• Yer po’stining tuzilishi va tarkibi.
  • Umumiy tabiiy geografiya




    Download 1,98 Mb.
    bet28/86
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,98 Mb.
    #241761
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   86
    Bog'liq
    Umumiy tabiiy geografiya

    Yerning tashqi qobiqlari.
    Ilgari aytganimizdek georafik qobiqda moddalar og’irligiga qarab qatlam-qatlam bo’lib joylashgan. Og’irroq moddalar quyi qatlamni, o’rtacha og’irliqdagi moddalar o’rta qatlamni va yengil moddalr yuqori qatlamni tashkil qilgan. Har bir qatlam yoki qobiq nisbatan bir xil molddalardan tuzilgan. Litosfera qattiq moddalardan, atmofera gazsimon moddalardan, gidrosfera suyuq moddalardan, biosfera esa tirik moddalardan iborat.
    Qattiq moddalardan, ya’ni tog’ jinslaridan tuzilgan litosfera quyida, o’rtacha zichlikka ega bo’lgan gidrosfera o’rtada, gazlardan iborat atmosfera yuqorida, tirik organizimlardan iborat biosfera esa ularning ichida joylashgan.
    Demak, Yerning ichki qobiqlari yadro, mantiya, tashqi qobiqlariga esa Yer po’sti, gidrosfera, atmosfera va biosferadan iborat.
    Litosfera.
    Litosfera (grekcha litos-tosh, sfera-qobiq) Yerning qattiq tosh qobig’idir. Mantiyani ustida joylashgan va uni yopinchiq sifatida har tomondan o’rab olgan. Uning qalinligi 50-200 km.
    Litosfera mantiyaning yuqori qismini va Yer po’stini o’z ichiga oladi. Litosfera yuqori mantiyadagi yumshoq, yopishqoq xamirga o’xshagan astenosfera qatlami ustida joylangan. Litosfera astenosfera qatlami ustida izostatik ravishda muvozanatlashgan, ya’ni litosfera bo’laklari og’irligi va zichligiga qarab Arximed qonuniga binoan joylashadi.
    Litosferaning quyi qismiga yuqori mantiya qatlamining bir qismi ham kiradi. Mazkur qatlam Yer po’stidan Moxo chegarasi bilan bo’lingan. Mazkur chegarada yuqorida aytilganidek moddalarning zichligi keskin o’zgaradi.

    Yer po’stining tuzilishi va tarkibi.
    Yer po’stining tuzilishi. Yer po’sti tuzilishiga ko’ra uch turga bo’linadi: materik, okean va oraliq.
    Materik Yer po’sti asosan quruqlikda tarqalgan va uchta qatlamdan iborat:
    - cho’kindi qatlam, qalinligi 10 km, cho’kindi jinslardan iborat;
    - granitli qatlam, qalinligi 10-15 km, zichligi yuqoridagi qatlamga nisbatan ancha yuqori;
    - bazalt qatlami, qalinligi 15-35 km.
    Materik Yer po’stining o’rtacha qalinligi 30-40 km., tog’li o’lkalarda esa 70-80 km o’rtacha zichligi 2,7 gg’sm3 .
    Okean Yer po’sti ikki qatlamdan iborat:
    -cho’kindi qatlam, qalinligi 2-5 km cho’kindi jinslardan iborat;
    -bazalt qatlami, qalinligi 5-10 km.
    Okean Yer po’stining umumiy qalinligi 6 km dan 15 km. gacha. O’tkinchi yoki oraliq yer po’stida materik va okean Yer po’sti xususiyatlari ham uchrab turadi. Bu yerda okean po’stini materik yer po’stiga aylanishi sodir bo’lib turadi.
    Yer po’stining tarkibi Yer po’sti ximiyaviy elementlardan, minerallardan va tog’ jinslaridan iborat. Yer po’sti tarkibida quyidagi ximiyaviy elementlar uchraydi: kislorod (47%), kremniy (29,5%), alyuminiy (8,05%), temir (4,65%) kalьsiy (2,96%), natriy (2 ,5%) kaliy (2,5%), magniy (1,87%), titan (0,45%) va boshqalari-0,52% Demak, Yer po’stida tarqalgan 9-ta asosiy element 99,48% ni tashkil qiladi.
    Ximiyaviy elementlar birlashmasiga mineral deb ataladi. Tog’ jinslari esa bir necha minerallarni tabiiy birikmasidir. Tog’ jinslari monomineralli va polimineralli bo’ladi. Monomineralli tog’ jinslari bitta mineraldan tashkil topadi, masalan, kvars, kvars mineralidan iborat. Polimineral tog’ jinslari bir necha minerallardan iborat. Masalan, granit quyidagi minerallardan tashkil topgan: kvars, ortoklaz, slyuda, dala shpati.
    Hosil bo’lish sharoitiga qarab tog’ jinslari uchta katta guruhga bo’linadi:

    1. Magmatik yoki otqindi tog’ jinslari, ular magmaning sovishi va qotishi natijasida hosil bo’ladi.

    2. CHo’kindi jinslar. Ilgari paydo bo’lgan har qanday tog’ jinslarni yemirilishi, maydalanishi va to’planishi va organizmlarni faoliyati ta’sirida paydo bo’ladi

    3. Metamorfik tog’ jinslari, katta chuqurlikda yuqori harorat va bosim ostida jinslarini o’zgarishi tufayli hosil bo’ladi.

