|
Yerning sutkalik harakati
|
bet | 14/86 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #241761 |
Bog'liq Umumiy tabiiy geografiyaYerning sutkalik harakati
Yer o’z o’qi atrofida g’arbdan sharqqa tomon soat strelkasiga qarshi tomonga qarab harakat qiladi. Yer bir tekisda aylanadi. Yer o’z o’qi atrofida 23 soat 56 minut 4 sekundda bir marta aylanib chiqadi.
Yer aylanishining burchak tezligi, ya’ni yer yuzasidagi biror nuqtaning har qanday muayyan vaqt davomida aylanish burchagi hamma kengliklar uchun bir xildir. Nuqta bir soat davomida 3600:24 soatq150 yo’l bosadi.
Sekundiga metr hisobidagi tezlik kengliklarga qarab o’zgaradi. Bu tezlik ekvatorda 464 metrga teng.
Yerning sutkalik aylanishining eng muhim geografik oqibatlari quyidagilar:
- kun bilan tunning almashib turishi, buning natijasida Yerning landshaft qobig’i hayotida va undagi jarayonlarda sutkalik ritm vujudga keladi;
-ayni bir vaqtda Yerdagi turli meridianlarning mahaliy vaqti turlicha bo’ladi;
-gorizontal harakat qiladigan hamma jismlar yerning sutkalik aylanishi natijasida shimoliy yarim sharda o’ngga, janubiy yarim sharda chapga buriladi. Yer aylanishining buruvchi kuchi (Koriolis) havo massalarining, dengiz oqimlarining, daryolarning yo’nalishiga ta’sir etadi;
-Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi natijasida 2 ta doimiy nuqta – qutblar hosil bo’ladi. Bu hol sharda koordinatalar to’rini yaratishga, ya’ni meridianlar, parallellar va ekvatorni o’tkazishga imkon beradi. Qutblarni tutashtiruvchi chiziqlar meridianlar deb ataladi. Meridian tekisligi gorizont tekisligiga tik bo’ladi. Bu ikkala tekislik kesishgan chiziq, tush chizig’i deyiladi. Bosh meridiandan berilgan nuqtagacha bo’lgan daraja hisobidagi masofa geografik uzunlik deb ataladi. Ekvatordan berilgan nuqtagacha bo’lgan meridian yoyining uzunligi geografik kenglik deb ataladi;
-Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi asosiy vaqt birligi bo’lgan sutkani hosil qiladi.
Yer -Oy umumiy og’irlik markazi atrofida aylanishi.
Yer va Oy umumiy og’irlik markazi atrofida aylanishadi. Yer Quyosh bilan birga Galaktika markazi atrofida aylanadi. 200 mln. yilda ular Galaktika markazini bir marta aylanib chiqishadi. Buni Galaktika yili deb atashadi.
Yer va Oy umumiy og’irlik markazi atrofida shunday aylanishadiki, ularning har biridagi hoxlagan nuqta bir xil orbita hosil qiladi. Demak, har bir nuqtada geografik kenglikka bog’liq bo’lmagan bir xil markazdan qochma kuch vujudga keladi. Yerning har bir nuqtasiga markazdan qochma kuchdan tashqari Oy tomonga yo’nalgan tortishish kuchi ham ta’sir qiladi.
Oyning tortishi natijasida Yer elastik ravishda deformasiyalanib, tuxum shaklini oladi. Bu «tuxum» Yer va Oy markazlarini tutashtiruvchi chiziq bo’ylab oy tomonga cho’zinchoq bo’ladi. Bunda Yerning suv qobig’i sezilarli o’zgaradi: okean yuzasining Oyga eng yaqin turgan nuqtasida va unga testkari tomondagi (oydan eng uzoq) nuqtada suv ko’tariladi, bu nuqtalar orasida suv sathi Yer – Oy chizig’iga tik ravishda pasayadi Yer sharining Oyga qaragan tomonida okean sathining ko’tarilishaga sabab shuki, bu yerda suv zarralarining markazdan qochirma kuch tufayli Oydan qochishga (itarilishiga) nisbatan, Oy suv zarralarini kattaroq kuch bilan tortadi. Bunda markazdan qochirma kuch Yer bilan Oyning o’zlarining umumiy markazi atrofida aylanishidan hosil bo’ladi, ularning bu markazi Yer sharida, uning markaziga yaqin joydadir. Yerning Oyga qarama – qarshi tomonida okean suvining ko’tarilishiga sabab, yuqorida aytilgan itaruvchi kuchlar bu yerda Oyning tortish kuchidan yuqori bo’ladi. Bunda yerning Oydan uzoq turgan qismiga nisbatan 7 foiz ko’p kuch bilan tortadi.
Ko’tarilgan suv Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi natijasida ko’tarilish to’lqiniga aylanib, Yer aylanishiga testkari, ya’ni Yer sharini sharqdan g’arbga tomon aylanib chiqadi. To’lqinning eng baland joyi o’tgan joyda dengiz suvi ko’tariladi. To’lqining eng past joyida dengiz suvi qaytadi. Sutka davomida dengiz sathi ikki marta ko’tariladi va ikki marta pasayadi (17-rasm).
Erda Quyosh tortishi natijasida ham dengiz suvi ko’tariladi, lekin Quyosh Yerdan juda uzoqda bo’lganligi uchun u dengiz suvini Oyga nisbatan 2,17 marta kam ko’taradi. Dunyo okeanida doimiy ravishda Yer aylanishiga qarshi tomonga oqib yuradigan ko’tarilish to’lqini Yerning aylanishini sekinlashtiradi va Yer sutkasi asta – sekin uzaya boradi va 40 ming yilda sutka 1 sekundga uzayadi.
|
| |