|
Umumiy tabiiy geografiya
|
bet | 36/86 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #241761 |
Bog'liq Umumiy tabiiy geografiyaDaryolar
Atmosfera yog’inlari bilan to’yinadigan va o’zan deb ataluvchi chuqurlikda oqadigan tabiiy suv oqimiga daryo deb ataladi.
Daryolar, ariqlar, vaqtinchalik suv oqimlari, ko’llar, botqoqlar gidrografik to’rni tashkil qiladi.
Gidrografik to’rning juda katta qismini kichik daryolar tashkil qiladi. Daryo va uning irmoqlari daryo tizimini tashkil qiladi. Har bir daryo tizimida bosh daryo va irmoqlar ajratiladi. Bosh daryoga quyiladigan daryolar birinchi darajali irmoqlar deb ataladi, ularning irmoqlari ikkinchi darajali irmoqlar deb ataladi va x.k. Masalan, Sirdaryo tizimida bosh (asosiy) daryo bo’lib Sirdaryo hisoblanadi. CHirchiq birinchi darajali irmoq, Piskom, CHotqol, Ugom daryolari ikkinchi darajali irmoqlar, ularning irmoqlari esa uchinchi darajali irmoqlar hisoblanadi.
Daryoning suv yig’adigan maydoni uning havzasi deb ataladi. Ikki daryo havzasini ajratib turadigan chiziq suvayirg’ich chizig’i deb ataladi. Tog’li o’lkalarda suvayirg’ich chizig’i tog’ tizmasining qirrasidan o’tkaziladi.
Daryolarning quyidagi o’lchamlari mavjud:
-havzadagi barcha daryolar va ularning irmoqlarining uzunligining yig’indisini havza maydoniga nisbati daryo tizimining zichligi deb ataladi va quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
N =ΣLg’S
- daryoning boshlanadigan joyi daryoning manbai deb ataladi. Daryoning manbai sersuv bulishi va kam suv bulishi mumkin. Sersuv manbalariga ko’llar va muzliklar kiradi. Kamsuvli manbalar buloqlar, botqoqlar, yer osti suvlari va kichik-kichik ko’llar bo’lishi mumkin;
- daryo manbaidan so’ng daryo o’zani boshlanadi. O’zanda suv og’irlik kuchi ta’sirida xarakat qiladi va o’zanni yemirib o’ya boshlaydi. Daryo o’zanlari mustahkamligiga qarab quyidagi qismlarga bo’linadi; a) o’ta nomustahkam qirg’oqli tekislik daryolari (Xuanxe, Amudaryo, Po, Tarim); b) o’ta nomustahkam o’zanli tog’ daryolari. Ularda chuqurlatish eroziyasi juda kuchla kechadi; v) nisbatan mustahkam daryolar. Ularga tekislik daryolarining ancha qismi kiradi; g) qattiq kristall jinslar tarqalgan hududlardagi mustahkam daryolar.
- daryolarning boshqa daryolarga, okeanga yoki dengizga quyilish joyi uning mansabi deb ataladi. Daryoning quyilish joyida delьta hosil bo’ladi. Delьtada daryo olib kelgan jinslar va loyqalar yotqiziladi, shuning uchun daryoning quyilish joyi kengayib boraveradi. Suv ko’tarilganda daryo mansabida suv to’planib qoladi, pasayganda esa suv daryo mansabidagi yotqiziqlarni olib ketadi (Ob gubasi, La-Plata, Jirondi, Temza, Sena, Kongo). Mazkur daryolarning quyilish joyi estuariy deb ataladi.
- daryolarning manbai va mansabi orasidagi mutlaq balandliklar farqini uning uzunligiga nisbati uning nishabi deb ataladi.
