-rasm. Atmosferaning tuzilishi




Download 1,98 Mb.
bet39/86
Sana18.05.2024
Hajmi1,98 Mb.
#241761
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   86
Bog'liq
Umumiy tabiiy geografiya

1 -rasm. Atmosferaning tuzilishi.

Troposferada havoning xarakati natijasida turli tezlikda esadigan shamollar vujudga keladi. Troposferada bulutlar hosil bo’lib, yog’inlar yog’adi.


Troposfera issiqlikni Yer yuzasidan oladi. Tirik mavjudotlar, nurash jarayoni, yotqiziqlarning hosil bo’lishi va boshqa jarayonlar atmosferaning gaz tarkibini tashkil qiladi. Ob-havo va iqlimni vujudga keltiradigan barcha jarayonlar shu yerda sodir bo’ladi.
Atmosferaning Yer yuzasiga yaqin qismida ekvatorda harorat o’rtacha 260S, shimoliy qutbda esa – 230S ni tashkil qiladi. Yuqoriga ko’tarilgan sari havoning adiabatik sovishi natijasida xarorat har 100 m balandlikda 0,60S dan (har bir kilometr balandlikda 60S dan) pasaya boradi va troposferaning yuqorigi chegarasida ekvator ustida –700S gacha, shimoliy qutb ustida –450 dan –650 S gacha pasayadi. Havoning qutblarga nisbatan ekvator tepasida ko’proq sovib ketishi bu yerda havoni baland ko’tarilishi sabab bo’ladi. Tropopuaza troposfera bilan stratosfera oralig’ida joylashgan. Qalinligi 1 km atrofida. Havoning konvektiv oqimlari tropopuazadan yuqoriga ko’tarilmaydi. Tropopuaza mo’’tadil mintaqada 8 km. balandlikdan o’tadi, ekvator ustida esa 16 – 18 km yuqorida joylashadi. Uning balandligi fasllar bo’yicha o’zgarib turadi. Yozda qishdagidan balandroq, siklonlarda pastroq, antisiklonlarda balandroq bo’ladi. Tropopuaza bir xil havo massalari ustida aniq namoyon bo’ladi. Havo frontlari ustida esa bir tomonga oqqan va bo’lingan bo’ladi.
Stratosfera Yer yuzasidan ko’tarilgan konvektiv havo oqimi yeta olmaydigan balandliklardan boshlanadi. Stratosfera 40 – 60 km. gacha ko’tariladi. Mazkur qatlamda havo xususiyatlarining sifat jihatidan sekin o’zgarishiga Yer yuzasi ta’sirining birdaniga kamayishi sabab bo’ladi. Stratosferada atmosferaning 20% massasi tuplangan. Ushbu qatlamda havoning zichligi va bosimi juda kam. SHuning uchun bu yerda faqat binafsha rangli nurlar tarqaladi, shu sababli osmon binafsha rangda bo’ladi. Stratosfera ham troposferadagi gazlardan iborat, ammo bu yerda ozonning ulushi ko’proq, ammo miqdori kam. Stratosferada ozon 15 – 30 km balandliklar oralig’ida tarqalgan. Ozonning miqdori kam bo’lishiga qaramay, u troposfera xususiyatlarining shakllanishida va Yer yuzasidagi xayotda juda muhim axamiyatga ega. CHunki ozon qatlami tirik organizmlar uchun xavfli bo’lgan qisqa to’lqinli ulьtrabinafsha nurlarini yutib oladi. Stratosferada 20 km. balandlikkacha xarorat o’zgarmaydi. Bu qatlam quyi qatlam deyiladi. Mazkur qatlam ozon pardasi joylashgan balandlikkacha davom etadi. Yuqori qatlamda havo xarorati doimo ortib boradi. Buning asosiy sababi ozon qatlamining qisqa to’lqinli radiatsiyani yutishi natijasida qizib ketishidir. Mazkur qatlam yuqori stratosfera deb ataladi. Stratosferani ozonosfera ham deb atashadi. Troposfera bilan stratosfera o’rtasida gaz almashinib turadi, natijada stratosferada suv bug’lari bo’ladi va ozon pardasidan pastda, sovuq qatlamda rang – barang tusda tovlanuvchi sadafrang bulutlar vujudga keladi.
