|
Umumiy tabiiy geografiya
|
bet | 34/86 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #241761 |
Bog'liq Umumiy tabiiy geografiyaDunyo okeani
Geografik qobiqda ikki xil yuza ajratiladi –quruqlik va okeanlar yuzasi. Dunyo okeani gidrosfera suvlarining 96,5%ini tashkil kiladi. Ular Yer yuzasini 70,8%ini qoplab yotadi. Quruqlik yuzasi bilan suv yuzasi doimo o’zaro aloqadadir. Mazkur aloqaning eng muhim qismi modda va issiqlikning almashininishidir. Quruqlik va okean o’rtasida modda va issiqlikning almashinuvi quyidagi yo’nalishlarda sodir bo’ladi;
- namning almashinuvi. Okeanlar Yer yuzasining uchdan ikki qismini egallab yotishi tufayli ular Quyosh radiatsiyasining asosiy qismini olib, atmogidrosferadagi oqimlar tufayli bu issiqlikni Yer yuzasida qayta taqsimlaydi;
- mineral moddalarning almashinuvi. Mineral moddalar geosinklinallarning rivojlanishi jarayonida dengizlar transgressiyasi natijasida quruqlikka o’tadi. Quruqlikdan okeanlarga mineral moddalar daryo loyqalari sifatida qaytib keladi.
Okean bir butun suv havzasidir. SHuning uchun okeanlarni ma’lum bir qismlarga bo’lish shartlidir, 1650 yili Golland olimi Varenus Dunyo okeanini besh qismga ajratgan; Buyuk, Atlantika, Hind, SHimoliy va Janubiy.
Buyuk Britaniya geografiya jamiyati 1845 yili buni tasdiqladi. Ammo keyinchalik SHimoliy va Janubiy okeanlar boshqa okeanning qismlaridir degan fikr asosida, ular boshqa okeanlarga qo’shib yuborildi. XX asrning 30-yillarida SHimoliy muz okeanining nomi yana qaytadan tiklandi. Hozirgi paytda janubiy okeanni ham borligi isbotlanish arafasida turibdi. Bu borada ilmiy ishlar jadal olib borilmoqda.
Dunyo okeani suvlari
Dunyo okeani suvlarining asosiy xususiyati ularning sho’rligi va haroratidir. 1 litr suvdagi tuzlar miqdoriga sho’rlik deb ataladi. SHo’rlik promilleda (%0) yoki grammlarda ifodalanadi. Okean suvlarining urtacha sho’rligi 35%00, ya’ni 1000 gramm (1litr) dengiz suvida 35 gramm tuz bor degani. Dengiz suvlarining tarkibidagi tuzlar quyidagi tuzlardan iborat; osh tuzi NaCI -77,758 %, MgCI -10,87%, MgSO4- 4,437%, CaSO4- 3,600%, K2SO4- 2,465%, CaCO3- 0,345%, MgBr-0,217%.
CHuchuk suvlarning sho’rligi juda ham kam, o’rtacha 0,146%0. Uning tarkibida karbonatlar ko’proq (80%). Okean suvlarining tuz tarkibi proterozoy erasidayoq shakllangan. Okean shakllanishining ilk bosqichlarida uning suvi daryo suvlariga yaqin bo’lgan. Keyinchalik nurash natijasida tog’ jinslarining o’zgarishi va biosferaning rivojlanishi natijasida ular orasidagi farq ortib borgan.
Dengiz suvi tarkibida xloridlar, sulьfidlar va karbonatlardan tashqari Yerda ma’lum bo’lgan hamma kimyoviy elementlar va nodir metallar mavjud.
Okean suvlari tarkibidagi elementlar ro’yxati quyidagidan iborat: (Kurьer YuNESKO, 1986, mart, s.7);
Xlor Litiy Uran Kadmiy Natriy Rubidiy Nikelь Volьfram
Magniy Fosfor Vanadiy Ksenon
Oltingugurt Yod Marganes Germaniy
Kalьsiy Bariy Titan Xrom
Kaliy Indiy Surma Toriy
Brom Rux Kobalьt Skandiy
Uglerod Temir Seziy Qo’rg’oshin
Stronsiy Alьyuminiy Seriy Simob
Bor Molibden Ittriy Galiy
Kremniy Selen Kumush Vismut
Ftor Qalay Lantan Niobiy
Argon Mis Kripton Talliy
Azot Mishyak Neon Oltin
Ba’zi elementar dengiz suvlari tarkibida juda oz miqdorda uchraydi. Masalan, 1m3suvda oltinning miqdori 0,008mg. Qalay va kobalьtning borligini esa dengiz hayvonlari qoldig’i va okean tubi yotqiziqlari tarkibida borligi darak beradi.
Okeanda sho’rlikning taqsimlanishi zonallikka ega. Dunyo okeanida eng yuqori sho’rlik (36%0) tropik va subtropik hududlarda kuzatiladi. Mazkur hududlarda yog’in kam, bug’lanish ko’pdir. Ekvator yonidagi hududlarda sho’rlik bir oz kamayishi kuzatiladi. Ammo mo’’tadil, qutbyoni va qutbiy o’lkalarda shurlik yana ham pasayadi.
SHo’rlik miqdorining zonal taqsimlanish qonuniyati regional omillar ta’sirida buziladi. Atlantika okeanida sho’rlik boshqa okeanlarga nisbatan yuqori. SHimoliy Muz okeanida muz qoplami tufayli past, Hind va Tinch okeanlarida sho’rlik miqdori yog’inlar ko’p yoqqanligi tufayli kam.
Ichki dengizlarda suvning sho’rligi dengizga quyiladigan daryo suvi miqdoriga va ochiq okean bilan suv almashinish sur’atiga bog’liq. Eng past sho’rlik Boltiq dengizida (8%0). Qora dengizda sho’rlik miqdori o’rtacha sho’rlikdan ancha past (17-18%0). Qizil dengizda esa eng yuqori, bu yerda sho’rlik 40%0. CHunki Qizil dengizda bug’lanish miqdori juda yuqori hamda unga hech qanday daryo quyilmaydi. Okeanlarda 2000 m chuqurlikdan boshlab sho’rlik bir xil qiymatga ega (34,7-34,9%0).
Okeanlarning harorat me’yori ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Okean suvlarining issiqlik sig’imi juda yuqori, u havoning issiqlik sig’imidan juda yuqori. Okean suvlarining 10 metrlik yuza qatlamining issiqlik sig’imi butun atmosfera issiqlik sig’imidan to’rt marotaba katta. SHuning uchun okean sekin isib sekin soviydi va okean oqimlari orqali issiqlikni qaytadan taqsimlaydi. Okean ulkan issiqlik manbai bo’lib, u sayyoramizda issiqlikni boshqaruvchi hisoblanadi.
Okean suvi harorati kam o’zgaradi. Ammo shunga qaramay rift zonalarida harorati 250- 3000S bo’lgan ko’lchalar ham uchrab turadi. Okean yuzasida harorat havo harorati kabi zonal qonuniyat asosida o’zgaradi. Ekvator atrofida o’rtacha yillik harorat 26-280, har ikkala yarim sharning 30-400 kengliklarda 17-200, qutbiy kengliklarda 00 atrofida yoki manfiy. CHuqurlik ortgan sari harorat pasayib boradi va 1000 m dan boshlab hamma joyda harorat 50dan past. 2000 m dan pastda 2-30S.
Okean va dengizlarning gaz sharoiti. Dunyo okeani tabiatida, ayniqsa unda o’simlik va hayvonot dunyosini tarqalishida suvning gaz me’yori muhim o’rin tutadi. Suvda azot, kislorod, karbonat angidrid, ba’zan esa oltingugurt erigan bo’ladi. Azot bilan kislorodning okeandagi nisbati 63% va35%, ya’ni suvda atmosferaga nisbatan kislorod miqdori ikki barobar ko’p. Bu dengiz hayvonlari uchun qulaydir. Gazlarning suvda eruvchanligi suvning haroratiga bog’liq. SHo’rligi 35%0 bo’lgan okean suvining 1000 grammida 00S haroraratda 8,5 sm3, 300S haroratda esa 4,5 sm3 gaz erishi mumkin. Sovuq suvda kislorod ko’proq bo’ladi. Kislorod suvga qisman diffuziya yo’li bilan havodan, yog’inlardan keladi. To’lqin vaqtida ham havodagi kislorod erib suvga o’tadi. Ammo suvdagi kislorodning asosiy manbai fitoplanktondir. Fotosintez jarayonida fitoplanktondan erkin kislorod ajralib chiqib suvga o’tadi. SHu sababli fitoplanktonga serob joylarda kislorod miqdori yuqori bo’ladi. Okeanlarning chuqur qismidagi suvlarda ham kislorod ko’p bo’ladi. Mazkur kislorod qutbiy kengliklardan okean tubi orqali ekvator tomon oqib keladigan sovuq suv chuqurdagi suvni kislorod bilan ta’minlab turadi. CHuqurdagi suvlarning ko’tarilishi okeanlarning yuza qismlarini ozuqa tuzlari bilan ta’minlaydi. Mazkur tuzlar planktonning o’sishiga yordam beradi, plankton esa o’z navbatida yuza qatlamdagi suvlarga ko’plab kislorod ajratib chiqaradi.
Azot suvga atmosferadan o’tadi. Karbonat angidrid (SO2) suvda har doim yetarli miqdorda bo’ladi. Karbonat angidrid suvga atmosferadan o’tadi, bundan tashqari vulqon otilganda Yerning ichki qismlaridan chiquvchi va hayvonlar nafas olganda va organik moddalar parchalangada hosil bo’lgan karbonat angidrid ham suvga o’tadi.
Oltingugurtning to’planishi okeanning chuqur qismlarida sho’r suvlarining to’planib qolishi va ularni oltingugurt vodorodiga to’yinib qolishiga bog’liq.
Dengiz suvining tiniqligi va rangi. Dengiz suvida yorug’likning tarqalishi. Okean suvining tiniqligi suv molekulalari hamda ularda erigan moddalar, shuningdek suvdagi muallaq zarrachalar-plankton, havo pufakchalari, suv keltirmalarining Quyosh nurlarini qanday yutishi va tarqatishiga bog’liq. Suv nimtiniq modda: Quyosh nurlari unda qisman sochilib ketadi, qisman yutiladi va birmuncha chuqurlikka tushib boradi. Nurlarning yutilishi va sochilishiga suvdagi erimagan har xil moddalar katta ta’sir ko’rsatadi. Ular qancha ko’p bo’lsa, suvning tiniqligi shuncha kam bo’ladi.
Suvning tiniqligi diametri 30 sm.li oq disk bilan aniqlanadi (SHubaev, 1975): ushbu disk suvga cho’ktirilganda, necha metrdan ko’rinsa, suvning tiniqligi shuncha metr bo’ladi. Dunyo okeanidagi eng tiniq suv Sargasso dengizining suvidir. Uning tiniqligi 66,5 m. Sargasso dengizida suv vertikal aralashmaydi va plankton qatlami yupqa. Tiniq suvlar tropik va subtropik kengliklarda ko’proq tarqalgan, ularning tiniqligi: O’rta dengizda - 60 m, Tinch okeanida – 62 m, Hind okeanida - 50 m. Okeanlarning suvlarida muallaq moddalarning ko’pligi tufayli uning tiniqligi kamayadi. Masalan, SHimoliy dengizda 23 m, Boltiq dengizida 13 m, Oq dengizda 9 m, Azov dengizida 3 m.
