|
Umumiy tabiiy geografiya
|
bet | 5/86 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #241761 |
Bog'liq Umumiy tabiiy geografiyaGeografiya fanining o’rta asrlarda rivojlanishi. Mazkur davrda geografiya fanining SHarq mamlkatlarida rivojlanishi (Xorazmiy, Farg’oniy, Beruniy, Ibn Sino, Bobur va boshqalar).
Mazkur bosqichda geografiya fani asosan SHarq mamlakatlarida rivojlandi.
VIII-IX asrlarda Axmad Al-Farg’oniy astrolabiya asbobini yaratdi, astronomiya, gidrologiya va geodeziya sohasida muhim ilmiy ishlar olib bordi.
Muhammad ibn Muso al Xorazmiy geografiya faniga ulkan hissa qo’shgan olimdir. U IX asrda «Surat-al-arz» nomli kitob yozgan. Mazkur kitobda Al-Xorazmiy o’sha paytda ma’lum boigan shaharlarni geografik koordinatalarini keltirgan. U O’rta Osiyo geografiyasining asoschisi hisoblanadi.
Abu Rayhon al-Beruniy jahonda birinchi bo’lib globusni yasadi, Dunyo xaritasini tuzdi. Geodeziya fanini rivojlanishiga ulkan hissa qo’shdi. U Yer shari meridian yoyining uzunligini aniqladi, 1° yoyning uzunligi 111,1 km.ga teng ekanligini kuzatishlar asosida hisoblab chiqdi. «Hindiston», «Mineralogiya», Abu Ali ibn Sino relьefni vujudga kelishida ichki va tashqi kuchlarni o’mi va ahamiyatini ochib berdi. Uning fikricha Yer yuzasi relьefi ichki va tashqi kuchlar ta’sirida shakllanib va o’zgarib turadi.
Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining «Boburnoma» asari bilan regional geografiyani rivojlanishiga juda katta hissa qo’shdi. «Boburnoma»da keltirilgan ma’lumotlar asosida o’rta va Janubiy Osiyo davlatlarining o’rta asrlardagi tabiiy sharoiti va xo’jaligi haqida fikr yuritish mumkin.
Mahmud Qoshg’ariy «Devoni lug’ati turk» asarida juda ko’p geografik atama va tushunchalar haqida ma’lumotlar bergan va Dunyo xaritasini tuzgan.
Buyuk geografik kashflyotlar bosqichi. Ushbu bosqichdan boshlab Yevropada fan yana rivojlana boshladi. Natijada dunyo ahamiyatiga ega bo’lgan kashfiyotlar qilindi.
1492-yil Xristofor Kolumb tomonidan Amerika qit’asi ochildi. X. Kolumbning asosiy maqsadi Hindistonga dengiz yo’liniochish bo’lgan. SHuning uchun u kashf qilgan joylarni Hindiston, u yerdagi mahalliy aholini esa Hindular deb atagan. 1499-1501 -yillari Amerigo Vespuchchi Amerika qifasini shimoliy qismlarini tekshirdi va yangi yerlarning ilk tavsifini yozdi. 1507-yili frantsuz geografi M. Valdzemyuller materikni Amerigo Vespuchchi sharafiga Amerika deb atashni taklif etdi.
1498-yili Vasko-da-Gama boshliq Portugaliya ekspeditsiyasi Afrikani aylanib o’tib, Yevropadan Hindistonga dengiz yoiini ochdi. SHu davrdan boshlab Osiyoni Yevropa bilan bog’lagan «Buyuk ipak yo’lining» ahamiyati pasaya boshladi.
1519-1521 -yillari Fernan Magellan boshliq Ispaniya ekspeditsiyasi okean bo’ylab Dunyo aylana sayyohatini amalga oshirdi va Yerning sharsimonligini yana bir bor isbotladi, hamda Dunyo okeanini yaxlitligini asoslab berdi.
1605-yil golland sayyohi Yantszon Avstraliya materigini kashf qildi. So’ngra A. Tasman (1641-1643-y) materikni hamma tomonidan aylanib chiqdi. 1650-yili golland olimi B.Vareniyning «Umumiy geografiya» nomli asarini bosilib chiqishi ilmiy geografiyani rivojlanishi uchun asos bo’ldi. B.Vareniy geografiyani ikki qismga bo’ladi: umumiy va xususiy. Uning fikricha, umu-miy geografiya Yerning umumiy xususiyatlarini, xususiy geografiya esa Yerning ayrim qismlarini o’rganadi.
Ilmiy geografik ishlar bosqichi (XVIII-XIX asr). Mazkur bosqichdan boshlab birinchi marotaba maxsus ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirila boshlandi. Bunday ekspeditsiyalar Frantsiyada (Bugenvil, Laperuza), Buyuk Britaniya (J.Kuk, Vankuver), Rossiyada (Bering, CHirikov, Krasheninnikov va boshqalar) uyushtirildi. Natijada Tinch okeni, Osiyo, SHimoliy Amerika qirg’oqlari, Afrikaning va Janubiy Amerikaning ichki qismlari va tabiati o’rganildi. Yerning ichki qismlari, yer yuzasi relьefi, yer usti va osti suvlari, shamollar, o’simliklar haqida bilimlarni to’planishi bilan tabiiy geografiyadan geologiya, gidrologiya, geobotanika va meteorologiya ajralib chiqib ketdi.
