|
Umumiy tabiiy geografiya
|
bet | 40/86 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #241761 |
Bog'liq Umumiy tabiiy geografiyaAtmosferaning tarkibi
Atmosferaning tarkibi Yer tabiatining bir qismi sifatida uzoq geologik davr mobaynida shakllangan. Atmosfera doimiy va vaqtincha tarkiblardan iborat.
Atmosferaning doimiy tarkibi turli xil gazlar aralashmasidan iborat. L. P. SHubaev (1975) ma’lumoti bo’yicha quruq havoning tarkibida quyidagi gazlar mavjud: azot (78,10%), kislorod (20,93%), argon (0,93%), karbonat angidrid (0,03%), vodorod, geliy, neon, kripton, ksenon va boshqalar (0,01%). Kislorod atmosferada ozon ko’rinishida xam uchraydi.
Atmosfera tarkibini shakllanishida uchta bosqich ajratiladi: 1) Yerning dastlabki atmosferasi suv bug’lari, vodorod ammiak va vodorod sulьfatidan iborat bo’lgan. Suv bug’lari Quyoshning ulьtrabinafsha nurlari ta’sirida vodorod bilan kislorodga parchalanib turgan bo’lsa xam, u vaqtdagi atmosferada erkin kislorod bo’lmagan. Erkin kislorod ammiak oksidlanib, azot va suvga aylanishiga, shuningdek metan bilan uglerodning oksidlanishiga sarf bo’lgan. Vodorodning bir qismi kosmik fazoga tarqalib turgan. Karbonat angidrid Yer po’stining boshqa elementlari bilan reaksiyaga kirishib, oxaktosh va boshqa karbonatli jinslarni hosil qilgan; 2) ikkinchi bosqichda atmosfera karbonat angidriddan iborat bo’lgan. Karbonat angidrid vulkanlar otilganda mantiyadan chiqib kelgan. Qadimda vulkanlar ko’p otilib turgan. Atmosferaning karbonat angidridli bosqichi toshko’mir davrida tugagan. Ushbu davrda yashil o’simliklar fotosintez jarayonida karbonat angidridni yutib, havoga erkin kislorod chiqargan; 3) uchinchi bosqich paleozoyning oxiridan boshlangan. Mazkur davrdan boshlab atmosfera tarkibi xozirgi holatga ega bo’lgan. Bunday havo tarkibining tarkib topishida va saqlanib qolishida tirik mavjudotlar muhim o’rin tutgan (V.I.Vernadskiy).
Azot atmosferada katta miqdorni tashkil qiladi (78%). Uning manbai ammiak bo’lishi mumkin (4NHq3O2q2N2q6H2O). Azot bog’langan holda organik birikmalarda keng tarqalgan. Bunday azot asosan bakteriyalarning erkin azotnng to’plashidan hosil bo’ladi. Azotning birikmalardan ajralib chiqishi xam asosan bakteriyalar ta’sirida ro’y beradi. Atmosferada azot kislorod aralashmasi rolini o’ynab, oksidlanish sur’atini va biologik jarayonlarini tartibga solib turadi. Azot uncha faol emas, ammo atmosferada eng keng tarqalgan gaz. Azot juda ko’p organizmlar tomonidan bevosita havodan emas, balki azot to’playdigan bakteriyalar va suv o’tlari orqali o’zlashtiriladi.
Kislorod kimyoviy jixatdan o’ta faol element. Kislorod Yerda eng keng tarqalgan elementlardan hisoblanadi. Uning asosiy qismi bog’langan holda mavjud, barcha kislorod miqdorining faqat 0,01 qismigina erkin holdadir. Erkin kislorod dastlab, suv bug’larining Quyoshning ulьtrabinafsha nurlari taьsiri ostida fotoximik parchalanishidan hosil bo’lgan. Lekin erkin kislorodning asosiy qismi yashil o’simliklar fotosintez vaqtida hosil bo’ladigan kisloroddan og’irroqdir. Uning og’irligi SO2 gazning ulьtrabinafsha nurlari ta’sirida parchalanishidan hosil bo’ladigan «og’ir» kislorod hisobiga ortadi. Kislorodning atmosferada bo’lishi hayot omili – nafas olishning zaruriy shartidir. Kislorod organizmlarni hosil qiluvchi oqsil, yog’ va uglevodlar tarkibiga kiradi. Organizmlar hayot kechirish uchun zarur bo’lgan energiyani oksidlanish hisobiga oladi. Atmosferada taxminan 1015t kislorod bor. Fotosintez jarayonida atmosferaga yiliga 20 1016g. kislorod chiqariladi.
Vaqtincha (o’zgaruvchan) tarkiblarga SO2, O3, suv bug’lari, aerozollar kiradi. Karbonat angidrid havoga vulkanlardan, gidrosfera suvidan, mavjudotlarning parchalanishidan keladi. Karbonat angidridning atmosferada miqdori kam, ammo u geografik qobiqning faoliyatida katta axamiyatga ega. Organik moddalarni hosil bo’lishida karbonat angidrid fotosintez jarayonida asosiy material bo’lib hisoblanadi
Suv tarkibidagi karbonat angidrid gazi suvning erituvchanlik xossasini oshiradi va tog’ jinslarining nurashida bir omil bo’ladi. U Yerning issiqlik balansini tartibga solib turuvchi omillardan biridir, chunki u qisqa to’lqinli Quyosh radiatsiyasini o’tkazib yuborib, Yer tarqatadigan uzun to’lqinli issiqlik nurini yutib qoladi.
Atmosferada ozon ham bor, u kislorod molekulasining ulьtrabinafsha nurlar va elektr zaryadlari ta’sirida atomlarga parchalanishi, so’ngra ushbu atomlarning molekulalar bilan qo’shilishi natijasida hosil bo’ladi: O2qOqO3.
Ozon beqaror gaz va buning ustiga kuchli oksidlovchidir. Uning miqdori Yer yuzasida juda kam. CHaqmoqdan keyin hamda tog’larda tepaga ko’tarilgan sari bir oz ortadi. Bu gazning asosiy massasi atmosferada to’plangan, u joyda ozon pardasini hosil qiladi.
Suv bug’lari atmosferaga Yer yuzasidan keladi va uning miqdori keskin o’zgaruvchan bo’ladi hamda tabiiy geografik sharoitga bog’liq. Yer yuzasida suv bug’larining miqdori 0,2%dan (qutbiy o’lkalarda) 2,5%ga (ekvatorda) teng. Balandlik ortgan sari kamayib boradi. Karbonat angidrid va suv bug’lari filьtr sifatida Yerning uzun to’lqinli nurlarini ushlab qoladi. Natijada issiqxona effekti vujudga keladi.
Aerozollar atmosferadagi qattiq zarralardir. Ularga vulkan kullari, o’simlik urug’lari, yoqilg’ilarning yonishidan hosil bo’lgan changlar, mineral changlar va tuzlar kiradi. Insonning xo’jalik faoliyati ta’sirida atmosferada changlar miqdori keskin oshib ketdi. Aerozollarning asosiy qismi troposferada to’planadi.
|
| |