Mezosfera stratosferaning yuqori qismidan, 50 km. balandlikdan boshlanadi va 80 km. balandlikkacha davom etadi. harorat yana pasayib boradi va yuqori qismida – 900S gacha pasayadi. Bu joyda kumushsimon bulutlar hosil bo’ladi. Havoning zichligi juda ham kam, Yer yuzasidagi zichlikdan 200 bravar kam.
Ionosfera yoki termosfera 800 – 1000 km. balandlikkacha cho’zilgan. Atmosferaning juda yirik va murakkab qatlami. Yer tabiatida muhim o’rin tutadi va muhim ahamiyatga ega. Azot va kislorod gazlari ionlashgan holatda bo’ladi. Quyoshning ulьtrabinafsha va elektr radiatsiyasi ta’sirida bu gazlarning molekula va atom tuzilishi buziladi. Atomlarning elektron qobiqlaridan ayrim elektronlar ajralib chiqadi. Ushbu joydagi fazoda butun atomlar ham, bir qism elektronini yo’qotgan atomlar ham va alohida elektronlar ham mavjud. Moddalarning bunday holati o’ta gazsimon, ya’ni plazma holati deb ataladi. Bitta elektroni ajralib chiqqan atom musbat zaryadga ega bo’lib qoladi. Ajralib chiqqan elektron esa manfiy zaryadga ega bo’ladi. Bu elektron neytral atom bilan qo’shilib, uni xam manfiy zaryadlashi mumkin. SHunday qilib, ionosferada zaryadlangan zarrachalar qatlamlari hosil bo’ladi. Zaryadlangan eng zich qatlam Yer yuzasidan 200 – 400 km. gacha balandlikda joylashgan. Bu ionlashishning asosiy maksimum qatlamidir. Ionosferada xavo zichligi kam bo’lganligidan Quyosh nurlari tarqalmaydi va osmon qora rangda ko’rinadi unda yulduz hamda sayyoralar miltirab turadi. Ushbu joyda kuchli elektr toki oqimlari mavjud bo’lib, ular Yer magnit maydonining o’zgarishiga sabab bo’ladi va qutb yog’dusi vujudga keladi. Ionosfera Quyoshning rentgen nurlarini yutib qoladi va shu bilan Yer yuzidagi hayotni uning zararli ta’siridan saqlaydi, 160 km.dan 60 km. gacha balandlikda meteor jismlar yonib ketadi. Ionosferaning 80 km.dan 300 km.gacha balandlikda bo’lgan quyi qismi termosfera deb ataladi. Termosferada yuqoriga ko’tarilgan sari xarorat osha boradi. 150 km. balandlikda havo xarorati 2200S, 600 km. balandlikda 15000S gacha ortadi.
Ekzosfera 900 – 1000 km. dan balandlikda joylashgan. Uni faqat raketalar yordamida o’rganish mumkin. Bunday balandlikda atmosferadagi gazlarning xarkati kritik tezlikka – 11,2 kmg’sek.ga yaqinlashadi va ayrim zarrachalar Yerning tortish kuchini yengib chiqib ketishi mumkin. Olam fazosiga ayniqsa vodorod atomlari chiqib turadi. Bu gaz ekzosferada ko’pchilikni tashkil etsa kerak. Ekzosferaning yuqori chegarasi 3000 km.
Er tortishini yengib chiqqan vodorod atomlari Yer atrofida toj hosil qiladi. Yer toji 20000 km gacha tarqaladi. Unda gazlar zichligi juda kam bo’lsa ham, lekin sayyoralar oralig’idagi fazodagidan 10 baravar kattadir.
Atmosferada iqlim hosil qiluvchi uchta asosiy jarayon ro’y beradi: a) Quyosh radiatsiyasi; b) atmosfera xarakati; v) nam aylanishi.



Download 1,98 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   86




Download 1,98 Mb.