• Yer osti suvlari
  • Umumiy tabiiy geografiya




    Download 1,98 Mb.
    bet35/86
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,98 Mb.
    #241761
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   86
    Bog'liq
    Umumiy tabiiy geografiya

    Quruqlik suvlari
    Quruqlik suvlari asosan atmosfera yog’inlari tufayli hosil bo’ladi. Atmosfera yog’inlari Yer yuzasiga tushib quyidagi tarkibiy qismlarga bo’linadi:
    - Yer yuzasi bo’ylab oqib daryolarni, ko’llarni va botqoqlarni hosil qiladi;
    - Yer ga shimilib yer osti suvlarini hosil qiladi;
    -tog’larda va qutbiy o’lkalarda tog’ va qoplama muzliklarga aylanadi;
    - Yer yuzasidan, suv quruqlikdagi suv havzalari yuzasidan va o’simliklar bargidan bug’lanadi.
    SHuning uchun quruqlik suvlari quyidagi qismlarga bo’linadi: yer osti suvlari (suyuq va qattiq), yer usti suvlari (daryolar, ko’llar, botqoqlar, muzliklar).


    Yer osti suvlari
    Yer po’stidagi suvlarga yer osti suvlari deb ataladi. Yer osti suvlari tog’ jinslari tarkibida va g’ovaklarda suyuq, gaz va qattiq holda uchraydi.
    Yer po’stining yuqori qismida joylashgan cho’kindi tog’ jinslari tarkibida hamma joyda yoppasiga yer osti suvlari mavjud. Bu yerda uchta qatlam ajraladi:
    - yuqori qatlam; bu yerda asosan chuchuk suvlar mavjud, ular atmosfera yog’inlari hisobiga hosil bo’lgan. Suv almashinishi tez suratlarda sodir bo’ladi. Mazkur suvlar asosan ichimlik va xo’jalik maqsadlarida foydalaniladi;
    -o’rta qatlam; qadimgi suvlardan iborat. Ular asta-sekin yoshroq (yangi) suvlar tomonilan siqib chiqariladi. Ular mineral suvlar hisoblanadi, shuning uchun ular davolash maqsadlarida ishlatiladi. Suv almashinishi sekin kechadi;
    - quyi qatlam; juda qadimgi suvlardan iborat, suv almashinishi juda sekin ro’y beradi, minerallashish darajasi juda yuqori, shuning uchun ularni qorishmalar deb xam atashadi. Mazkur suvlar turli xil tuzlar, brom, yod va boshqa elementlarni ajratib olishda foydalaniladi.
    Litosferada suv ikki qarama-qarshi yo’nalishda harakat kiladi:
    a) mantiyadan Yer yuzasiga; b) Yer yuzasidan Yerning ichki qismi tomon.
    Tog’ jinslarining suvga to’yinganlik darajasi ularning g’ovakligi va darzsimonligiga bog’liq. Qoyali tog’ jinslarining g’ovaklik darajasi juda kam (0,5 – 0,86%), cho’kindi jinslariniki esa juda yuqori ( 14 – 80%).
    Suv bilan bo’lgan o’zaro ta’siriga qarab tog’ jinslari uch yirik guruhga bo’linadi:
    A. Suv o’tkazadigan tog jinslari: ular o’z navbatida yana ikki guruhga bo’linadi: 1) suvni shimmaydigan: a) yirik donali qumlar va shag’al toshlar; b) darzsimon ohaktoshlar.
    2) suv shimadigan: a) bœr, trof, loyqa, lyoss
    B. Suv o’tkazmaydigan tog’ jinslari yoki suv to’siqlari:

    1. suv shimmaydigan tog’ jinslari (kristall, darzsiz, qattiq tog’ jinslari);

    2. suv shimadigan tog’ jinslari (gil, mergel, alevrolit).

    V. Eriydigan tog’ jinslari (kaliy va osh tuzi, gips, ohaktosh, dolomit).
    Tarkibida suv mavjud bo’lgan tog’ jinslari qatlami suvli qatlam deb ataladi. Tepasida suv o’tkazadigan qatlam bo’lgan suv o’tkazmaydigan jinslar qatlami suv to’sig’i deb ataladi.
    Kelib chiqishiga ko’ra Yer osti suvlari quyidagi guruhlarga bo’linadi:
    - Infilьtrasion (shimilgan) suvlar, ular yomg’ir va daryo suvlarining Yerga shimilishi natijasida hosil bo’ladi;
    -kondensasion suvlar, tog’ jinslarining g’ovaklaridagi suv bug’larini kondensasiyalanishi natijasida hosil bo’ladi;
    -magmatik yoki yuvenil suvlar. Magmaning kristallanishi va gazsizlanishi (degazasiya) natijasida hosil bo’ladi;
    -sedimentasiya yula bilan hosil bo’lgan suvlar. Suv havzalarida yotqiziqlarning hosil bo’lishi jarayonida shakllanadi.
    Yer osti suvlarining Yer yuzasiga chiqishi buloq deb ataladi.
    Yer osti suvlari halq xo’jaligidagi ahamiyatiga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi: a) chuchuk yer osti suvlari, minerallanish darajasi 1 gg’l dan kam, asosan 100 m chuqurlikkacha bo’ladi, ba’zan 200-500 m chuqurlikda ham uchrab turadi; b) termalь yer osti suvlari. Harorati baland (iliq va issiq suvlar t0q40 – 600S) va yuqori (600 – 1000) bo’ladi, hamda paragidrotermlar (1000S ortiq haroratga ega bo’lgan suvlar) binolarni isitishda ishlatiladi; v) sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan yer osti suvlari. Tarkibida sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan ximiyaviy elementlar zahirasi bo’ladi (yod, brom). Bunday suvlardan AQSH, Italiya, Yaponiya, Turkiyada seziy, rubidiy, stronsiy, germaniy, volьframm, litiy, bo’r va boshqa elementlar ajratib olinadi. O’zbekistonda esa hozirgi paytda bunday suvlardan yod ajratib olinmoqda; g) shifobaxsh suvlar (davolaydigan va ichiladigan).

    Download 1,98 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   86




    Download 1,98 Mb.