• 3-mavzu. Umumiy tabiiy geografiyaning tadqiqot usullari Reja
  • Mavzuni mustahkamlash uchun savollar




    Download 1,98 Mb.
    bet6/86
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,98 Mb.
    #241761
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
    Bog'liq
    Umumiy tabiiy geografiya

    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
    1. Geografiyaning rivojlanishini qanday bosqichlarga ajratish mumkin?
    2. O’zbekistonda geografiya fanining rivojlanishi haqida gapring?
    3. Geografiyaning rivojlanishini qanday bosqichlarga ajratish mumkin?
    4. Buyuk geografik kashfiyotlar haqida gapring?
    5. Abu Rayhon Beruniyning qanday asarlarini bilasiz?
    6. O’rta Osiyo geografiyasining asoschisi kim va uning geografiya faniga qo’shgan hissasi nimalardan iborat?
    7. Buyuk geografik kashfiyotlarni amalga oshirishdan maqsad nima bo’lgan?
    8. Geografiya fanining rivojlanishiga hissa qo’shgan arab olimlaridan kimlarni bilasiz?
    9. XX asrda tabiiy geografiyada qanday muhim ta’limotlar yaratildi.
    10. Yangi davr geografiya tadqiqotlariga misollar keltiring?
    3-mavzu. Umumiy tabiiy geografiyaning tadqiqot usullari
    Reja

    1. Umumgeografik usullar, ekspedistiya, tasviriy, qiyosiy, o’xshatish, tizimli, kartografik, tarixiy, aerokosmik usullar.


    2. Dala tadqiqot, laboratoriya, geokimyoviy, modellashtirish, matematik usullar.

    Tabiiy geografik tadqiqotlar olib borishda hamma fanlarda qo’llaniladigan, hamda maxsus tadqiqot usullaridan foydalaniladi.


    Hozirgi paytda deyarli hamma fanlarda tizimli tadqiqot usullari keng qo’llaniladi. Tizimli tadqiqot usulida har bir tabiiy geografik borliq (ob’ekt) o’zaro ta’sirda bo’ladigan turli xil tarkibiy qismlardan iborat tizim deb qaraladi. Geografik qobiqni tizim deb oladigan bo’lsak, u yana vertikal va gorizantal yo’nalishda yanada maydaroq tizimchalarga, mazkur tizimchalar yanada kichikroq tizimchalarga bo’linib ketadi.
    Geoximik usullar landshaftshunoslik tadqiqotlarida keng qo’llaniladi. Geoximik usul yordamida landshaftshunoslikda ximiyaviy elementlarni harakati o’rganiladi. Ximiyaviy elementlar ko’proq balandliklardan pastqam joylar tomon harakat qiladi. Natijada turli xil landshaftlar hosil bo’ladi.
    Geofizik usullar yordamida landshaftlarda sodir bo’ladigan energiya va modda almashinuvi jarayoni o’rganiladi.
    Modellashtirish usuli tabiiy geografiyada keng qo’llaniladi. Hozirgi paytda jamiyat va tabiatni o’zaro ta’sirini modellashtirish tabiiy geografiyani va ekologik geografiyaning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi.
    Tabiiy geografiyada maxsus tadqiqot usullari keng qo’llaniladi. Ular tabiiy geografiyaning o’zida ishlab chiqilgan usullardir. Bunday usullarga qiyosiy tavsif, ekspedisiya, kartografik, paleogeografik, landshaft-indikasiya va boshqa usullar kiradi.
    Qiyosiy tavsif usuli tabiiy geografiyada qadimdan qo’llab kelinadi. Hozirgi davrda ham mazkur usul geografik tadqiqotlar olib borishning asosiy usuli hisoblanadi. Qiyosiy-tavsif usuli turli hududlarni relefini, iqlimini, ichki suvlarini, o’simligi, tuproq, hayvonot dunyosi, tabiat zonalari va landshaftlarni o’rganishda keng qo’llaniladi. Mazkur usul mamlakatshunoslikda ko’proq foydalaniladi.
    Ekspedisiya yoki dala usuli tabiiy geografiyaning asosiy usullaridan biridir. Geografik nazariyalar asosan dalada to’plangan ma’lumotlar asosida rivojlanadi. SHuning uchun mazkur usul antik davrdan to hozirgi davrgacha geografik ma’lumotlar olishning va tabiatni hamda xo’jalikni o’rganishning asosiy usuli bo’lib hisoblanib kelmoqda.
    Ekspedisiyalar kompleks va maxsus qismlarga bo’linadi. Kompleks geografik ekspedisiyalarda ma’lum bir hududning tabiiy yoki iqtisodiy geografik sharoiti har tomonlama to’la o’rganiladi. Masalan, Buyuk shimol ekspedisiyasi (1733-1743), akademik ekspedisiyalar (1768-1774) va boshqalar. Birinchi kompleks ekspedisiya natijasida Kamchatka yarim oroli tabiati o’rganildi, SHimoliy Amerikaning shimoli-g’arbiy qismlari ochildi, SHimoliy Muz okeani qirg’oqlari o’rganildi. Ikkinchi, ya’ni kompleks akademik ekspedisiyalarda Rossiyaning turli qismlarini tabiati o’rganildi. 30-yillardagi Tojik-Pomir kompleks ekspedisiyasi, Xorazm ekspedisiyalari ana shunday ekspedisiyalardan bo’lgan.
    Mazkur ekspedisiyalar tabiatni yoki xo’jalikni ayrim tarkiblarini hamda tarmoqlarini o’rganish uchun uyushtiriladi. Masalan, geologik qidiruv ekspedisiyalarida hududning geologik tuzilishi va foydali qazilmalari, tuproqshunoslik ekspedisiyalarida tuproqlar, landshaftshunoslik ekspedisiyalarida landshaftlar o’rganiladi. Bundan tashqari muntazam ishlaydigan ekspedisiyalar ham uyushtiriladi. Masalan, Tyan-SHanь stasionari 1945 yilda ochilgan.
    Kartografik usul har bir geografik tadqiqot ishlarida qo’llaniladi. Kartografik usul yordamida tabiiy va iqtisodiy sharoitning umumiy va xususiy tomonlari tavsiflanadi. Masalan, kompleks xaritalar, tabiiy xaritalar, geologiya, tuproq, o’simlik, landshaft, qishloq xo’jaligi, sanoat va boshqa xaritalar.
    Aerokosmik usullari ham tabiiy geografiyada keng qo’llaniladi, ular turli ilmiy ishlarda hamda xaritalar tuzishda foydalaniladi.
    Paleogeografik usul tabiiy geografiyada geologik rivojlanish davomida tabiy sharoitning shakllanishi va o’zgarishini aniqlash uchun ishlatiladi. Bundan tashqari mazkur usul ma’lum bir jarayonlarni rivojlanishi qonuniyatlarini aniqlash asosida ularni o’zgarishini bashorat qilishga imkon beradi.
    Hozirgi paytda tabiiy geografiyada injenerlik geografiyasi shakllanmoqda. Mazkur fan tabiiy geografiya, injenerlik geologiyasi va injenerlik geomorfologiyasi hamda injenerlik ekologiyasi fanlari asosida rivojlanmoqda. Injenerlik geografiyasi mazkur fanlarda qo’llaniladigan dala, laboratoriya va mexanik-matematik usullardan foydalanadi. SHu bilan birga injenerlik geografiyasini o’zida ishlab chiqilgan tadqiqot usullaridan keng foydalanadi.


    Download 1,98 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




    Download 1,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

    Download 1,98 Mb.