Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/27
Sana28.12.2023
Hajmi1,44 Mb.
#128860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
2577 28.04.2014- DARSLIK SHARTNOMA
ffff, FIZIKA 11-SINF 2023, Karimov Mirza, dars tahlili bayonnomasi rasmiylashtirish, ELEMENTARY TEST, Kurs jumisin jaziw qagiydalari, Lecture 11, Кулланма 1С ни кичик булими учун (2), китоб номерлари1, portal.guldu.uz-QISHLOQ XO`JALIK b i o t e x n o l o g i y a s i, KIRISH, 3x4, ochiq dars, 09, file
Oldingi
 tahrirga qarang. 
22. Respublika bo‘yicha darsliklarni xarid qilishning istiqbol kvotalarini har bir hududlar 
kesimida shakllantirishda 1-sinf o‘quvchilariga sinflar va ta’lim tillari bo‘yicha buyurtmaning 
umumiy hajmidan 5% gacha, 2 — 9-sinf o‘quvchilariga darsliklardan foydalanish davrlarida sinflar 


va ta’lim tillari kesimida eng ko‘p o‘quvchilar kontingenti tahlili asosida umumta’lim maktabi 
kutubxona jamg‘armasining zaxirasi shakllantirilishi mumkin. 
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat va sport 
ishlari vazirligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining 2015-yil 21-dekabrdagi 27-mh, 106, 24, 10-
sonli 
qarori 
(ro‘yxat raqami 2577-1, 28.12.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 649-modda) 
23. Jamg‘arma Vasiylik kengashining qarori bilan respublika bo‘yicha darsliklar va 
O‘MQlarni xarid qilishning istiqbol kvotalari tasdiqlangandan keyin, Xalq ta’limi vazirligi: 
15-yanvargacha respublika bo‘yicha ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar 
tomonidan darsliklar va O‘MQlarni erkin sotib olish bo‘yicha istiqbol ko‘rsatkichlarni tuman va 
shaharlar hamda umumta’lim maktablari kesimida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi orqali 
tegishli nashriyot, bosmaxona va kitob-savdo tashkilotlariga taqdim etadi; 
1-fevralgacha respublika bo‘yicha darsliklar va O‘MQlarni xarid qilishning istiqbol 
kvotalarini umumta’lim maktabi uchun zaxirani inobatga olgan holda har bir umumta’lim maktabiga 
yetkazilishini tashkil etadi
Oldingi
 tahrirga qarang. 
1-aprelgacha qonunchilik hujjatlari talablari asosida umumta’lim maktablarining kutubxona 
jamg‘armalari uchun darsliklar va O‘MQlarni nashr etish va qayta nashr qilish yuzasidan tender va 
(yoki) tanlov savdolarining o‘tkazilishini tashkil etadi; 
(23-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 
16-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son) 
umumta’lim maktabi kutubxona jamg‘armasining zaxirasini hisobga olgan holda mazkur 
Nizomning 
5-ilovasiga
muvofiq shaklda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahri bo‘yicha darsliklar va O‘MQlarning taqsimotini tuzadi hamda darsliklar va O‘MQlarni 1-
avgustgacha barcha umumta’lim maktablariga yetkazilishini ta’minlaydi. 
24. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tuzilgan darsliklar va O‘MQlarning taqsimoti asosida 
hududiy xalq ta’limi organlari tomonidan tumanlar va shaharlar bo‘yicha, xalq ta’limi muassasalari 
faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan esa, har bir 
umumta’lim maktabi bo‘yicha darsliklar va O‘MQlarning taqsimoti tuziladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
25. Darsliklar va O‘MQlarni xarid qilish va yetkazib berish, shuningdek qonunchilik 
hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma tomonidan moliyalashtiriladigan boshqa xarajatlar bo‘yicha 
to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi orqali amalga oshiriladi. 
(25-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 
10/21/3313/0724-son) 
26. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan taqdim 
etilgan erkin sotib olish bo‘yicha istiqbol ko‘rsatkichlar asosida har yili 1-iyulgacha zarur hajmlar va 
nomlardagi darsliklar hamda O‘MQlar nashr etilishini ta’minlaydi. 
27. Chakana savdo tarmog‘i orqali erkin sotish uchun nashr etilgan darsliklar va O‘MQlarni 
sotish uchun tegishli nashriyot, bosmaxona va kitob-savdo tashkilotlari tomonidan Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda shaharlar 
va tumanlar markazlarida ixtisoslashtirilgan yarmarka-savdo shoxobchalari, olis aholi punktlarida 
darsliklar chakana savdosi tarmoqlari, shu jumladan maxsus maktab bozorlari tashkil etiladi. 

Download 1,44 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish