|
Umumiy tabiiy geografiya
|
bet | 42/86 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #241761 |
Bog'liq Umumiy tabiiy geografiyaMAVZU: BIOSFERA.
Reja:
Biosfera xaqida tushuncha.
Organizmlarning xillari va vazifalari.
Quruqlik organizmlari.
Biomassa va uning tarqalishi.
Nurash qobig’i va tuproq qoplami.
Geografik qobiqda odam. Irqlar.
«Biosfera» atamasi birinchi bor 1875 yil nemis geologi Eduard Zyuss tomonidan fanga kiritilgan. Biosfera deganda Yerning hayot qobig’i – tirik organizmlar mavjud muhit tushuniladi. U atmosferaning quyi qismi, gidrosferaning va litosferaning yuqori qismini o’z ichiga olib, Yerning boshqa qobiqlaridan o’zining bir qator xususiyatlari bilan ajralib turadi. Eng asosiy farqi – bu muhitda tirik organizmlarning (o’simliklar, mikroorganizmlar, xayvonot dunyosi) mavjudligi hisoblanadi. Ammo biosfera yaxlit qobiqni hosil qilmaydi. Biosferaning yuqori chegarasi atmosferaning 25 – 30 km. balandlikda joylashgan ozon qatlami, quyi chagarasi quruqlikda 10 – 12 km. chuqurlikdan o’tkaziladi. Gidrosfera esa butunlay biosfera tarkibiga kiritiladi. Organizmlarning asosiy qismi qalinligi bir necha o’nlab metrni tashkil etuvchi atmosfera, litosfera va gidrosfera chegara zonasida joylashgan.
Biosferadagi hayotni vujudga kelishi hali o’z yechimini ohirigacha topmagan tabiatshunoslikning yirik muammolaridan biri hisoblanadi. Ko’pchilikning fikricha, hayot moddaning kimyoviy evolyusiyasini biologik evolyusiyaga o’tishi natijasida vujudga kelgan deb hisoblanadi. Bunday o’tish davri qachon va qaerda bo’lganligi haqida xanuzgacha aniq ma’lumotlar olingani yo’q. Yaqin yillargacha Yerning o’zini mutloq yoshi haqida xam har xil fikrlar mavjud edi, eng yangi usullar yordamida olingan ma’lumotlarga qaraganda Yerninng mutloq yoshi 4,5 mlrd. yil atrofida ekanligi aniqlandi. Yerdagi eng qadimgi cho’kindi tog’ jinslarning mutloq yoshi esa 4 mlrd. yil atrofida ekanligi aniqlangan.
Ko’pgina olimlarning fikricha Yerda hayot vujudga kelishidan oldin qariyb 1 mlrd. yil davomida organik birikmalarning abiogen sintezi amalga oshgan va shundan keyin birlamchi sodda organizmlar shakllangan deb hisoblanadi.
Biosferadagi tirik organizmlarning umumiy massasi Yerning boshqa qobiqlarining massasiga nisbatan juda kichik bo’lib 2,4 1012tni tashkil etadi. Bu ko’rsatkich gidrosferaning massasiga nasbatan taxminan 600 ming barobar, litosferaning massasiga nisbatan 1,5 mln barobar kam. Lekin shunga qaramay tirik organizmlarning geografik qobiqqa ko’rsatayotgan ta’siri juda katta. Birinchi navbatda bu ta’sir geografik qobiqning biz ko’rsatayotgan bir qator xususiyatlarni shakllanishida o’z aksini topgan. Ayniqsa yashil o’simliklarninng fotosintez jarayonida atmosferadagi karbonat angidrid, suv va tuproqdagi eritmalar hisobiga organik birikmalarni vujudga keltirishi muhim axamiyatga ega. Bu jarayon katta miqdordagi Quyosh energiyasini geografik qobiqda to’planishi bilan bog’liq. Keyinchalik bu energiya yonish, chirish jarayonida arof – muhitga chiqadi yoki boshqa organizmlarga ozuqa zanjiri orqali uzatiladi. Biosferada energiya manbai sifatida har xil kimyoviy reaksiyalar ham xizmat qilishi mumkin, shuni hisobiga bakteriyalar organik maxsulotni vujudga keltiradi.
Atrof – muhitning sharoitiga moslashishi, organizmlarni tabiiy raqobat natijasida tanlanishi tirik organizmlarning evolyusiyasini ta’minladi.
Birlamchi tirik organizmlarni vujudga kelishi atmosfera, litosfera va gidrosferadagi moddani biologik o’rin almashishiga jalb etish bilan birga uni energiya manbalaridan foydalanish imkonini yaratdi. Organizmlarning ichki energiya manbai, agar u uni tashqi muhitdan nur, issiqlik sifatida olmasa, moddani oksidlanish jarayonida ajratgan energiyasidan iborat. Ma’lum muhitda vujudga kelgan organizmlar bu muhitni u yoki bu darajada o’zgartirdilar, o’zlari xam o’zgarib boradilar. SHunday kilib biosfera deganda tirik organizmlar mavjud muhit tushuniladi.
Biosferada moddaning ikkita asosiy toifasi mavjud: ular tirik organizmlar va jonsiz modda. Tirik organizmlar o’z faoliyati natijasida Quyosh energiyasi hisobiga kimyoviy birikmalarni vujudga keltiradi, bu birikmalar parchalanganda kimyoviy ish bajarishga qodir energiya ajralib chiqadi. Kimyoviy nuqtai nazardan tirik organizmlar materiyaning faol shakllaridan biri bo’lib, uninig kimyoviy energiyasi energiyani boshqa masalan, mexanik, issiqlik va x.k. shakllariga aylanishi mumkin. Jonsiz modda – tirik organizmlar tarkibiga kirmagan minerallardan yoki kimyoviy elementlardan iborat bo’lib, uning tarixiy davr mobaynida ajratgan energiyasi (radiaktivli, kimyovmy) unchalik ko’p emas. Biosferadagi tirik va jonsiz organizmlar hayotiy jarayonlar ta’sirida bir – biri bilan chambarchas bog’langan.
Yerda hayotni keng tarqalishida tirik organizmlarni har xil sharoitga moslashish qobiliyati muhim ahamiyatga ega. Misol tariqasida ba’zi bir mikroorganizmlar harorati +1800 dan -2530ga bo’lgan muhitda yashashi mumkinligini ko’rsatishimiz mumkin. Ulardan ba’zi birlari 3000 – 8000 atmosfera bosimiga chidashi mumkin. Hayot shakllari xam xilma – xildir. Yer yuzida 500 mingga yaqin o’simlik va 1,5 mln.ga yaqin hayvonot turlarni uchratishimiz mumkin, dunyodagi hamma minerallarning soni esa 4 mingdan biroz ko’proq xolos.
|
| |