Suvda yorug’likning qancha masofaga kirib borishi maxsus fotoplastinkalar vositasida aniqlanadi. Fotoplastinka 100 m chuqurlikda 80 minut ushlanganda xiralashadi; kuchsiz yorug’lik 500 m.gacha chuqurlikda aniqlangan, u bilinar-bilinmas darajada esa 1000 m.gacha tushib beradi. O’simliklarga kerak bo’ladigan qizil nurlar 100 m.dan chuqurga o’tmaydi. Fotosintez jarayoni ko’p yorug’lik talab qilganidan 100 -150 m.dan, kamdan –kam hollarda 200 m.dan chuqurda o’simliklar uchramaydi. Dengiz suvlarining ustki 100 m. li qismida dengiz hayvonlarining asosiy ozig’i –plankton hayot kechiradi.
Okeandagi bo’ylama zonalar. Okean bo’ylama yo’nalishda bir xil emas. Unda to’rtta qatlam ajraladi: yuza, oraliq, chuqur va tubatrofi.
Yuzlama zona (200 m chuqurlikkacha) –suvlarning yuqori darajadagi harakatchanligi va o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Buning asosiy sababi haroratning fasliy o’zgarishi va to’lqinlardir. Unda dunyo okeani suvlarining 68,4 mln. km3 hajmi to’plangan. Bu esa dunyo okeani hajmini 5,1% tashkil qiladi.
Oralik zona (200 –2000 m). Mazkur zonada modda va issiqlikning kengliklar bo’yicha harakati meridional harkat bilan almashinadi. Yuqori kengliklarda mazkur zonaga iliq suv qatlami kiradi. Ushbu zonadagi suv hajmi 414,2 mln.km3 yoki dunyo okeani hajmini 31% tashkil qiladi.
CHuqur zona (2000 –4000 m) modda va energiyani meridional siljishi va okeanlararo suv almashinish zonasidir. Mazkur zonada okean suvlarining 50,7% to’plangan (680 mln.km3 ).
Okean tub atrofi zonasi (4000 mdan chukur) qutbiy suvlardan iborat. Hajmi 176,3 mln.km3 (13%).
Suv masalalari. Okeanning ma’lum bir qismlarida shakllanadigan, nisbatan bir xil fizik, ximik va biologik xossalarga ega bo’lgan va yaxlit tabiiy –akval komplekslarni hosil qiladigan katta suv hajmiga suv masalalari deb ataladi. Ularning asosiy xossalari bo’lib harorat, sho’rlik, tiniqlik hisoblanadi.
Okeanlarda ajratilgan har bir bo’ylama qatlamda alohida suv masalalarining turlari ajratiladi. Yuza qatlamida quyidagi suv masalalari ajratiladi:
- ekvatorial suv masalalari, harorati 260 –280S, sho’rligi 33 –35%0, kislorod miqdori 1 sm3da 3 –4 g;
- tropik suv masalalari (shimoliy va janubiy), harorati 180 –270S, sho’rligi 34,5 –35,5%0, kislorod miqdori 2 –4 gg’sm3;
- subtropik (shimoliy va janubiy), harorati 150 –280S, sho’rligi 35 –37%0;
- qutbyoni (mo’’tadil, subarktika, subantarktika), harorati 50 –200S, sho’rligi 34 –35%0, kislorod miqdori 4 –6 gg’sm3. Mazkur zona asosiy baliq ovlash rayoni hisoblanadi;
-qutbiy suv masalalari (Arktika, Antarktika), harorati q50dan –1,80S gacha, sho’rligi 32 –34%0, kislorod miqdori 5 –7 gg’sm3, mo’z lar bilan qoplangan.
Turli suv masalalari oralig’ida okean frontlari hosil bo’ladi. Bu zonada o’rama harakatlar, organik dunyoni juda katta miqdorda to’planishi kuzatiladi.
|
| |