-bob. Darsliklarni qayta taqsimlash




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/27
Sana28.12.2023
Hajmi1,44 Mb.
#128860
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
2577 28.04.2014- DARSLIK SHARTNOMA
ffff, FIZIKA 11-SINF 2023, Karimov Mirza, dars tahlili bayonnomasi rasmiylashtirish, ELEMENTARY TEST, Kurs jumisin jaziw qagiydalari, Lecture 11, Кулланма 1С ни кичик булими учун (2), китоб номерлари1, portal.guldu.uz-QISHLOQ XO`JALIK b i o t e x n o l o g i y a s i, KIRISH, 3x4, ochiq dars, 09, file
5-bob. Darsliklarni qayta taqsimlash 
56. Umumta’lim maktabi kutubxona jamg‘armasida darsliklar to‘plamlari yoki muayyan 
nomdagi darsliklar yetishmovchiligi mavjud bo‘lganda, umumta’lim maktabi ma’muriyati tomonidan 
o‘quv yili boshlangungacha darsliklarni foydalanishga berish sharti, zarur bo‘lgan soni, sinfi va ta’lim 
tilini aniq ko‘rsatgan holda qo‘shimcha darsliklar to‘plamlari yoki darsliklarni ajratish to‘g‘risida 
xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limiga 
yozma ravishda murojaat qilinadi. 
57. Umumta’lim maktablarining murojaatiga asosan, xalq ta’limi muassasalari faoliyatini 
metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi tomonidan tegishli hududdagi 


umumta’lim maktablari bo‘yicha sinflar va ta’lim tillari kesimida o‘quvchilar kontingenti va ularning 
darsliklar bilan ta’minlanishi tahlil qilinadi. 
Tahlil natijalariga asosan, xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil 
etish tuman (shahar) bo‘limi tomonidan tegishli tuman (shahar) hududi doirasida umumta’lim 
maktablari orasida darsliklar to‘plamlarini qayta taqsimlash to‘g‘risida buyruq qabul qilinadi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Darsliklarni berish va qabul qilish, ularni bir umumta’lim maktabining balansidan boshqa 
umumta’lim maktabining balansiga bepul o‘tkazilishini inobatga olgan holda buxgalteriya hisobi 
to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari asosida amalga oshiriladi. Bunda darsliklar to‘plami 
uchun ijara to‘lovlari ularni o‘z balansiga qabul qilgan umumta’lim maktabining shaxsiy g‘azna 
hisobvarag‘iga to‘lanadi.
(57-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 
16-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son) 
58. Darsliklar to‘plamlari yetishmovchiligini ularni tegishli hududdagi umumta’lim 
maktablari bo‘yicha qayta taqsimlash orqali bartaraf etish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda: 
xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) 
bo‘limlari tomonidan tegishli hududiy xalq ta’limi organiga; 
hududiy xalq ta’limi organlari tomonidan Xalq ta’limi vazirligiga darsliklar to‘plami soni, 
sinfi va ta’lim tilini aniq ko‘rsatgan holda qo‘shimcha darsliklar to‘plamlarini ajratish to‘g‘risida 
yozma ravishda murojaat qilinadi. 
59. Tumanlar (shaharlar) bo‘yicha darsliklar to‘plamlari yuzasidan tahlil o‘tkazish va ularni 
qayta taqsimlash hududiy xalq ta’limi organlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha darsliklar to‘plamlari yuzasidan tahlil o‘tkazish va ularni qayta 
taqsimlash Xalq ta’limi vazirligi tomonidan mazkur Nizomning 
57-bandida 
belgilangan tartibda 
amalga oshiradi. 

Download 1,44 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish