanday fazilatlar shakllanishi mumkinligi oldindan aytib bera oladigan qobiliyatdir.

  • Diqqatni tashkil qila bilish qobiliyati – bu – (Krutetskiyning «Ped.psixologiyaning asoslari» kitobida Straxov I.V buni – diqqatni taksimlash qobiliyati – deb ko`rsatadi) – o`qituvchini o`z va o`qituvchilar diqqatini tashkil qila bilish, o`quvchilarning turli xildagi diqqat turlari xolatlaridan foydalana olish, o`z diqqatini dars jarayonida taqsimlay olish va unda biror kerakli ob’ektni, o`quvchini diqqat e’tiboridan tushirib qoldirmaslik qobiliyatidir. O`qituvchi shu qobiliyatga ega bo`lgandagina, u ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli uyushtira oladi.

    Pedagogik qobiliyatlarni shakllantirish uchun:
    1) talaba yoki o`qituvchi tinmay o`z ustida ishlashi, mashq qilishi,
    2) izlanishi,
    3) ta’limning samarali metodlaridan foydalanishi,
    4) pedagogik faoliyatda xamma vaqt faol ishtirok etishi,
    5) o`qituvchilarning darslariga kirib, taxlil qilib, undan o`ziga tegishli xulosalar chiqarib olishi,
    6) faoliyat jarayonida paydo bo`ladigan qiyinchiliklarga bardosh berishi, to`siqlarni bartaraf qilishi,
    7) o`z oldiga qoygan oliy maqsadni qo`lga kiritishga doimo intilishi va yana, yana izlanishi,
    8)bolani o`z bolasi jigargushasi kabi sevishi lozim,
    9) kuzatuvchanlikni rivojlantirishi va x.k.
    III. O`quv faoliyati samaradorligini ta’minlashda o`qituvchilar bilan o`quvchilar orasidagi psixologo-pedagogik masalalar muhimdir.
    O`qituvchi bilan o`quvchi orasidagi o`zaro munosabat avvalo, o`qituvchining yoshlik va individual munosabatlarini xisobga olgan xolda bo`lishga asoslanishi lozim. Buning uchun boshlang`ich sinf o`quvchisi I-sinfga kelgan o`quvchilarni bog`cha davridagi xususiyatlarni bilishi, o`quvchiga sezdirmagan xolda undagi salbiy xususiyatlarni oldini olishi, samimiy munosabatlar asosida uning fikrlarini bilib olishi va unga ozor bermagan xolda ta’sir ko`rsatish talab qilinadi. Bu urinda o`qituvchining pedagogik odobi katta axamiyatga ega.
    Pedagogik odob nima?

    Download 1,92 Mb.
  • 1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   169




    Download 1,92 Mb.