MAVZU: GIDROSFERA
Reja:
Gidrosferaning tuzilishi.
Dunyo okeani.
Dunyo okeani suvlarining fizik, ximik xususiyatlari.
Quruqlikdagi suvlar: yer osti suvlari, daryolar, ko’llar, botqoqliklar, Kriosfera
Gidrosfera Yer po’sti va atmosferaning o’rtasida joylashgan. Gidrosfera okean va quruqlik suvlaridan iborat. Gidrosfera suvlarining asosiy qismi okeanlar suviga to’g’ri keladi. Boshqa suv ob’ektlaridan Yer osti suvlari va muzliklar ajralib turadi. Ular chuchuk suvlarning asosiy manbaidir. Yer po’stining g’ovaklarida va muzliklarda suv resurslarining eng muhim qismi bo’lgan chuchuk suvlarning asosiy qismi joylashgan.
Demak, gidrosfera okean va quruqlik suvlaridan iborat ekan. Okean suvlari Tinch, Atlantika, Hind va SHimoliy Muz okeani suvlaridan iborat. Quruqlik suvlari o’z navbatida yer usti va yer osti suvlariga bo’linadi. Yer usti suvlari daryo, ko’l, botqoq va muzliklar suvlaridan, yer osti suvlari esa suyuq va muzloq suvlardan tashkil topgan. Ko’p yillik muzloq yerlar asosan Yevrosiyo va SHimoliy Amerikaning shimoliy qismlarida tarqalgan. Muzlar esa Antarktida va Grenlandiyada hamda baland tog’larda tarqalgan.
Gidrosfera Yer yuzasini yoppasiga to’xtovsiz qoplamasa ham, uning 70,8% ni tashkil qiladi (510,1 mln. km2 dan 361 mln. km2). Suv qanday bo’lishidan qat’iy nazar asosiy landshaft hosil qiluvchi omildir. Suv geografik qobiqdagi hamma jismlar tarkibida u
Gidrosferaning tuzilishi.
Jahonda suvlarning zahirasi turlicha. Juda katta maydonga va hajmga okean suvlar ega (3-jadval).
Jahon suv zahirasi
(K.I.Gerenchuk, V.L.Bokov, I.G.CHervanov, 1984y)
3-jadval
|
Suv turlari
|
Maydoni mln. km2
|
Hajmi ming km3
|
Jahon zaxirasidagi ulushi
|
Umumiy zaxiradan
|
CHuchuk suv zaxirasidan
|
1.
|
Dunyo okeani
|
361,3
|
1388000
|
96,5
|
-
|
2.
|
Yer osti suvlari
|
134,8
|
23400
|
1,7
|
|
3.
|
CHuchuk suvlar
|
|
10530
|
0,76
|
30,1
|
4.
|
Tuproqdagi nam
|
82,0
|
16,5
|
0,001
|
0,05
|
5.
|
Muzliklar va doimiy qorlar
|
16,2
|
24064
|
1,74
|
68,7
|
6.
|
Er osti muzlari
|
21,0
|
300
|
0,022
|
0,86
|
7.
|
Ko’l suvlari
|
|
|
|
|
|
chuchuk ko’l suvlari
|
1,24
|
91,0
|
0,007
|
0,26
|
|
sho’r ko’l suvlari
|
0,82
|
85,4
|
0,006
|
-
|
8.
|
Botqoq suvlari
|
2,68
|
11,5
|
0,0008
|
0,03
|
9.
|
Daryo suvlari
|
148,8
|
2,1
|
0,0002
|
0,006
|
10
|
Atmosferadagi suv
|
510,0
|
12,9
|
0,001
|
0,04
|
11
|
Organizmdagi suvlar
|
|
1,1
|
0,0001
|
0,003
|
12
|
Suvning umumiy zahirarasi
|
|
1385984,6
|
100,0
|
|
13
|
CHuchuk suv zahirasi
|
|
35029,2
|
2,53
|
100
|
CHuchuk suvlarning umumiy hajmi jahon suv zahirasining 2,53%ini tashkil qilar ekan. Qolgan suvlar esa ichishga yaroqsiz bo’lgan sho’r suvlardir.
Ko’p olimlar gidrosferaga atmosferadagi va organizmdagi suvlarni ham qo’shishadi, ammo ularning miqdori juda ham kichikdir. Masalan, atmosferadagi suvlar jahon suv zahirasining 0,001% ini, chuchuk suvlarning esa 0,04% ini tashkil qiladi (3-jadval).
Suv–Yer sharida eng ko’p tarqalgan mineral. U vodorod bilan kislorodning eng oddiy (N2O) birikmasi bo’lib, o’ziga xos xususiyatlarga ega. Suv molekulalari tez harakat qilganligi sababli muz O0Sda eriydi, suv esa 1000da qaynaydi. SHu sababli u geografik qobiqda uch holatda –suyuq, qattiq va bug’ holida uchrab, bir holatdan ikkinchi holatga oson o’tib turadi. Bu esa suvning turli holatda va juda keng tarqalishiga hamda boshqa tabiat birliklari bilan xilma –xil o’zaro aloqada bo’lishiga imkon beradi.
Suv tabiatdagi haqiqiy harakatchan jismlar qatoriga kiradi. U og’irlik kuchi ta’siriga qaramay, turli yo’nalishda harakat qiladi. Osmotik bosim tufayli suv va unda erigan moddalar hatto organik to’siqlardan ham o’tadi. Suv bug’i mantiyadan Yer po’stiga o’tadi va uning yuzasiga chiqadi. Suvning ko’p qismi Yer yuzasi va po’stida to’planib, gidrosferani tashkil qiladi. Suv troposferaning hamma qismida uchraydi. Suv o’ta harakatchan bo’lganligidan modda va energiya tashuvchi qudratli vositadir. Suv Yer po’stida juda ko’p moddalarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirib yuradi.
Suvning zichligi haroratga bog’liq ravishda o’zgaradi. Barcha jismlar suyuq holatdan qattiq holatga o’tganda zichlashadi, muz esa suvdan yengil. Muzning tetraedrik tuzilishi boshqa jismlarga qaraganda g’ovak, bu esa yonma-yon joylashgan vodorod molekulalarining o’zaro bo’sh bog’langanligi sabablidir. Muz yengilligi sababli suv havzalari yuzasida cho’kmay turadi va issiqlikni yomon o’tkazishi tufayli pastki qismlaridagi suvlarni muzlashiga yo’l qo’ymaydi va organizmlarni kirilib ketishidan saqlaydi. Suv +40Sda eng zich bo’ladi. SHu sababli suv havzalarining chuqur qismida harorati +40S ga teng bo’lgan zich suv to’planib qoladi. Bu esa gidrosfera hayotida juda muhim rol o’ynaydi. Baland tog’larda va qutbiy o’lkalarda qor va muz qoplami tuproqning muzlashiga yo’l qo’ymaydi va mavjudotlarni muzlab qolishdan saqlaydi. Suvning erituvchanlik xossasi geografik qobiqdagi moddalar almashinuvi, ya’ni hayotni mavjudligini ta’minlaydi.
|