• O’rtacha radius- 6371,110 Km
  • Umumiy tabiiy geografiya




    Download 1,98 Mb.
    bet11/86
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,98 Mb.
    #241761
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   86
    Bog'liq
    Umumiy tabiiy geografiya

    Yer va uning o’lchamlari.
    Yer Quyosh tizimidagi uchinchi sayyoradir. U Venera va Mars sayyoralari oralig’ida joylashgan. Yerdan Quyoshgacha bo’lgan o’rtacha masofa 149,6 mln.km. Mazkur masofa astronomik birlik sifatida qabul qilingan. Yerning orbita bo’ylab o’rtacha harakat tezligi sekundiga 29,8 km.ni tashkil qiladi. Yer orbitasining uzunligi 940 mln.km. Yer o’z o’qi atrofida 23,43 soatda bir martda aylanib chiqadi.
    Yer yadrodan, mantiyadan va yer po’stidan iborat. Hozirgi ma’lumotlarga binoan yerning yadrosi metalli zarralarni bir-biriga urilishi va yopishishi (asosan temir zarralarining) natijasida hosil bo’lgan. Yer tarkibida yengil gazlardan tortib og’ir metallargacha uchraydi. Ammo yerning tarkibi hali to’la va atroflicha o’rganilmagan. Yerni besh foizini tashkil qilgan yuqori qismigina yaxshi o’rganilgan. Yer po’stida quyidagi elementlar tarqalgan: O(47,2%), SiO2(27,6%), Al2(8,8%), Fe(5,1%), Ca(3,6%), Na(2,64%), K(2,6%), Mg(2,1%), H(0,15%), qolgan elementlar 0,21% ni tashkil qiladi. Yerning o’rtacha zichligi 5,52 gg’sm3.
    F.N.Krasovskiy ma’lumotlari bo’yicha Yerning o’lchamlari quyidagicha:
    Ekvatorial radius yoki katta yarim o’q-6378,245 km
    Qutbiy radius yoki kichik yarim o’q-6356,863 km

    O’rtacha radius- 6371,110 Km


    Qutbiy siqiqlik- 1:298 yoki 21,36 km
    Ekvatorial siqiqlik- 1:30000yoki 213m
    Meridian uzunligi- 40008,550km
    Ekvator uzunligi- 40075,696km
    Yer yuzasining maydoni- 510083000km2
    Yerning hajmi- 1,083 x 1012 km3 Yer yuzasining 71% ni okeanlar va 29% ni quruqlik tashkil qiladi. Yer yuzasida hozirgi paytda to’rtta okean ajratiladi: Tinch, Atlantika, Xind va SHimoliy Muz okeanlari, keyingi paytlarda Antarktida materigi atrofida janubiy okean ham ajratilmoqda. Quruqlik oltita materik va qit’alardan iborat. Materiklar: Yevrosiyo, Afrika, SHimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Antarktida, Avstraliya. Qit’alar: Osiyo, Amerika, Afrika, Antarktida, Yevropa, Avstraliya.
    Yer yuzasining eng baland nuqtasi Jomolungma tog’i hisoblanadi (8848m). Dunyo okeanining eng past nuqtasi Tinch okeanidagi Mariana cho’kmasi bo’lib, uning chuqurligi 11022m. Quruqlikdagi eng past nuqta O’lik dengizi sathi hisoblanadi, u okean sathidan 405 m. pastda joylashgan. Quruqlikning o’rtacha balandligi 875 m., Dunyo okeanining o’rtacha chuqurligi esa 3790m.
    Quruqlikning katta qismi shimoliy yarim sharda, Dunyo okeanining katta qismi janubiy yarim sharda joylashgan. Hamma qit’alar Antarktidadan tashqari juft-juft bo’lib joylashgan. SHimoliy va janubiy Amerika, Yevropa - Afrika, Osiyo - Avstraliya. Hamma materiklar (Antarktidadan tashqari) janub tomon torayib boradi va uchburchak shakliga ega.
    Yer yuzasi qarama-qarshi (antipodal) tuzilishga ega. Janubiy qutbdagi quruqlikka shimoliy qutbdagi suvlik to’g’ri keladi, Janubiy yarim shardagi suvlikka shimoliy yarim shardagi quruqlik to’g’ri keladi. SHarqiy yarim sharning katta qismi quruqlikdan, g’arbiy yarim sharning katta qismi esa suvlikdan iborat.

    Download 1,98 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   86




    Download 1,98 Mb.