- daryolarga suv kelishi ularning to’yinishi deb ataladi. Daryolar yomg’ir suvidan, qor va muzlarning erishidan hosil bo’lgan suvlardan va Yer osti suvlaridan to’yinishi mumkin. Agar bitta manba daryo suvining 50%ini bersa, mazkur daryoning to’yinishi aralash turga kiradi. Agar bitta manba daryo suvining 50%idan 80%ga yaqin suvini bersa, bunday tuyinish asosiy to’yinish manbai deb ataladi. Agar bitta manba daryo suvining 80%idan ortiq qismini bersa bunday to’yinish «faqat» turiga kiradi. Masalan, faqat yomg’irdan, faqat muzdan to’yinadigan daryolar.
M.I.Lьvovich (1964) geografik qobiqdagi daryolarni quyidagi turlarga ajratadi:
1) ekvatorial daryo turi. Yomg’irdan to’yinadi, yil bo’yi to’lib oqadi; 2) subekvatorial va tropik turdagi daryolar, yomg’irdan to’yinadi, oqim fasllar bo’yicha notekis taqsimlangan. Yomg’irli faslda daryo sathi keskin ko’tariladi, quruq faslda sayozlashib, ba’zilari qurib qoladi. SHari daryosida yomg’irli faslda (oktyabrь-noyabrь) suv sathi 35-40 m.ga ko’tariladi, Darling daryosi esa qurib qoladi; 3) subtropik O’rta dengiz turi. Yomg’irdan to’yinadi, qishda sersuv bo’ladi; 4) subtropik musson turi. Yomg’irdan to’yinadi, yozda sersuv bo’ladi (Xuanxe); 5) mo’’tadil dengiz yoki g’arbiy Yevropa turi. Yomg’irdan to’yinadi, oqim yil bo’yi bir tekisda taqsimlangan; 6) mo’tadil quruq tur, yomg’irdan va yer osti suvlaridan to’yinadi; 7) mo’’tadil chala cho’l turi. Qordan to’yinadi, yozda yer osti suvlaridan to’yinadi; 8) mo’tadil musson yoki Uzoq sharq turi, yomg’irdan, bahorda qordan to’yinadi; 9) qutbyoni va ko’p yillik muzloq yoki sharqiy Sibirь turi, qordan to’yinadi; 10) qutbiy tur, qor va muzdan to’yinadi; 11) ko’l turi (Neva, Svir, Avliyo Lavrentiya, Makkenzi, Angara) oqim me’yorga solingan; 12) tog’ daryolari turi, aralash to’yinishga mansub.
Ko’llar
Quruqlikdagi suv bilan to’lgan tabiiy botiqlar ko’llar deb ataladi. Yer yuzasidagi hamma ko’llarning maydoni quruqlik maydonini taxminan 1,8%ini tashkil qiladi. Ko’llar uchta tarkibiy qismdan iborat: botiq; suv qatlami; o’simlik va xayvonot dunyosi.
Ko’l botiqlari kelib chiqishiga ko’ra quyidagi qismlarga bo’linadi:
Tektonik ko’llar. Ular o’z navbatida quyidagi turlarga bo’linadi:
-uzilmalarda joylashgan ko’llar. Uzilmalarda Yer yuzasidagi eng chuqur ko’llar joylashgan: Baykal, Buyuk Afrika yoriqlaridagi ko’llar, SHvesiya va Finlyandiyaning yirik ko’llari. Ulardan Baykal va Tanganika kriptodepressiyada joylashgan, ya’ni ularning sathi okean sathidan yuqorida, tubi esa okean sathidan pastda joylashgan;
-botiklarda (mulьdasimon) joylashgan ko’llar: CHad, Eyr va x.k.
-marakkab ko’llar (Kaspiy, Viktoriya, Titikaka); Vulkanik ko’llar (Yava, Yangi-Zellandiya, Kanar orollaridagi ko’llar); Muz hosil qilgan botiqlarda joylashgan ko’llar; To’g’on ko’llar (Sarez ko’li); Lavali – to’g’onli ko’llar (Sevan, Tana, Sixotialin tog’idagi ko’llar); Vodiy ko’llari (daryo vodiylarida joylashgan ko’llar); Karst ko’llari; Suffozion ko’llar; Sun’iy ko’llar (suv omborlari).
Ko’llar oqar va oqmas ko’llarga bo’linadi.
|
| |