Ushbu bosqichda ko’p ilmiy ishlar mamlakatshunoslik yo’nalishida bo’lgan. Mazkur ishlar ikki yo’nalishda olib borilgan: a) birinchi yo’nalishda har bir davlatning geografik tavsifiga katta e’tibor berilgan; b) ikkinchi yo’nalish ayrim o’rganilmagan hududlarni geografik tavsifiga bag’ishlangan. Bunday tavsiflar ko’p hollarda sayyoh va olimlarning ekspeditsiyalarda yiqqan ma’lumoti asosida tuzilgan. Masalan, S.P.Krasheninnikovning «Kamchatkaning tavsifi», P.S.Pallasning «Rossiyaga sayohat va boshqalar.
Umumiy tabiiy geografiya masalalari nemis olimi Kant (1724— 1804)ning «Tabiiy geografiyadan ma’ruzalar» asarida ko’rib chiqilgan. Mazkur asarda shamollar, ularni hosil bo’lishi, yer yuzasi relьefini rivojlanishi ko’rib chiqilgan. M.V.Lomonosov (1722—1764) asarlarida ham «Umumiy yer bilimi» masalalari ko’rib chiqilgan. Mazkur masalalarni M.V.Lomonosov «Er qatlamlari haqida» (1763y) «Atmosfera hodisalari haqida so’z» (1753) asarlarida ko’rib chiqqan. U yer yuzasi relьefi ichki va tashqi kuchlar ta’sirida muntazam o’zgarib turishini ta’kidlagan. Havo massalarini harakati ta’limotini yaratgan.
XIX asrning birinchi yarmida yirik ilmiy-tadqiqot ekspeditsiyalari hamda milliy geografiya jamiyatlari tashkil qilina boshlandi. Dastlabki geografiya jamiyatlari Buyuk Britaniyada (1830), Frantsiyada (1846), Germaniyada (1826), Rossiyada (1845), Turkistonda esa 1898-yili tuzildi.
Juda ko’p davlatlar tomonidan yirik ilmiy-tadqiqot ekspeditsiyalari uyushtirildi. Rossiya tomonidan 50 dan ortiq ekspeditsiya uyushtirildi. Natijada Dunyo okeani haqida yangi ma’lumotlar to’plandi. 1821-yili esa F. F. Bellinsgauzen va M. P. Lazarev boshchiligidagi ekspeditsiya tomonidan Antarktida materigi ochildi. Mazkur bosqichda yer yuzasi tuzilishini o’rganish tugallangan. Yer qobig’ining rivojlanish nazariyasi CHarlz Lael tomonidan ishlab chiqildi. SHu davrda CH.Darvin tomonidan «Tabiiy tanlanish tufayli turlarning kelib chiqishi» nomli asar yozildi. A.Gumboldt tomonidan ilmiy geografiyaga bag’ishlangan qator asarlar e’lon qilindi. Okeanografiya fani shakllandi, meteorologik va gidrologik stantsiyalar soni ko’paydi va kengaydi. Yer yuzasida balandlik va chuqurliklarni tarqalish qonuniyatlari aniqlandi. Atmosfera va okeandagi harakatlarning mohiyati ochib berildi.
XX asr bosqichi. Mazkur bosqich ikki davrdan iborat: Birinchi davr XX asrning birinchi qismini o’z ichiga oladi. Mazkur davrda tabiiy geografiyada qator muhim ta’limotlar yaratildi. V.V.Dokuchaev tomonidan tabiat zonalligi ta’limoti yaratildi. A.A.Grigorьev tomonidan esa geografik qobiq va geografik muhit ta’limoti yaratildi. Biosfera haqida ta’limot esa V.A.Vernadskiy tomonidan yaratildi.
Geografik qobiqning bo’ylama (vertikal) va ko’ndalang (gorizontal) tuzilishi, rivojlanishi va tarkibiy qismlari haqida tushunchalar ishlab chiqildi. Bu sohada L.S.Berg, K.K.Markov, S.V.Kalesnik, N.A.Solntsev, A.G.Isachenko, F.F.Milьkov yirik ilmiy ishlarni amalga oshirdi, S.V.Kalesnik 40-yillari geografik qobiqning tuzilishi va rivojlanishi umumiy tabiiy geografiya fanining o’rganish ob’ekti degan g’oyani olg’a surdi.
XX асрнинг иккинчи ярмида табиий география фан-техника инқилоби (ФТИ) таъсирида ривожлана бошлади. ФТИ даврининг асосий хусусиятлари қуйидагилардан иборат:
- фанни жамиятнинг бевосита ишлаб чиқариш кучларига айланиши;
- янги энергия манбаларини ва сунъий материалларни яратилиши;
- космик техникани ва Ерни масофадан туриб тадқиқот усулларини ривожланиши;
- фанларнинг ўзаро таъсирининг кучайиши ва оралиқ фанларнинг ривожланиши (биохимия, биофизика, геохимия, геоботаника, геофизика ва ҳ.к.).
- экологик шароитнинг кескин суръатларда ёмонлашуви.
Иккинчи даврда география фанининг ривожланишидаги асосий натижалар қуйидагилардан иборат:
- ФТИ даврида инсонни табиатга таъсири маҳаллий (локал) миқёсдан минтақавий ва сайёравий миқёсга кўтарилди;
- география фанида шаклланган янги муаммолар мазкур фанда моделлаштириш ва тажриба усулларини кенг қўллашни тақазо қилди;
- XX асрнинг 60-йилларида география фанида миқдорий инқилоб рўй берди, яъни математик методлар ва ЭҲМ кенг қўлланила бошланади;
- картографик усуллар янада кенгроқ қўлланила бошланди;
- космик усуллар ёрдамида айланасимон тузилмалар, атмосфера ҳаракатлари, океан суви айланма ҳаракати, океанларни чуқурдаги сувларини кўтарилиш жараёнлари аниқланди. Мазкур босқичда экология, ландшафтшунослик, табиий географик районлаштириш, инженерлик географияси, географик башорат, мелиоратив география шаклланди ва янада ривожланди.
|
| |