    Magmatik tog’ jinslari. Magmatik tog’ jinslari yuqorida aytganimizdek magmaning sovishi va qotishi natijasida hosil bo’ladi. Magmaning sovish sharoitiga qarab magmatik tog’ jinslari quyidagi guruhlarga bo’linadi:
    - intruziv yoki chuqurda hosil bo’lgan magmatik tog’ jinslari. Magmaning chuqurda sekin-asta qotishi natijasida hosil bo’ladi. Intruziv tog’ jinslariga granit, gabbro va boshqalar kiradi;
    - effuzif magmatik tog’ jinslari. Magmani Yer yuzasida yoki Yer yuzasiga yaqin bo’lgan chuqurlikda qotishi va sovishi natijasida hosil bo’ladi Effuzif tog’ jinslariga bazalt, liparit, vulkan shishasi va boshqalar kiradi.
    CHo’kindi jinslar. CHo’kindi jinslar ilgari paydo bo’lgan jinslarning turli sharoitlarda yemirilishi, nurashi va to’planishi natijasida hosil bo’ladi. CHo’kindi tog’ jinslari kelib chiqishiga ko’ra to’rt guruhga bo’linadi:
    - chaqiq (klastik) jinslar, asosan tog’ jinslarini yemirilishi natijasida hosil bo’ladi;
    - kimyoviy tog’ jinslari, qorishmalardan cho’kindilarni cho’kishi va to’planishi natijasida hosil bo’ladi (tuzlar, gips va x.k) ;
    - organik (biogen) tog’ jinslari, o’simlik va hayvonlarning tanalarini o’lgandan keyin to’planishi va o’zgarishi natijasida hosil bo’ladi (marjonlar, ko’mir, bo’r, ohaktosh);
    CHaqiq yoki maydalangan (klastik) tog’ jinslari minerallar va tog’ jinslari bo’laklaridan iborat. Bo’laklarning o’lchamiga qarab yirik (>2mm), o’rta (2,0-0,05mm) va mayda (0,05-0,01mm) chaqiq jinslar ajratiladi.
    Yirik chaqiq jinslar (psefitlar-toshlar)ga diametri 2 mm dan bir necha metrgacha bo’lgan bo’laklar kiradi va ikki yirik guruhga bo’linadi:

    1. Silliqlanmagan chaqiq jinslar quyidagi qismlardan iborat:

    - Xarsang tosh, dimetri 100 mm dan ortiq:
    - mayda tosh, diametri 100-10 mm;
    - dresva, diametri 10-2mm.

    1. Silliqlangan chaqiq jinslar quyidagi qismlardan iborat:

    -g’o’la tosh, silliqlangan toshlar uyumi, diametri 100 mm. dan katta;
    - shag’al tosh, diametri 100-10 mm.
    Silliqlanmagan toshlarni bir-biriga yopishib qotib qolganini brekchiya deb ataladi. Silliqlangan toshlarni bir-biriga yopishib qotib qolgan konglamerat deb ataladi.
    O’rtacha qattaliqdagi chaqiq toshlarga qum va qumtoshlar kiradi, ularni psammitlar (psammos-qum) deb ham atashadi. Ularning quyidagi turlari ajratiladi: dag’al donali (1.2mm), yirik donali (0,5-1mm), o’rta donali (0,25-0,5mm) mayda donali (0,1-0,05mm), mayin donali (<0,1mm).
    Mayda yoki changisimon jinslar alevrolitlar (alevro-un, fransuzcha) deb ataladi. Ularga lyosslar, soz tuproqlar va gillar hamda qumoqlar kiradi. SHamol va suv ta’sirida hosil bo’ladi.
    Metamorfik tog’ jinslari. Magmatik va cho’kindi tog’ jinslarining yuqori harorat va bosim ta’sirida o’zgarishi natijasida hosil bo’ladi. Masalan, granit gneysga aylanadi, qumtoshlar kvarsitlarga aylanadi, ohaktosh marmarga aylanadi.
    Yer po’sti hajmining juda katta qismini magmatik va metamorfik jinslar tashkil qiladi (90%). Ammo geografik qobiq uchun yupqa cho’kindi qatlam katta axamiyatiga ega. CHunki cho’kindi jinslar bevosita havo va suv bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi va turli xil geografik jarayonlarda faol qatnashadi.
    CHo’kindi qatlamning o’rtacha qalinligi 2,2 km: ammo botiqlarda uning qalinligi 12 km. gacha ortadi, okean tubida esa 400-500 m. ni tashkil qiladi. Geografik qobiqda shimoliy yarim sharda keng tarqalgan lyoss va lyossimon jinslar juda muhim ahamiyati ega. Lyoss va lyossimon jinslar mamlakatimizning tog’ oldi tog’ oralig’idagi vodiylarda va tekisliklarda keng tarqalgan.



    Download 1,98 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   86




    Download 1,98 Mb.