|
Umumiy tabiiy geografiya
|
bet | 37/86 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #241761 |
Bog'liq Umumiy tabiiy geografiyaBotqoqlar
Yer yuzasining namgarchilik ortiqcha bo’lgan va torf qatlamlari mavjud joylar. Torfning qalinligi 0,3 m. kam bo’lmasligi kerak. Agar torf qatlami yupqa bo’lsa botqoq emas, botqoqlashgan joylar hosil bo’ladi. Botqoqlar o’rmonning kesilib ketgan yoki kuyib ketgan joylarida va o’tloqlarni uzoq muddat suv bosishi, shuningdek, sayoz suv havzalarini o’simlik qoplashi natijasida hosil bo’ladi. Botqoqlarning ko’p qismi shimoliy yarim sharda mo’’tadil va subarktika mintaqasida keng tarqalgan. O’rta Osiyoda botqoqlar yirik daryolar (Amudaryo, Sirdaryo, CHu va Ili daryolari) vodiysida, yoyilmalarning tevarak atroflarida va pastqam joylarda uchraydi. Botqoqlar kelib chiqishiga ko’ra uch turga bo’linadi: pastqam, yuqori, aralash.
Pastqam (evtrof – grekcha ev – yaxshi, trophe – to’yinish) botqoqlar, yer osti suvlari bilan to’yinadi. Yer osti suvlari tuzlarga boy bo’ladi. Yassi yuzaga ega va o’simliklarga boy. Mazkur botqoqlar suv ayirg’ichlarda, terrasalarda va daryo kayirlarida rivojlanadi. Ular o’tli, o’rmonli (qayin va olxali) botqoqlardir.
Yuqori botqoqlar (oligotrof botqoqlar). Asosan atmosfera yog’inlari bilan to’yinadigan botqoqlar. O’simlik qoldiqlari juda ko’p bo’ladi. Ko’pincha qabariq shaklga ega. CHunki mazkur botqoqlarni tashkil qiladigan sfagnli moxlar botqoqning suvlarini minerallashish darajasi past bo’lgan markazida tez o’sadi. Sfagn moxlaridan tashqari yuqori botqoqlarda pushina, bagulьnik, kassandra va klyukva ham o’sadi. Mazkur botqoqlarda balandliklar pastqamlar bilan almashib turadi.
Oraliq botqoqlar (mezotrof botqoqlar). Ular yuqori va pastqam botqoqlar oralig’ida bo’ladi. Mazkur botqoqlar ham yer osti ham atmosfera suvlari hisobiga vujudga keladi. Baland joylarda o’sadigan o’tlar asosan atmosfera yog’inlari hisobiga rivojlanadi, bu yerlarda yuqori botqoqlarga xos o’simliklar rivojlanadi. Pastqam joylarda esa quyi botqoqlarga xos o’simliklar o’sadi.
Kriosfera.
Kriosfera yaxlit tarqalmagan qobiq bo’lib, u atmosfera, gidrosfera va litosferaning o’zaro termik ta’sir zonasida joylashgan. Unga doimiy manfiy harorat xos.
Kriosferaga fasliy va ko’p yillik qor qoplamlari, fasliy va ko’p yillik muzloqlar, tog’ muzliklari va muz qoplamlari hamda yoriqlardagi va yer ostidagi muzlar kiradi.
Er po’stining manfiy haroratga ega bo’lgan va yer osti muzlari va tuproqlarni fasliy muzlaydigan joylari mavjud yuqori qismi kriolitozona deb ataladi. Doimiy qor qoplamining umumiy maydoni shimoliy yarim sharida 2 mln.km2, janubiy yarim sharda 14 mln.km2. doimiy muzlar va tog’lardagi muzlar maydoni 14 mln.km2. demak qor qoplamining umumiy maydoni 30 mln.km2 atrofida ya’ni yer yuzasining 6% i qor bilan qoplangan.
Vaqtinchalik qor qoplamining maydoni shimoliy yarim sharda 59 mln.km2, janubiy yarim sharda 2 mln.km2, vaqtincha dengiz muzlari yuzasida 24 mln.km2.
Doimiy va vaqtincha muz qoplamining umumiy maydoni 113 mln.km2, ya’ni yer yuzasining 22% ni tashkil qiladi. Doimiy va vaqtincha qor qoplami chegarasidan qor chizig’i o’tadi. Qor chizig’i chegarasida yoqqan qor miqdori erigan qor miqdoriga teng. Qor chizig’idan yuqorida qor to’plana boradi. CHunki bu yerda yoqqan qor miqdori erigan qor miqdoridan ko’p. Qor chizig’idan pastda qor to’planmaydi, chunki harorat yuqori bo’lganligi sababli yoqqan qorni xammasi erib ketadi.
Muzlar va muz qoplamlarining umumiy maydoni 16 mln.km2. Ularda 24 mln.km2 chuchuk suv to’plangan, ya’ni ular chuchuk suv zahirasini 69%ni tashkil qiladi. Muzlarning 87%i Antarktidada joylashgan. Agar Antarktida muzlari eritilsa, quruqlikning 20 mln.km2 maydoni suv ostida qolgan bo’lar edi.
Ko’p yillik muzloqlar va yer osti muzlari Yer po’stining manfiy haroratga ega bo’lgan qismlaridir. Manfiy haroratda suv doimo qattiq holatda bo’ladi. Ko’p yillik muzloq yerlar maydoni 21 mln.km2ni tashkil qiladi, ya’ni quruqlik maydonining 14%ini tashkil qiladi. Ko’p yillik muzloqlarning katta qismi shimoliy yarim sharda joylashgan. Janubiy yarim sharda ko’p yillik muzloqlar maydoni 1 mln.km2. muz qoplami ostida esa ko’p yillik muzlar uchramaydi.
|
| |